Takomillashgan dts va o‘quv dasturlari



Yüklə 21,78 Kb.
səhifə2/2
tarix05.10.2022
ölçüsü21,78 Kb.
#64582
1   2
1-ma\'ruza

Boshlang’ich ta’lim DTSi
“Ta’lim to‘g’risida”gi qonunning 7-moddasida belgilab berilganidek DTS umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo‘yilgan talablarni belgilaydi.
“Ta’lim to‘g’risida”gi qonunda “Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-etti yoshdan qabul qilinadi. Buni uchun olti-etti yoshli bolalar, maktabning moddiy-texnik bazasi o‘qituvchilar pedagogik va psixologik talablar asosida qat’iy diagnostika qilishi shart”.
Boshlang’ich ta’lim o‘qish, yozish, sanash, o‘quv faoliyatining asosiy malaka va ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash, o‘zini-o‘zi nazorat qilish uquvi, nutq va xulq-atvor madaniyati, shaxsiy qiqiena va sog’lom turmush tarzi asoslarini egallab olishni ta’minlaydi. Shu asosda boshlang’ich sinflarda o‘quvchilarning umummadaniy va axloqiy ko‘nikmalari, dastlabki savodxonlik malakalari shakllanadi.
Boshlang’ich ta’lim bosqichi oldiga qo‘yilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish ta’lim standarti orqali amalga oshiriladi. Ta‘lim standarti asosida boshlang’ich sinf o‘quvchilaridan standartda belgilab qo‘yilgan ko‘rsatkichiga erishishni talab qiladi va o‘z navbatida bu ko‘rsatkichlarga erishish ko‘rsatilgan.
Boshlang’ich ta’lim standarti mazkur ta’lim bosqichining har bir ta’lim sohasi uchun belgilangan standart parametrlari, mazkur ta’lim sohasining modernizatsiyalashtirishni, shu mazmunning tarkibiy qismlari, ta’lim jarayonining vosita va metodlari hamda umumpedagogik, psixologik, texnologik tizimi va darajasini belgilab berishga xizmat qiladi. Bunda butun e’tibor boshlang’ich ta’lim berishning maqsadi yuzasidan butunlik va to‘laqonlilikni saqlab qolishga qaratilgan.
Boshlang’ich ta’lim tayanch o‘quv rejasi doirasiga ona tili, matematika, tabiat hamda inson va jamiyat ta’limi sohalari kiritilgan.
Boshlang’ich ta’lim standarti ta’lim sohalariga qo‘yilgan standart ko‘rsatkichlarni mujassamlashtiradi. Standartning mezon va parametrlarini ta’lim sohalarida belgilab qo‘yilgan ta’lim standartining ko‘rsatkichni tashkil etadi. Ta’lim sohasi ta’lim natijasining sifati mana shu ko‘rsatkichlarga asoslangan holda aniqlanadi.
Boshlang’ich ta’lim bosqichida xorijiy tillarni o‘rganish bo‘lib u maktab komponentidagi soatlar hisobiga amalga oshirilishi mumkin. O‘zbek maktablari uchun rus tili, o‘qishlar boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda davlat tilini o‘qitish konsepsiyasidan hamda Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda o‘zbek tili DTS ida o‘z ifodasini topadi.

Boshlang’ich ta’lim sohalarining maqsad va vazifalari


Ona tili
Ona tili ta’limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirishga, erkin fikrlay olishi, o‘zgalar fikrini aniqlashi, o‘z fikrini og’zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Yüklə 21,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin