Mamlakatimiziqtisodiyotiga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish nima uchun zarur?
*Izoh uchun
Izoh uchun. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati katta bo’lib, u quyidagilar bilan izohlanadi: birinchidan, ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo’ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantiradi; ikkinchidan, import o’rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustivor sohalariga yo’naltirish va pirovardida aholining me’yordagi turmush darajasini ta’minlash imkonini yaratadi; uchinchidan, kichik biznesni, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirish orqali o’sib borayotgan aholini ish joylari bilan ta’minlaydi; to’rtinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiytexnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi; beshinchidan, tabiiy resurslarni qayta ishlovchi korxonalarni barpo etishga ko’maklashadi, davlat byudjetiga soliq tushumining kelib tushishi ko’payadi. Xorijiy investitsiyalarning milliy iqtisodiyotga keng miqyosda jalb etish o’tish davrining strategik va joriy vazifalarini hal etish zaruriyati bilan bog’liq. Ushbu vazifalarni bajarish natijasida o’tgan yillarda investitsiyalarning o’sishi jadallashdi.
Mamlakatimizda investitsiya muhiti yaxshilangani natijasida iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarga to’g’ridan-to’g’ri sarmoyalar faol kirib kelmoqda. Xususan, 2018-yilning besh oyida 776 ta yangi qo’shma va xorijiy korxona ro’yxatdan o’tkazildi. Bu o’tgan yilning mos davriga nisbatan 496 taga ko’pdir. Yig’ilishda Prezidentimiz investitsiyalarni, eng avvalo, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va samarali o’zlashtirishni ta’minlash – barcha darajadagi rahbarlarning eng muhim vazifasi ekanini alohida ta’kidladi. Xorijiy davlatlarga tashriflar va muzokaralar natijasida qiymati 17 milliard dollar bo’lgan 182 ta istiqbolli loyihani amalga oshirish to’g’risida birlamchi kelishuvga erishilgan. Ushbu investitsiyalarni o’zlashtirish biznes-reja va texnikiqtisodiy asoslarni tayyorlash bilan bog’liq. Shu bois bu boradagi ishlarni jadallashtirish, xorijiy investitsiyalarni istiqbolli loyihalarga yo’naltirish va yuqori samaradorlikka erishish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.