Vertikal diversifikatsiya – bu…
(lot. diversifi catio — oʻzgarish, xilma-xil taraqqiyot) — korxona (birlashma)larning faoliyati sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi. D. i. ch.da yuqori samaradorlikka erishish, iqtisodiy foyda olish, bankrotlikka barham berish va b. maqsadlarda amalga oshiriladi. Ilgari bir sohada ixtisoslashgan firmalarning (sanoat, q. x., transport, moliya va h.k.) boshqa i. ch. tarmoqlari, xizmat koʻrsatish sohalariga, birinchi navbatda, yuqori foyda beradigan sohalarga kirib borishi ularning xoʻjalik faoliyati sohalari va imkoniyatlarini kengaytiradi. D. natijasida turli-tuman tovarlar ishlab chiqaradigan, xizmat koʻrsatadigan hamda i. t. va ishlanmalar bilan band boʻlgan keng tarmoqli, ammo hamisha ham texnologikjihatdan oʻzaro bogʻlan-magan majmualar (mas, agrosanoat majmui, oʻrmonsanoat majmui) vujudga keladi va bu ishlab chiqarish D.si deyiladi. Bundan tashqari uning kredit D. koʻrinishi ham bor (bunda kredit sifatida beriladigan kapital mablagʻlar xavf-xatarni kamaytirish va yuqori foyda olish maqsadida turli-tuman obʼyektlar oʻrtasida taqsimlanadi). Bunday D. tarmoklararo kapital konsentratsiyasi jarayoni va korxonalararo ichki beqarorlikning kuchayi-shi bilan bogʻliq
Monopoliya – bu…
atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (yaʼni, yunoncha „monoc“ — yagona, bitta va „poleo“ — sotaman) tarkib topsada, uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi. Monopoliyani quyidagicha taʼriflash oʻrinli: monopoliya — monopol yuqori narxlarni oʻrnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalarning birlashmalari.
Monopoliya (yun. mono — tanho, poleo — sotaman) — iqtisodiyotning bir sohasida tanho hukmronlik; bozorni tashkil etish shakli. Bunday bozorlarda yagona sotuvchi oʻz tovari bilan fa-oliyat koʻrsatadi, boshqa tarmoqlarda bunday tovarning oʻrinbosari boʻlmaydi. M. ishlab chiqarish vositalari, ish kuchi va yaratilgan mahsulotlar asosiy qismining ozchilik korxonalar, sohibkor shaxslar yoki davlat qoʻlida toʻplanishi natijasida paydo boʻladi
Dostları ilə paylaş: |