Talabalar ilmiy tadqiqot faoliyati samaradorligining gumanitar asoslari



Yüklə 98,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix07.01.2024
ölçüsü98,75 Kb.
#206327
1   2   3   4   5   6   7
talabalar-ilmiy-tadqiqot-faoliyati-samaradorligining-gumanitar-asoslari

Keywords:
integration of science and education, research activity, humanitarian 
technologies, scientific center, educational resources. 
KIRISH
Oliy maktab ta’lim jarayoni o‘zining mazmuni bilan bo‘lajak mutaxassis shaxsini 
shakllantirishga qaratilgan vazifani amalga oshiradi. Ta’lim jarayonlarini tashkil etishning ilmiy 
yondashuvlari esa ta’lim mazmunini bilimlar, malaka va ko‘nikmalar, qarashlar hamda 
e’tiqodlar, shuningdek, bilish nazariyasi va amaliy tayyorgarlik rivojining muayyan darajasi 
sifatida izohlaydi [4,7]. 
Oliy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlarni tayyorlash jarayonining dolzarb 
muamolaridan biri ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘lib, uni tashkil etish va amalga oshirish uchun turli 
xil auditoriya va auditoriyadan tashqari an’anaviy faoliyat shakllari ommalashgan. 
Universitetlarda jismoniy tarbiya va sport ta’limi yo‘nalishlarining “Sport faoliyati 
(faoliyat turlari bo‘yicha)”, “Jismoniy madaniyat”, “Psixologiya (sport)” o‘quv rejalaridagi 
fanlar (majburiy: falsafa, tarix, psixologiya, pedagogika, xorijiy til, bioximiya va sport 
bioximiyasi, axborot texnologiyalari, sport tibbiyoti, anatomiya, fiziologiya va boshqalar) 
talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatining nazariy metodik faoliyatga kirishib borishini ta’minlaydi.


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
126 
Talabalar tanloviga asoslangan fanlar (pedagogik tadqiqotlarda statistik usullar, natijalarni 
matematik qayta ishlash usullari pedagogik tadqiqotlar, metodologiya va pedagogik tadqiqot 
usullari, asoslari, jismoniy tarbiya (sport murabbiy) o‘qituvchisining tadqiqot faoliyati va 
boshqalar. Amaliyotlar (malakaviy, pedagogik amaliyot dasturlarida kasbiy faoliyat ob’ektlarida 
o‘quv va ilmiy tadqiqot vazifalari). 
Fakultetning ustoz-shogird an’analari tizimida kafedralar tasarrufida tashkil etiladigan 
ilmiy markaz faoliyatiga iqtidorli talabalarni jalb etish, respublika va xorijiy soha vakillarini jalb 
etgan holda ilmiy-amaliy konferensiyalar, tanlov va olimpiadalar, talabalar ilmiy nashriyot 
faolligini oshirishga qaratilgan jurnallar va maxsus turdagi talabalarning boshlang‘ich ilmiy 
izlanishlaridan - kurs va bitiruv malakaviy ish faoliyatining nazariy va amaliy ahamiyat 
samaradorligini oshirish ilmiy tadqiqot ishlarini faollashtirishning muhim tarkibiy qismlaridir 
[6]. 
Talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyati samaradorligining zamonaviy shakl va usullarini 
o‘quv jarayoni joriy etish orqali jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, sport trenerlarining ta’lim 
muassasalari va sport maktablarida pedagogik faoliyatni ilmiy tashkil qilish va amalga 
oshirishning kasbiy va umum-ilmiy bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlantirishga erishiladi. 

Yüklə 98,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin