Talabalar ilmiy tadqiqot faoliyati samaradorligining gumanitar asoslari



Yüklə 98,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix07.01.2024
ölçüsü98,75 Kb.
#206327
1   2   3   4   5   6   7
talabalar-ilmiy-tadqiqot-faoliyati-samaradorligining-gumanitar-asoslari

Tavsiyalar:
Talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etishdan asosiy maqsad 
talabalarning ilmiy-pedagogik hamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish orqali kasbiy-ijodiy 
tayyorgarlik darajasini rivojlantirish, ularni gumanitar (insonparvar) texnologiyalar vositasida 
ilmiy-tadqiqotlarga jalb etish yo‘llarini ishlab chiqish, mavjud ilmiy markazlarni qo‘llab-
quvvatlash, yangilarini shakllantirish va rivojlantirish, o‘quv jarayonida ilmiy-tadqiqotlar 
natijalaridan keng foydalanish mexanizmlarini ishlab chiqish talab etiladi. 
Talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etish hamda yosh ilmiy-pedagog kadrlar 
tayyorlash borasida ta’lim yo‘nalishlari o‘quv jarayoning asosiy vazifalari qatoridan muhim o‘rin 
egallashi kerak: 
- ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanishga hohishi va qobiliyati bo‘lgan iqtidorli 
talabalarni aniqlash, ularni ilmiy-tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va 
jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatish orqali ularning ilmiy-ijodiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish 
uchun tashkiliy, metodik va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratish; 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
132 
- kafedralarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarida talabalarning keng ishtirokini 
ta’minlash, yoshlarga turli shakldagi ilmiy ijodini rivojlantirishning samarali mexanizmlarini 
yaratish; 
- kafedralar va fakultetlarda talabalarning ilmiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va 
ro‘yobga chiqarib imkonini beruvchi o‘quv- ilmiy laboratoriyalar, markazlar, turli ilmiy-ijodiy 
to‘garaklarni faoliyatini yaxshilash, zamonaviy o’lchov uskunalari bilan jihozlash; 
- talablarning o‘quv mashg‘ulotlari va ilmiy-tadqiqot ishlari integratsiyasini ta’minlash, 
mustaqil ish, kurs loyihasi, malakaviy bitiruv ishi, magistrlik dissertatsiyalari doirasida turli 
xildagi faol o‘quv-tadqiqot jarayonlarini tashkil etish. 
Talabalarni ilmiy-pedagogik xamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish orqali kasbiy-
ijodiy tayyorgarlik darajasini ko‘tarish, ularni ilmiy-tadqiqotlarga jalb etish tizimini 
takomillashtirish, mavjud ilmiy maktablar va ilmiy markazlarni qo‘llab-quvvatlash va ta’lim 
jarayoniga daxldorlik borasida mazmunan rivojlantirish, o‘quv jarayonida nazariy, empirik 
ilmiy-tadqiqot modellaridan keng foydalanish mexanizmlarini shakllantirish muhim ahamiyat 
kasb etadi.

Yüklə 98,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin