SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
127
- aprobatsiyadan o‘tgan tadqiqot usullari, ishonchligi yuqori nazorat testlar, eksperimental
dasturlarni qo‘llagan holda jismoniy tarbiya va sport tayyorgarlik jarayonining turli tadqiqot
ob’ektlarida faoliyat samaradorligini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish;
- matematik statistika usullari, axborot texnologiyalari vositasida ilimiy tekshiruv
natijalarini qayta ishlash usullaridan
foydalanish, umumlashtirish va xulosalarni shakllantirish;
- mavzu (topshiriq) bo‘yicha pedagogik kuzatuv ma’lumotlarni qig‘ish, ishlov berish,
tahlil qilish va olingan ma’lumotlarni tizimlashtirishda ishtirok etish;
- ilmiy tadqiqot natijalarini va ishlanmalarini amaliyotda tatbiq qilish jarayonida
qatnashish;
- internet tarmog‘ida sohaga tegishli eng yangi ilmiy, texnologik yutuqlar haqida
ma’lumotlarni maqsadga yo‘naltirilgan holda qiqidirish va topish;
- ilmiy tadqiqot va ishlab chiqarish jamoasi tarkibida (kasbiy faoliyat profiliga mos)
kasbiy faoliyat vazifalarini yechish qobiliyatlariga ega bo‘lishi kerak.
Shu o‘rinda, professor o‘qituvchi va talabalar
ilmiy faoliyat hamkorligi, yangi ta’lim
yo‘nalish va mutaxassislik o‘quv rejalari fanlarini o‘qitish jarayonini mazmunan (laboratoriya
mashg‘ulotlari salmog‘ini oshirish) boyitish, jamiyatimizda jismoniy tarbiya va sportning xizmat
ko‘rsatish samaradorligini oshirish maqsadida fakultet xuzurida “Jismoniy tarbiya diagnostikasi
va korreksiyasi” ilmiy markazni tashkil etilishi muhim amaliy ahamiyati bilan bir qatorda
talabalar ilmiy ishlarini faollashtirishning poydevori bo‘lib xizmat qiladi.
1.
Jismoniy madaniyat va sport sohasida kasbiy tayyorgarlik sifatini rivojlantirishga doir
diagnostik texnologiyalar hamda korreksion faoliyatning ilmiy-pedagogik ishlanmalarni
qo‘llash sohalarida fundamental hamda eksperimental ilmiy tadqiqot ishlariga talabalarni jalb
qilish.
2.
Diagnostik va korreksion texnologiyalarni qo‘llash doirasida talabalar bilan hamkorlikdagi
ilmiy-ta’limiy loyihalar, ilmiy tadqiqotlar hamda eksperimental ishlanmalarni tayyorlash.
3.
Turdosh oliy ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun sohaning diagnostik
va korreksion ta’lim jarayoniga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlarini yaratish va resurslarini ishlab
chiqish.
Fakultetda talaba yoshlar, professor-o‘qituvchilarning
ilmiy faoliyat natijadorligi, yangi
fanlarni rejalashtirish, zamonaviy o‘lchov vositalariga asoslangan amaliy-ko‘rgazmali o‘qitish
tajribalarini qo‘llash orqali erishiladi hamda rejalashtirilayotgan ta’lim yo‘nalishlari va
mutaxassisliklarining malaka talablari, o‘quv rejalari, o‘qitiladigan integral fan kataloglari,
ta’lim dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar,
shu jumladan audio, video va elektron
darsliklar, onlayn darslar, ilmiy seminar hamda boshqa turdagi ilmiy-metodik resurslarni keng
ko‘lamda ishlab chiqishni taqozo etadi.
Ilmiy faoliyatning asosiy shakllari talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari - tajribali
mutaxassis rahbarligida yakka tartibda yoki ilmiy guruhlar tarkibida bajariladigan tadqiqot
ishlari, shuningdek, kafedralar tashabbusi bilan o‘tkaziladigan
kafedra ilmiy konferensiyalari,
hududiy va Respublika Xalqaro konferensiyalarning muammo doirasida oliy kasbiy tayyogarlik
tizimining erishilgan yutuqlari, mavjud muammo va yechimlarini ommalashtirish borasida
muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Buxoro davlat universitetining jismoniy
madaniyat fakulteti tomonidan har o‘quv yilida tashkil etiladigan ilmiy amaliy konferensiyalar
qatorida 2022 yilning 29-apreldagi “Hozirgi taraqqiyot bosqichida jismoniy tarbiya va sport
mashg‘ulotlarini tashkil qilishning istiqbollari: muammo va yechimlar”
mavzusi ostida
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
128
o‘tkazilgan koferensiyada aksariyat professor o‘qituvchi va talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyati
hamkorligining nazariy va amaliy ahamiyat mezonlari fakultetda ilmiy faoliyat samaradorligini
oshirishdagi muhim qadam bo‘lib hisoblanadi .
Talabalarning ta’lim jarayonida ilmiy-tadqiqot faoliyatiga kirishishi alohida ahamiyatga
ega, chunki u kasbiy rivojlanishiga hissa qo‘shadi, mustaqil ta’limni faollashtirish,
o‘rganilayotgan fanga qiziqish va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan ko‘nikmalarni
shakllantiradi.
Oliy ta’limdan maqsad talabalarga turli fanlardan tizimli bilimlarni taqdim etish bilan bir
qatorda bo‘lajak kasbiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan ilmiy bilimlarni mustaqil qo‘lga kiritish,
tahlil qilish hamda o‘z-o‘zini rivojlantirishning dastlabki ko‘nikmalariga o‘rgatish talab etiladi.
Ta’lim va ilmiy tadqiqot faoliyatini oliy ta’lim sharoitda boshlagan talaba o‘zi haqida
allaqachon shakllangan tasavvurga ega va endi bu g‘oyani o‘zgartirish (aniqlashtirish) orqali
nafaqat kundalik faoliyat muammolarini
muvaffaqiyatli hal qilish, balki o‘zini rivojlantirish
muhim shart sanaladi [5,8].
Dostları ilə paylaş: