SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
130
Muallif nazarida, "bugungi kunda gumanitar texnologiyalar ta’limning innovatsion
rivojlanishining istiqbolli vektorini belgilaydi, chunki ular ilg‘or
pedagogik faoliyat
samaradorligini oshirishga imkon beradi" (Solomin, 2011: 126). Shu munosabat bilan turli
sohalarda to‘plangan fan va ta’lim muammolarini hal qilish uchun gumanitar texnologiyalarni
ishlab chiqish va ulardan foydalanish tajribasini fan o‘qituvchilari tomonidan o‘zlashtirish va
amalga oshirishga imkon yaratish zarur [10].
Shuni ta’kidlash kerakki, 1990-yillarda gumanitar texnologiyalar siyosiy muammolarni
hal qilish uchun yaratilgan. Gumanitar texnologiyalar borasida V. Osipov, M. Karijskiylar
tomonidan ta’sir qilish texnologiyalari yig‘indisi ekanligiga e’tirof etilgan. Bundan tashqari,
majburlash va zo‘ravonlikning qo‘pol vositalaridan farqli o‘laroq, inson faoliyatini ijobiy
o‘zgartirishning ushbu ta’sir choralari yumshoq va insonparvardir.. [2].
Gumanitar texnologiyalar siyosiy muammolarni hal qilish uchun yaratilgan bo‘lsa-da,
ular asta-sekin boshqa sohalarda ham qo‘llanila boshlandi. Jismoniy tarbiya va sport ta’limida
pedagogik muammolarini hal qilish uchun nima uchun ular bugungi kunda ta’limda e’tiborli
bo‘lib borayotganini tushunish talab etiladi. O‘tkazilgan tahlillar quyidagilarni aniqlash imkonini
berdi.
Uzoq vaqt davomida ta’limda avtoritar-buyruqbozlik boshqaruv
uslubi hukmronligi
sababli o‘quv fanlari o‘qituvchilari tomonidan gumanitar texnologiyalardan foydalanishlariga
ehtiyoj yo‘q edi. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni amalga oshirish sharoitida majburlash
usullari nafaqat samarasiz, balki salbiy munosabatlar bildirilgan. O‘qituvchilarga o‘quvchilar va
talabalarning xatti-harakatlarini, bilimlarni o‘zlashtirish faoliyatini tartibga solishning yangi
vositalari kerak edi, ta’lim jarayonida fan va ta’lim integratsiyasining yangicha istiqbolini
shakllantiruvchi shart-sharoitlarni ta’minlash va uning barcha ishtirokchilarini ta’lim sub’ektlari
ya’ni hamkor ishtirokchilari safini kengaytirish muammolarini
hal etish uchun gumanitar
texnologiyalar vaqti keldi.
Talaba refleksiyasi uning o‘z ruhiy holatini aks ettirishi, o‘z tajribalarini tahlil qilishga
moyilligi ma’nosiga ega. Shu bilan birga refleksiya (lotincha Reflesio- ortga qaytish )
sub’ektning o‘z (ichki) psixik tuyg‘u va holatlarini bilish jarayoni sifatida qaraladi. Falsafa va
pedagogikaga oid adabiѐtlarda refleksiya shaxsning o‘z ongidagi o‘zgarishlarni fikrlash jarayoni
..., psixologiya fani talqinida refleksiya - faqat sub’ektning o‘zo‘zini bilishi va tushunishi emas,
balki boshqalar uning shaxsiy xislatlari, his qilish tuyg‘usi va bilish (kognitiv) tasavvurlarini
bilish hamda tushunishini aniqlab olishini anglatadi [8].
Aslida, ta’lim bilan bir qatordagi tarbiya jarayonida har doim o‘qituvchining talaba xatti-
harakati ustidan nazoratining bo‘lganligi sabab aytish mumkinki, gumanitar texnologiyalarning
alohida xoslik elementlari pedagogik faoliyatda doimo mavjud bo‘lgan, ammo ular tizimsizlik
xususiyatga ega bo‘lgan, demak zamonaviy sharoitda talabalarning ta’lim olish mazmuni va
ularni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb etish orqali malaka talablarini o‘zlashtirish
jarayonini
texnologiyalashtirishga ehtiyoj sezilmoqda.
Ta’limda gumanitar texnologiyalardan farqli boshqa (ushbu faoliyat uchun an’anaviy)
vositalar yordamida olingan natija fan o‘qituvchisini qoniqtirmasligi, yoki an’anaviy ta’lim va
tarbiya texnologiyalarining ish bermasligi sababli namoyon bo‘la boshladi. Bunda fan
o‘qituvchilari va o‘quvchilarning hamkorlik munosabatini o‘zgartirish, ularning xulq-atvorini
oqilona tartibga solish orqali faoliyat samaradorligini oshirishning yagona yo‘li hisoblanganligi
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
131
va "inson kapitali" omiliga e’tibor qaratish bilan gumanitar texnologiyalar samarasini tushunish
mumkin.
O‘tkazilgan tadqiqotlar mohiyatida quyidagi g‘oyalar ilgari surilgan: gumanitar
texnologiyalar, aslida, ta’lim resurslardan foydalanish jarayonida faoliyat samaradorligini
oshirish, shaxs haqidagi gumanitar bilimlar(qiziqishlar ehtiyojlari, motivlar)ni o‘zlashtirish
texnolgiyalari bilan bog‘liq [1,2].
Hozirga qadar gumanitar texnologiyalarni qo‘llash masalalari ko‘rib
chiqilgan nashrlar
tahlilida mualliflar tomonida har xil fikrlarni kuzatish mumkin. Bizning fikrimizcha gumanitar
texnologiyalarning harakat mexanizmini tushunish uchun eng muhim resurslarini bilishimiz
kerak:
- insonning hayotiy qiziqishlarini ro‘yobga chiqarishni va hayot sifatini yaxshilashni
ta’minlaydigan resurs talab texnologiyalarni o‘zlashtirish.
- resurs talab texnologiyalar deganda quyidagilar tushuniladi: axloq, qadriyatlar, fanlar-
aro bilimlar, g‘oyalar, ko‘p millatli, ko‘p madaniyatli, dinlararo, transprofessional va shaxslararo
o‘zaro ta’sir, bag‘rikenglik, mas’uliyat va ularni kasbiy faoliyat, dasturlar,
loyihalar va
texnologik yechimlar toifasiga o‘tkazish;
- rivojlantirish loyihalari va dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga qodir kreativ
g‘oya va professional etika bilan qurollangan mutaxassislarning mavjudligi.
XULOSA
O’rganilgan bir qator ilg’or yondashuvlar asoslanib aytish joizkim - gumanitar
texnologiyalarning o‘ziga xosliklarini quyidagi xususiyatlari bilan aks etish mumkin:
- gumanitar texnologiyalar eksklyuzivlik xususiyatiga ega, ya’ni ma’lum bir loyiha uchun
ishlab chiqilgan;
– pedagogik sohada gumanitar texnologiyani ishlab chiqish jarayoni juda ko‘p axborot
resurslariga ehtiyoj sezadi;
– aloqada bo‘lgan shaxsning boshqalar bilan muloqotda bo‘lishi uchun pedagogik hodisa
va jarayonlarni qurishning gumanitar texnologiyalaridan foydalanish;
– agar inson gumanitar (insonparvarlik) texnologiyalar vositasida qanday faoliyat bilan
shug‘ullanishidan qat’iy nazar, teng darajada samarali bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: