Ilmiy maqolalar, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash.
Talabaga biron-bir mavzu
bo’yicha (mavzuni talabaning o’zi ham tanlashi mumkin) ilmiy maqola, tezis yoki ma’ruza
tayyorlash topshirilishi mumkin. Bunda talaba o’quv adabiyotlari, ilmiy-tadqiqot ishlari,
dissertatsiyalar, maqola va monografiyalar hamda boshqa axborot manbalaridan mavzuga
tegishli bo’lgan materiallar to’playdi va bular asosida ilmiy maqola hamda ma’ruza tezislari
tayyorlaydi.
Bitiruv malakaviy ishi tayyorlash.
Bitiruv malakaviy ishi-oliy o’quv yurtlaridagi
uzluksiz ta’limning bakalavriat yo’nalishida talabalarni o’qitishning yakuniy bosqichidir.
Bitiruv malakaviy ishida talabaning oliy o’quv yurtida o’qish davomida to’plagan barcha
6
nazariy va amaliy bilimlari yuzaga chiqadi, talabaning nazariy bilimlar bilan qurollanish
darajasi, uning olgan bilimlari va ko’nikmalarini ilmiy-ishlab chiqarish vazifalarini yechishga
qay darajada qo’llay olishi namoyon bo’ladi. Bitiruv malakaviy ishini bajarish talabadan
universitetda olgan nazariy va amaliy bilimlardan foydalanishni talab etadi, talabaning o’qish
davomida olgan bilimlarini umumlashtirishga, chuqurlashtirishga va mustahkamlashga,
ularni amaliyotga qo’llashga imkon beradi.
5.
Mustaqil ishlarni va talabalar bilimini tekshirish Talabalarning bilimini tekshirish
ya’ni aniqlash, yangi materialni mustahkamlash vaqtida, o’tilgan o’quv materiallarini
o’zlashtirish, hisoblash grafik ishlarini va uy topshiriqlarini bajarishlari jarayonida
talabalarning bilimlari tekshiriladi va unga ball qo’yiladi.
Nazorat turlari - Reyting tizimida o’quv rejasiga kiritilgan har bir o’quv fani bo’yicha
talabalarning bilimi sifatini baholash uchun quyidagi nazorat turlaridan foydalaniladi:
Joriy nazorat (JN)
Oraliqnazorat (ON)
Yakuniy nazorat (YaN)
Joriy nazorat (JN) - og’zaki so’rov, kollokviumlar, seminarlar, yozma ishlar,
laboratoriya ishlari, texnikaviy diktant, kurs loyihalari, uy vazifasi va hokazolar, ya’ni
talaba o’z amaliyotida ko’llaydigan barcha so’rov turlarini o’z ichiga oladi.
Joriy nazoratda o’tkaziladigan so’rov turlarini quyidagi qisqartirilgan kodlar bilan
belgilashni tavsiya etamiz: Test (T); Og’zaki (O); Laboratoriya ishi (L); Masala
yechish (M); Uy vazifasi (U); Kurs loyihasi (KL); Yozma ish (Yo); Nazorat so’rovi (Ns);
Texnikaviy diktant (Td); Amaliy ish (A); va h.k.
Joriy nazorat o’quv dasturlari bir yoki bir necha mavzularini o’rgangandan so’ng
o’tkaziladi.
Oraliq nazorat (ON) - o’quv fanining alohida maqsadga qaratilgan katta va
tugallangan hajmidan keyin o’tkaziladi. Bu o’quv dasturining bir yoki bir necha bo’limidan
keyin bo’lishi mumkin. ON semestr davomida har oy yakunida o’tkazilishi maqsadga
muvofiqdir.
Yakuniy nazorat (YaN) - semestr davomida o’tilgan barcha bob va mavzularga
taallukli asosiy savollarni qamrab olishi kerak. Bu nazorat semestr yakunida test yoki
yozma ish asosida o’tkaziladi.
Talabalar auditoriya mashg’ulotlarida professor-o’qituvchilarning ma’ruzasini
tinglaydilar, misol va masalalar yechadilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga
tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifa sifatida berilgan misol va masalalarni
yechadi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o’rganish maqsadida qo’shimcha
adabiyotlarni o’qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo’yicha testlar yechadi. Mustaqil
ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg’ulot olib boruvchi o’qituvchi
tomonidan, konspektlarni va mavzuni o’zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa
ma’ruza darslarini olib boruvchi o’qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda kompyuter bilimlariga ega bo’lish zamon talabiga aylandi, bunga sabab
kompyuter savodxonligiga ega bo’lgan kadrlarga bo’lgan talabning kundan-kunga ortib
borayotganligidir. SHu nuqtai nazardan qaraganda, o’qitishning turli shakllarida - nazariy,
amaliy, seminar va boshqa mashg’ulotlarda zamonaviy kompyuter dasturlari
imkoniyatlaridan foydalanish XXI asr “texnika davri” talabiga javob berishi zarur. SHu
sababli ham talabalarning mustaqil bilim olishi va o’zlashtirish darajalarini aniqlashda
kompyuterdan o’qitishning texnik vositasi sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir.
7
Ta’lim jarayonida o’qitiladigan turli fanlarda kompyuterdan keng va samarali
foydalanish uchun o’quv nazariy va amaliy dasturlar tizimi yaratilmoqda. Bizning
fikrimizcha, mustaqil ta’lim mashg’ulotlarini tashkil etishda asosiy e’tiborni amaliy
topshiriqlarni bajarishga qaratish maqsadga muvofiq. CHunki, talabalarda kompyuter va
uning amaliy dasturlari bilan ishlay olish malakasini oshirishga e’tibor bugungi kunning
dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Talabalarning zamonaviy axborot va kommunikatsiya
vositalari bilan ishlay olish malakalarini egallashlari, dunyoda bo’layotgan voqea-
hodisalardan xabardor bo’lishlarida, o’z bilim darajalarini yanada boyitib borishlarida
Internet tarmog’i bilan ishlay olish malakalarini egallashgan bo’lishlari muhim hisoblanadi.
Talabalarning fanlardan mustaqil ta’limini tashkil etish va ularning mustaqil bilim
olishlari uchun dastlab, ularning pedagogik-psixologik xususiyatlarini hisobga olish zarur.
Mustaqil ta’limni tashkil etishda kompyuter texnologiyasidan foydlanishni amalga oshirish
uchun avval quidagi ishlarni bajarish zarur:
1.
Mavzudagi asosiy tushunchalarning o’zlashtirilish sifatini baholash mezonini ishlab
chiqish.
2.
Mavzudagi asosiy tushunchalarning talabalar tomonidan mustaqil o’zlashtirishlari
uchun maxsus kompyuter dasturlarini ishlab chiqish.
3.
Talabalarning fandan mustaqil bilim olishiga zarur, kerakli kompyuter jihozlarini
tayyorlash.
4.
Oliy o’quv yurtlarining o’quv-tarbiya jarayonida talabalarning o’zlashtirish
darajalariga mos ravishda bilimlarni egallashida zamonaviy kompyuter dasturidan
foydalanishning samarali yo’llarini izlab topish.
Talabalar mustaqil ish topshiriqlarini tayyorlashda, bajarishda quyidagilarga amal
qilishlari lozim:
•
ma’ruza mashg’ulotiga oid mustaqil ta’lim topshiriqlarini tanlashda ularning
auditoriyada o’rganiladigan mavzular bilan uzviyligini ta’minlash;
•
uyda mustaqil ravishda o’rganiladigan mavzularning va o’rganilishi lozim bo’lgan
asosiy savollarning aniq bayon etilishiga erishish;
•
amaliy mashg’ulotlar topshiriqlarini o’rganilayotgan nazariy o’quv materiallari bilan
mutanosib bo’lishini hisobga olish;
•
amaliy ishlarni, mustaqil ishlarni bajarishga oid mavjud metodik ishlanmalar
yaratilganligini hisobga olish;
•
mustaqil ravishda yechilishi lozim bo’lgan misol va masalalarning aniq ro’yxatini
tuzish;
•
mustaqil ish topshiriqlarining axborot ta’minoti, jumladan adabiyotlar ro’yxati,
betlari ko’rsatilgan holda, elektron o’quv qo’llanmalar va Internet manzili ko’rsatilishiga
erishish va h.k.
Talabalarning o’quv malakalari o’quv materiallari bilan mustaqil ishlash jarayonida
hosil bo’ladi. Boshqacha aytganda, o’quv malakalari o’quv materialini qabul qilish, qayta
ishlash, uning muhim jihatlarini ajratish, yangi o’zlashtirgan bilimlarni avvalgilari bilan
bog’lash, o’quv bilimlarini umumlashtirish, takrorlash va ularni amalda tadbiq qilgan holda
masalalar hal qilishda egallanadi. SHunday qilib, o’quv malakalari talabalarning ta’lim
jarayonidagi barcha o’quv-bilish faoliyatlari bilan bog’liqdir.
O’quv ishlarining har qanday shakli o’quv-malaka talab qiladi, masalan, o’qituvchi
ma’ruzasini eshitish, amaliy topshiriqlarni bajarish, test topshiriqlari bilan ishlash, mustaqil
ishlash malakasi kabilar. Talabalarning fandan mustaqil bilim olishlari jarayonida birinchi
navbatda mustaqil ishlash malakasi talab etiladi.Bunday malaka o’quv materiallari bilan
mustaqil ishlash jarayonida hosil bo’ladi. Boshqacha aytganda, o’quv malakalari o’quv
8
materialini qabul qilish, qayta ishlash, uning muhim jihatlarini ajratish, yangi o’zlashtirgan
bilimlarni avvalgilari bilan bog’lash, o’quv bilimlarini umumlashtirish, takrorlash va ularni
amalda tadbiq qilgan holda masalalar hal qilishda egallanadi.
Talabalarning mustaqil ishlash ko’nikma va malakalarining shakllanganligining to’rt
darajasi.
1-daraja. Quyi darajaga ega bo’lgan talabalar, ular mustaqil ta’lim olishning
ma’naviy va ijtimoiy ko’rsatkichlarini hisobga olish bilangina cheklandilar. Mustaqil ta’lim
darajalarini baholashda qiyinchiliklarga duch keldilar. Mustaqil ishlash turlaridan
namunalar bo’yicha mustaqil ishlar bajarish ko’nikmalarigagina ega bo’ldilar. Mustaqil
faoliyat olib borish malakalari darajalaridan; materiallarni o’rganishda umumiydan
muhimlarini ajratib olish malakasiga ega bo’ldilar. Mustaqil ishlashga etarlicha vaqt
ajratmaydilar, berilgan vazifani o’kituvchi topshirig’i va kuzatuvi asosidagina bajaradilar.
2-daraja. O’rta darajaga ega bo’lgan talabalar - mustaqil ish bajarish uchun lozim
bo’ladigan shart-sharoitlar va imkoniyatlardan foydalanishga harakat qilishdi. Formulalarni
keltirib chiqarish, berilgan namunalarga asoslanib mantiqiy yechimlarga kelish,
rekonstruktiv -variativ mustaqil ishlarni bajara olishdi. Mustaqil faoliyat olib borishda
o’qish, yozish, chizish, sxemalar tuzish jarayonlariga ijodiy yondasha olish mahoratiga
ega bo’ldilar. Mustaqil ish bajarishga muntazam kirishib ketolmadilar.
3-daraja. Yaxshi (ya’ni yetarli) darajaga ega bo’lgan talabalar, mukammal bilimga
ega bo’lish uchun mustaqil ta’lim bilan shug’ullanish lozimligini anglab yetdilar.
Texnik-metodik muammolarni yechishda ijodkorlik darajalari yetarli. Evristik turdagi
mustaqil ishlarni bajara oldi. Axborotni ahamiyatiga ko’ra tabaqalashtirishdi. Mustaqil
ta’lim olishni o’quv mashg’ulotlarida va mashg’ulotdan tashqari vaqtlarda samarali tashkil
qila oldilar hamda ushbu darajada mustaqil ta’lim bilan muntazam shug’ullandilar.
4-daraja. Yuqori darajaga ega bo’lgan talabalar, ular mustaqil ta’lim olish
metodlari, vositalari hakida to’lik ma’lumotga ega, olingan ma’lumotlarni tahlil qila
oldilar. Yangiliklar, ixtirolar yaratishga, ijodiy tadqiqot ishlari va tanqidiy sintez
amallarini bajara oldilar. Ushbu talabalar mustaqil ta’lim bilan muntazam shug’ullangan
holda, mustaqil ta’lim olishining yanada samarali yo’llarini o’zlashtirishga ishtiyoqmand
bo’ldilar.
Dostları ilə paylaş: |