Ko’rgazmali vositalar tayyorlash . Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish va
yaxshiroq o’zlashtirish uchun yordam beradigan axborot-kommunikatsiya vositalari
yordamida bajariladigan ko’rgazmali materiallar tayyorlash vazifasi topshiriladi. Mavzu
professor-o’qituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga ma’lum ko’rsatmalar, yo’l-yo’riqlar
beriladi. Ko’rgazmali vositalarning miqdori, shakli va mazmuni talaba tomonidan mustaqil
tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu bo’yicha bir necha talabaga yoki talabalar guruhiga
topshirish ham mumkin.
Mavzu bo’yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash . Talabaga
mustaqil ish sifatida muayyan mavzu bo’yicha testlar, qiyinchilik darajasi har xil bo’lgan
masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bo’ladigan savollar tuzish vazifasi topshiriladi.
Bunda professor-o’qituvchi tomonidan talabaga testga qo’yiladigan talablar va uni
tuzish qonun-qoidalari, qanday maqsad ko’zda tutilayotganligi, muammoli savollar tuzishda
mavzuning munozarali jihatlarini qanday ajratish lozimligi, topshiriqlarni tuzish usullari
bo’yicha yo’l-yo’riq beriladi.
Talabalarning ilmiy-nazariy konferentsiyalari - ular mustaqil ishlarining shakllaridan biridir .
Kafedra
professor-o’qituvchilari
talabalar
ilmiy-nazariy
konferentsiyasini tashkil etish orqali o’z ishini guruhning kasbiy yo’naltirilganligini,
qiziqishlarini hisobga olib, tabaqalashgan holda tashkil qilishi kerak. Faqat shu holdagina
talabalarning konferentsiyani o’tkazishda faol ishtiroki va manfaatdorligi ta’minlanadi.
Talabalarning ilmiy-amaliy konferentsiyalarini quyidagi bosqichlarda amalga oshirish
maqsadga muvofiqdir:
1-bosqich – o’qitilayotgan fan bo’yicha barcha o’quv guruhlarida konferentsiyalarni
o’tkazish;
2-bosqich – har bir guruhdan tanlab olingan talabalarning eng yaxshi ma’ruzalarini
fakulьtet va fakulьtetlararo konferentsiyaga taqdim etish hamda o’tkazish;
3-bosqich – fakulьtetlararo konferentsiyada tanlab olingan eng yaxshi ma’ruzalarni
umumuniversitet ilmiy-nazariy konferentsiyasiga taqdim etish.
Barcha guruhlar uchun yagona bo’lgan konferentsiya mavzusini tasdiqlab, talabalarning
ma’ruza va chiqishlarini guruhlarning qiziqishlariga qarab ixtisoslashtirish mumkin.