Talabalar mustaqil ta’limini loyihalashtirish


Keys-stadilar (muammoli vaziyatlar tahlili) tayyorlash



Yüklə 236,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix02.06.2023
ölçüsü236,74 Kb.
#123480
1   2   3   4   5   6   7
\'ruza matni

Keys-stadilar (muammoli vaziyatlar tahlili) tayyorlash. Keys 
usuli 
(ingl. Case method - keys-usuli, keys-stadi) aniq bir vaziyat yoki muammoli holat tahlili 
sifatida ta’lim berish hamda o’rganish texnikasini ifodalaydi. Keys-stadi usulida aniq 
muammolar, vaziyatli holatlar batafsil yoritiladi hamda ularni hal etish bo’yicha xulosalar
yechimlar va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Bu usulda talabalar yuzaga kelgan muammo yoki 
vaziyatni mufassal o’rganib, tahlil etishlari hamda bu vaziyatni bartaraf etishning turli 
muqobil variantlarini ishlab chiqishlari va ulardan eng optimal bitta yechimni tanlab olishlari 
talab qilinadi. 
Keyslar asosan real voqealar va vaziyatlarga asoslangan bo’lishi hamda ishlab chiqarish 
amaliyotidan olingan bo’lishi maqsadga muvofiq. Professor-o’qituvchi keysni yechish 
jarayonida talabalarni biznes bilan bog’liq bo’lgan muammolar va vaziyatli holatlar 
yechimlarini topishga, eng optimal boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish hamda muqobil 
tanlov sharoitida qaror qabul qilish ko’nikmalarini shakllantirishga yo’naltiradi. 


5
Tayyorlangan keyslarning muvaffaqiyati quyidagi uchta mezonlarga mos kelishiga 
bog’liq: 
1. Boshlang’ich ma’lumotlar bazasining yetarli hajmda ekanligi. 
2. Keyslarni ishlab chiqishda amaliyotdan mutaxassislarning ishtirok etishi. 
3. Muammoning yechimini izlab topishda tahlilning turli usullarini qo’llashga imkon 
beruvchi vaziyat yoki muammoli holatning mavjudligi. 
Keys-stadilarni adabiyotlar, jurnal va gazetalarda e’lon qilingan vaziyatlar, maqolalar va 
ma’lumotlar asosida tayyorlash ham mumkin. Ammo, real hayotdan olingan va real 
vaziyatlarga asoslangan keyslar qimmatli bo’lib, talaba keysni yozish jarayonida 
mutaxassislar bilan muloqot o’tkazishi hamda hisobotlardan foydalanishi juda muhimdir. 

Yüklə 236,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin