6. Olimpiadaga umumiy rahbarlikni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri buyrug‘i bilan tasdiqlangan Respublika fan olimpiadasi Tashkiliy qo‘mitasi amalga oshiradi.
7. Olimpiadani tashkil etish va o‘tkazish ikki bosqichda:
- I bosqich har joriy yilning mart-aprel oylarida barcha OTMlarida;
- II bosqich vazirlikning buyrug‘i bilan belgilagan muddatida tegishli fanlardan olimpiadani tashkil etishga va o‘tkazishga mas’ul etib belgilangan OTMlarida bo‘lib o‘tadi.
8. O‘qish bosqichidan qat’iy nazar tegishli fan dasturlarida berilgan barcha mavzularni to‘la o‘zlashtirgan hamda Olimpiadaning I bosqichida birinchi o‘rinni egallagan talaba II bosqichda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.
9. Olimpiadaning I-II bosqichlari uchun ishlab chiqilgan attestatsiya (test) savollari topshiriqlari, yozma ish variantlari, og‘zaki, amaliy va boshqa topshiriqlar hamda ularni baholash mezonlari Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari talablari asosida yaratilgan, amaldagi o‘quv dasturiga mos kelishi shart.
10. Talabalar respublika fan olimpiadasining ikkinchi bosqichi mas’ul OTMlarida o‘tkaziladi. Ularni samarali o‘tkazish maqsadida mas’ul OTM rektori rahbarligida Ishchi tashkiliy qo‘mita tuziladi. Uning tarkibiga Hakamlar hay’ati, Adolat va Mandat komissiyasi kiradi.
11. Olimpiada o‘tkaziladigan OTMda tuzilgan Ishchi tashkiliy qo‘mitaga ishtirok etuvchi OTMlari vakillari tegishli fandan o‘z variantlarini olimpiada boshlanishdan bir kun avval taqdim etiladi(etadilar). Taqdim etilgan variantlardan olimpiada o‘tkaziladigan OTMning Ishchi tashkiliy qo‘mitasi yangi uchtadan kam bo‘lmagan variantlarni bir nusxada tuzadi va konvertlarga joylashtirib muhrlaydi. Qur’a tashlash yo‘li bilan konvertlardan bittasi tanlab olinadi.
12. Talabalar Respublika fan olimpiadasining II bosqichi kamida 4 ta turdan iborat bo‘ladi. Har bir tur 100 balllik tizimda Hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan baholanadi. Baholarning o‘rtachasi hisoblanib, talabaning shu turdan olgan bali aniqlanadi. Talabaning 4ta tur bo‘yicha natijasi asosida egallagan o‘rni belgilanadi.