Talabalarning mustaqil ishi ta’limni tashkil etishning yetakchi shakli sifatida


TALABALARNING MUSTAQIL IShI - TA’LIMNI TAShKIL ETIShNING ETAKChI ShAKLI SIFATIDA



Yüklə 112,5 Kb.
səhifə2/6
tarix11.10.2023
ölçüsü112,5 Kb.
#153578
1   2   3   4   5   6
TALABALARNING MUSTAQIL IShI - TA’LIMNI TAShKIL ETIShNING ETAKChI ShAKLI SIFATIDA


1.1.Mustaqil ishning vazifalari, printsiplari, shakl va darajalari
DTS ga asosan talabalarning mustaqil ishi ta’lim jarayonining muhim komponenti hisoblanib, ma’ruza mashg’ulotlari davomida egallangan bilimlarni mustahkamlash, o’z navbatida bu bilimlar mazmunini anglash va kengaytirish, umummadaniy hamda kasbiy kompetentsiyalarni shakllantirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirishga oid ko’nikmalarni rivojlantirish imkoniyatini berib, seminar, amaliy hamda laboratoriya mashg’ulotlariga tayyorgarlik hamda joriy, oraliq, yakuniy nazoratlarni topshirish jarayonidagi faoliyatni nazarda tutadi.
Turli xil bilimlarni egallashga oid mustaqil ish ko’nikmalari insonning ilk bolalik davridan boshlanib butun umri davomida rivojlanib boradi. Oliygohda o’qishni boshlash davrida har bir talaba maktab, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida o’rgangan, ijtimoiy muhitda shakllangan o’z faoliyatini tashkil etish bo’yicha ko’nikmalar va shaxsiy tajribasiga ega bo’ladi.
Murakkab umummadaniy hamda kasbiy kompetentsiyalarni egallash asnosida, oliygohda ta’lim olish jarayonida mustaqil ishni tashkil etishga qo’yiladigan talab sezilarli darajada ko’payadi. Tajriba shuni ko’rsatadiki, talabalarning mustaqil ishni bajarishga qo’yiladigan talabalarni bajarishga tayyorgarlik darajalari turlicha bo’ladi.
Bu o’rinda talabalarning ikkita asosiy guruhi ajratiladi. Birinchi guruh vakillari universal o’quv kompetentsiyalariga ega bo’lgan holda mustaqil ish vazifalarini muvvafaqiyatli bajaradilar ya’ni, olingan ma’lumotlarni eslab qolish va tushunish, mantiqiy fikrlash, o’quv materialini og’zaki va yozma bayon qilish, hisoblash, o’lchash, loyihalash ko’nikmalariga ega bo’ladilar.
Ikkinchi guruh talabalari o’quv materialini o’zlashtirishga yo’naltirilgan mustaqil ishlarni muntazam bajarishda muayyan qiyinchiliklarga duch keladilar. Ular past o’quv kompetentsiyalarni namoyon qilgan holda o’z faoliyatlarini sust tarzda tashkil etadilar.
Oliy ta’lim jarayonida amalga oshiriladigan mustaqil ishlar quyidagi vazifalarni hal etishga yo’naltiriladi:
-auditoriya va auditoriyadan tashqarida talabalar tomonidan egallangan bilim, ko’nikmalarni kengaytirish va mustahkamlash, ularni aqliy va jismoniy faoliyat stereotiplariga aylantirish;
- o’quv rejasidagi fanlar bo’yicha qo’shimcha bilim va ko’nikmalarni egallash;
- ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan bog’liq bilim, ko’nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish;
- ta’lim dasturlarini sifatli o’zlashtirishga bo’lgan munosabat va ustanovkani rivojlantirish;
- mustaqil fikrlash, o’z-o’zini rivojlantirish, o’z-o’zini takomillashtirish faoliyatini tashkil etish ko’nikmalarini rivojlantirish;
- samarali mustaqil kasbiy nazariy, amaliy va o’quv-tadqiqot faoliyatini ko’nikmalarini hosil qilish.
Talabalar mustaqil ishlari vazifalarini bajarish va amalga oshirish uchun bir qator shart-sharoitlar bo’lishi talab etiladi. Bular:
- moddiy-texnik bazaning mavjudligi;
-auditoriya va auditoriyadan tashqarida talabalarning mustaqil ishlashlari uchun zaruriy axborot fondining mavjudligi;
-talabalarning mustaqil ishlar tarkibiga kiruvchi aniq vazifalarni bajarish uchun kerakli binolarning mavjudligi;
- talabalar mustaqil ishi vazifalari mazmunining asoslanganligi;
-mustaqil ishning fan ishchi dasturi hamda uni bajarishga ajratilgan vaqt bilan bog’liqligi;
-professor-o’qituvchilar tomonidan talabalarda o’z faoliyatini tashkil etish va universal o’quv kompetentsiyalari ko’nikmalarini shakllantirish
-o’qituvchilar tomonidan talabalar mustaqil ishlarini bajarishning barcha bosqichlarini nazorat qilib borish, natijalarning joriy va yakuniy nazorati.
Zamonaviy ta’lim jarayoni doirasida mustaqil ishlarni tashkil etishning quyidagi o’ziga xos printsiplari mavjud:
- o’qitishning interfaolligi printsipi (talabalar harakatini nazorat va korrektsiyalashni amalga oshirishni ta’minlaydigan interfaol muloqot va teskari aloqani ta’minlash)
-talabalar intellektual quvvatlarini rivojlantirish printsipi.
(tafakkurning algoritmik, ko’rgazmali-obrazli, nazariy uslublarini hamda murakkab vaziyatlarda qulay va turli xil qarorlar qabul qilish, axborotni tahlil qilish ko’nikmalarini shakllantirish)
— o’qitishning didaktik davri uzluksizligi va butunligini ta’minlash printsipi.
(modul, bo’lim, hamda mavzu doirasida didaktik davrning barcha bo’g’inlarini amalga oshirish imkoniyatini hosil qilish)
Talabalarning mustaqil ishi o’qituvchi tomonidan fanning ishchi dasturi mazmunida rejalashtiriladi va o’z ifodasini topadi. Texnologik xaritada esa mustaqil ishning shakli, hajmi, bajarish muddati hamda baholash mezonlari yoritiladi.
Talabalarning mustaqil ishi:
- tashkil etish joyi (auditoriya va auditoriyadan tashqari);
- tashkil etish maqsadi( fan ishchi dasturida belgilangan va asoslangan maqsad asosida);
- tashkil etish shakli (yakka holda, jamoaviy)ga qarab tasniflanadi.
Mustaqil ishni tashkil etish shakli (yakka holda, jamoaviy)ni tanlash o’quv fani mazmuni va o’qitishni tashkil etish shakli bilan aniqlanadi(ma’ruza, seminar, amaliy mashg’ulot, nazorat ishi va x.k.z)
Turli darajadagi mustaqil ish turlari farqlanadi:



  1. Namuna asosidagi mustaqil ish- mustaqil faoliyatning past darajasi. Echimni aniqlashning taniqli usulini qo’llagan holda vazifalarni bajarish. Bu ishlar o’qituvchi tomonidan avval ko’rsatilgan hamda talabalar tomonidan tajribadan o’tkazilgan mustaqil ishlarni qayta takrorlash asosida bajariladi.

  1. Rekonstruktiv-variativ tip mustaqil faoliyatning boshlang’ich darajasi. Bilimlarni tipik vaziyatlarga ongli ravishda o’tkazish, turli hodisalar, voqealar, faktlarni tahlil qilish, bilish faoliyati metodlari va usullarini shakllantirish imkoniyatini beradi.

  2. Evristik mustaqil ishlar-mustaqil faoliyatning harakatchan darajasi. O’quvchilarda ijodiy shaxsni shakllantirishga yordam beradi. Bu tipdagi ishlarni bajarishda doimiy ravishda yangi echimlarni izlash, egallangan bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish, ularni nostantardt vaziyatlarga o’tkazish taqozo etiladi.

  3. Predmet ichida va predmetlararo tadqiqot tipidagi mustaqil ishlar-mustaqil faoliyatning yuqori darajasi. Mustaqil ishlarni bajarishning eng yuqori bosqichi hisoblanib, bunday ishlarni bajarishda vazifa echimini topish yo’llarini ishlab chiqish talab etiladi.

Turli darajadagi mustaqil ishlarni bajarishda talabalar konspektlashtirish, misollarni tanlash, taqqoslash, fanlararo aloqalarni aniqlash, qo’shimcha adabiyotlarni qo’llash kabi kompleks faoliyat usullaridan foydalana olishlari muhimdir.





Yüklə 112,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin