2
|
Esse
|
Esse - (frants. urinish, sinash, ocherk) - talabalarning qo’yilgan masala mohitini yozma ifodalay olish ko’nikmalarini baholash vositasi hisoblanib, talabalar esseda narsa va hodisalar, voqealar, holatlar, muammolarga nisbatan sub’ektiv fikrlarini bayon qiladilar.
|
Esse mavzulari
|
|
|
|
|
3
|
Doklad
|
Talabaning mustaqil ish mahsuloti bo’lib, ma’lum o’quv-amaliy, ilmiy-tadqiqot natijalari mazmunini o’zida ifodalovchi axborotni mujassamlashtirgan hujjat, rasmiy xabar hisoblanadi.
|
|
|
|
|
|
4
|
Ijodiy topshiriq
|
Qisman chegaralangan topshiriq hisoblanib, nostandart, original echimga ega bo’ladi. Talabalarning kreativ qobiliyatlarini namoyon qilish va baholash imkoniyatini beradi.
|
Ijodiy topshiriq mavzulari
|
5
|
Glossariy
|
Atamalar lug’ati
|
Glossariy tematikasi
|
6
|
Yakka yoki jamoaviy loyiha tuzish
|
Kompleks o’quv yoki tadqiqotchilik topshiriqlarini rejalashtirish va bajarish natijasida tayyorlanadigan mustaqil ish mahsuloti hisoblanib boshlang’ich ma’lumotlar, aniq belgilangan vaqt, maxsus tanlangan shakl, metod va vositalarga tayanib, kutiladigan natijani taxmin qilish, bashoratlash, rejalashtirish orqali avvaldan faoliyat modelini tuzish imkoniyatini beradi.
|
Yakka yoki jamoaviy loyiha mavzulari
|
|
|
|
|
7
|
Keys- topshiriq
|
Talabaga ma’lum bir muammo echimni topish maqsadida real o’quv vaziyatlarini echish va anglashga qaratilgan muammoli topshiriq
|
|
|
|
|
|
8
|
Ishlar portfoliosi
|
Belgilangan mavzu yoki modul bo’yicha talabalarning saralangan o’quv-metodik ishlari, kasbiy yutuqlari yig’indisi aks etgan mustaqil ish mahsuli.
|
Portfolio tuzilmasi
|
9
|
Axborot qidiruv
|
Kerakli manbalarni adabiyotlar katologi yoki boshqa manbalardan izlash asosidagi bibliografik qidiruv;
Axborot manbalarnining o’zini aynan qidiruv (hujjatlar va nashrlar asosida);
Adabiyotlar mazmuni, matnidagi faktik ma’lumotlarni qidiruv;
|
Axborot manbalari
|
|
|
|
|
10
|
Infografika
|
Axborotlar, xabarlar, sonli ma’lumotlar, bilimlarni grafik tarzda taqdim etish
|
|
|
|
|
|
11
|
Multimedia taqdimoti
|
O’quv materiali hamda o’quv topshiriqlari mazmunini multimedia texnologiyalari orqali taqdim etish.
|
Taqdimotlar tematikasi
|
12
|
Yig’ma(umumlashtiruvchi) jadvalni tuzish
|
O’zgaruvchan qiymatlar va miqdorlar o’rtasidagi munosobatlarni ifodalovchi jadval
|
Jadvallar tematikasi
|
13
|
Graf- sxema
|
Matnning asosiy sub’ektlari orasidagi mantiqiy bog’liliklarni grafik tasvirlash
|
Graf- sxemalar tematikasi
|
2.2 MUSTAQIL ISh ShAKLLARINI BAJARIShNI BAHOLASh KO’RSATKIChLARI VA MEZONLARI TIZIMI
Har bir mustaqil ish shaklini baholashda 5 ballik tizimdan foydalaniladi. 4 ta asosiy ko’rsatkichlar hamda 5-ko’rsatkich sifatida mustaqil ishini taqdimot qilish mahorati baholanadi. Mustaqil ish taqdimotida talabaning nutqi, mushohada yuritishi, fikrlarini dallilay olishi, taqdimot dizayni va mazmuniga e’tibor qaratiladi.
Shuningdek, baholashda yuqori natija sifatida quyidagi mezonlarga asoslanadi:
- mohiyati ochib berilgan, to’liq yoritilgan, asoslangan, ko’lami keng, ma’lumotlar aniq, yangiliklar mavjud, ketma-ketlik hamda tizimga rioya qilingan, mantiqiy asoslangan, qiyoslangan, ijodiy yondashilgan, xulosalangan, takliflar berilgan.
Quyida ba’zi mustaqil ish shakllarini baholash ko’rsatkichlarini keltiramiz:
“Doklad” mustaqil ish shaklini baholash
Mavzu mazmunini ochib berish darajasi
Foydalanilgan ilmiy adabiyotlar xajmi
Keltirilgan axborotlar aniqligi
Zaruriy axborotlar ko’lami va foydaliligi
Taqdimot
“Konspekt” mustaqil ish shaklini baholash
Konspekt matnining asosiy manba mazmuni va rejasiga mosligi
Manba mazmunidagi asosiy holatlarning konspektda o’z aksini topganligi
Bayonning aniq, lo’nda va asosli ifodalanganligi
Xulosalar mavjudligi
Taqdimot
“Glossariy” mustaqil ish shaklini baholash
Ma’lumotning aniqligi
Ma’lumotning ishonchliligi
Atamalarning mazmuni
Atamalardan foydalanish imkoniyatlari va holati
Taqdimot
“Yakka yoki jamoaviy loyiha tuzish”mustaqil ish shaklini baholash
Loyihaning loyihalash kontekstiga mosligi
Loyiha bosqichlariga rioya qilinganlik
Loyihaning originalligi
Loyihaning nazariy va amaliy ahamiyati
Taqdimot
“Keys- topshiriq” mustaqil ish shaklini baholash
Keys tuzilmasi
Keys mazmuni va mohiyati
Topshiriqlar ketma-ketlik algoritmi va aniqligi
Topshiriqlar va javoblarning mutanosibligi
Taqdimot
“Ishlar portfoliosi” mustaqil ish shaklini baholash
Nazariy, uslubiy, praksiologik manbalarning turli tumanligi
Bajarilgan ishda talabaning shaxsiy nuqtai nazari va tanlangan kontseptsiyaning asoslanganligi
Asosiy va zarur ruknlarning mavjudligi
Manbalarning ishonchliligi va aniqligi
Taqdimot
“Axborot qidiruv” mustaqil ish shaklini baholash
Qo’yilgan talablar asosida tegishli manbalarni qamrab olish
Qidiruv aniqligi
Manbalarni tizimlashtirish va ro’yxatlash
Adabiyotlar mazmuni, matndagi faktik ma’lumotlarni qidiruv bo’yicha takliflar berish
Taqdimot
«Infografika» mustaqil ish shaklini baholash
Ma’lumotlarni tizimlashtirish
Rejaning mavjudligi va mazmuni
Grafika ustida ishlash
Grafikdagi ma’lumotlar, qiymatlar, miqdorlar aniqligi
Taqdimot
“Darsdan tashqari mashg’ulotlarning metodik ishlanmasini tuzish” mustaqil ish shaklini baholash
Maqsadning aniqligi va mazmuni
Darsdan tashqari mashg’ulotlarini o’tkazish texnologiyasini tanlanganligi
Darsdan tashqari mashg’ulotlarini tashkil etish shaklini tanlanganligi
Tarbiya metodlarining tanlanganligi
Taqdimot
Foydalanilgan adabiyotlar:
Abduqodirov A.A., Astanova F.A., Abduqodirova F.A. “Case-study” uslubi: Nazariya, amaliyot va tajriba.-T.:Tafakkur qanoti, 2012.-131 b.
Verbitskiy A. A. Camostoyatelnaya rabota i samostoyatelnaya deyatelnost studenta G’ A. A. Verbitskiy G’G’ Problemo’ organizatsii raboto’ studentov v usloviyax mnogourovnevoy strukturo’ vo’sshego obrazovaniya : tez. dokl. Vseros.nauch.-metod. konf. Volgograd : VolgGTU, 1994. S. 6.
Ishmuhamedov R. Ta’limda innovatsiya. – T.:Fan, 2010.
Innovatsion ta’lim texnologiyalari G’ Muslimov N.A., Usmonboeva M.H.,Sayfurov D.M., To’raev A.B. – T.: “Sano standart” nashriyoti, 2015. – 81-b.
Novikova T. G. Papka individualno’x dostijeniy — portfolio G’ T. G. Novikova G’G’ Direktor shkolo’. 2004. № 7. S. 45–48.
Pedagogik atamalar lug’ati. Djuraev R.X. va b.T.: 2008
O’zbekiston milliy entsiklopediyasi. «O’zbekiston milliy entsiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti. T.: yil 366- b
H.Fry, S. Ketteridge, S.Marshall. Handbook For teaching and Learning in Higher Education. New York, Routledge, 2009.
Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative thinking and problem soving). – Alexandria – Virginia, USA: ASCD, 2014. – p. 4.
Dostları ilə paylaş: |