Talabasining kompyuter tarmoqlari fanidan tayyorlagan



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix02.06.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#123607
1   2   3   4   5   6
Eminjonov

Intranet— bu internet texnologiyasi, dastur ta'minoti va bayonnomalari 
asosida tashkil etilgan, ma'lumotlar ombori va elektron jadvallar bilan jamoa 
bo'lib ishlash imkonini beruvchi korxona yoki tashkilot miqyosidagi yangi 
axborot muhitini tashkil etuvchi kompyuter tarmog'idir.
Intranet boshqa kompyuter tarmoqlaridan quyidagi jihati bilan farqlanadi: bir 
yoki bir nechta serverdan tashkil topgan tarmoq mijozi undagi 
ma'lumotlardan foydalanish uchun ularning qaysi serverda, qaysi katalogda, 
qanday nom bilan saqlanayotganligini, ularga kirish usul va shartlarini bilishi 
zarur bo'ladi. 
Internetda esa bunday noqulayliklarning oldi olingan bo'lib, uning 
foydalanuvchisi bunday ma'lumotlarni bilishi shart emas. Bundan 
tashqari

internet tarmog'ida mavjud bo'lgan barcha elektron hujjatlar va ma'lumotlar 
omborini giperbog'lanishlar yordamida o'zaro bog'lab, yagona axborot muhiti 
qurish, unda qulay axborot qidiruv tizimlarini tashkil etish mumkin bo'ladi. 
Tarmoqlarning texnik vositalari 
Kompyuter tarmoqlari (qisqacha tarmoqlar) server (yoki xizmatchi 
kompyuter), konsentrator (HUB), axborot uzatish kabellari va modemdan 
tashkil topadi. Har bir qurilmaning xususiyatini qisqacha yoritib o'tamiz. 
Server — tarmoq ishini ta'minlovchi maxsus kompyuter.
Server disklarida kompyuterlarni birgalikda ishlash imkonini 
beruvchi dasturlar, ma'lumotlar omborlari va boshqalar saqlanadi. 
Bundan tashqari, serverlar modemli va faksli aloqalarni, ma'lumot 
larni bosmaga chiqarish ishlarini amalga oshiradi. Serverda joylashgan 
dasturlardan foydalanish doirasi umumiy masalaning qo'yilishiga ko'ra 
cheklangan bo'lishi mumkin. 


Konsentrator (HUB)—tarmoqda kompyuterlarni o'zaro axborot 
almashinuvini ta'minlovchi maxsus qurilma. Ular 8, 12, 16 ta kompyuterni 
o'zaro bog'lashi mumkin.
Axborotni uzatish kabellari tarmoqda axborotni bir kompyuterdan boshqasiga 
uzatish uchun xizmat qiladi (odatda, koaksial kabel ishlatiladi). 
Modem — axborotni kompyuterdan uzatish kabeliga o'tkazuvchi maxsus 
elektron qurilma.
Modem «modulator» va «demodulator» so'zlari birikmasidan hosil bo'lgan. 
Bu qurilma yordamida axborotlar uzatuvchi kompyuterda raqamli 
ko'rinishdan analog ko'rinishiga aylantiriladi, shuningdek, qabul qiluvchi 
kompyuterda analog ko'rinishidan raqamli ko'rinishga aylantiriladi. 
Boshqacha aytganda, modemning vazifasi kompyuterda «0» va «1» 
ko'rinishida tasvirlangan ma'lumotni ikki asosiy chastotali telefon signallariga 
va aksincha, telefon signalini «0» va «1» yordamida kodlangan axborot 
ko'rinishiga o'tkazib berishdan iborat. Modemning asosiy xarakteristikasi 
bodlarda o'lchanadigan ma'lumotlarni uzatish tezligidan iborat. Zamonaviy 
modemlarning tezligi 2400, 9600, 14400, 19200, 22880 va 33600 boddan 
iborat. Elektron aloqalar uchun ushbu modemlarning ixtiyoriysidan 
foydalanish mumkin. 
Kompyuterlar tarmoqda ishlashi uchun serverga kerakli operatsion tizim 
o'rnatilishi kerak. Bunday operatsion tizimlar ikki turga bo'linadi. 
Masalan, Windows for Windows 7,9 — 1 Workstation operatsion tizimi 
serversiz tarmoqlarni tashkil etish imkoniga ega bo'lgan operatsion tizimlar 
hisoblanadi. Bunday tarmoqdagi kompyuterlar teng huquqli hisoblanadi. 
Ikkinchi turdagi operatsion tizimlarda tarmoqni hosil qilish uchun maxsus 
kompyuter — server ajratiladi. Ularga Novell Net Ware NT Server va 
boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Bunday operatsion tizim 
kompyuter ishini ishonchli va samarali qilib amalga oshiradi. 
Internet haqida tushuncha 


Internet— bu minglab lokal va mintaqaviy kompyuter tarmoqla-rini bir butun 
qilib birlashtiruvchi butun dunyo kompyuter tarmog'ir 
Internetning paydo bo'lish tarixiga qisqacha to'xtalib o'tayliky 1969-yilda 
AQSH Mudofaa vazirligining istiqbolli tadqiqotlar agentligi (Advenced 
Research Projects Agency, ARPA)ga mamlakatdagi barcha harbiy (ilmiy 
tadqiqot va o'quv) muassasalardagi kompyuterlarni birlashtiruvchi yagona 
tarmoq yaratish topshirilgan edi. Bu tarmoq (ARPA Net) harbiy 
mutaxassislarga axborot almashishga yordam ko'rsatishga mo'ljallangan edi." 
Uni yaratishda foydalanuvchilarning tizimga kirish imkoniyati, boshqa 
kompyuterlardagi dasturlarni ishlatish (ulardan foydalanish), fayl va 
xabarlarni elektron aloqa orqali uzatish va boshqalar nazarda tutilgan. 
Eng 
asosiysi
, tizimni ishlab chiqaruvchilar oldiga ishonchli, ayrim kompyuter 
yoki aloqa kanallari ishdan chiqqanda ham o'z ish qobiliyatini saqlab 
qoluvchi, «o'ta chidamli» tarmoqni yaratish masalasi qo'yilgan edi. 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin