Talabasining kompyuter tarmoqlari fanidan tayyorlagan



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix02.06.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#123607
1   2   3   4   5   6
Eminjonov

ARPA Net tarmog'ining rivojlanishi bilan turli tarmoqlarni o'zaro bog'lash, 
ya'ni yagona tarmoq yaratish muammosi yuzaga keladi. - Bunday standart 
1974-yildayaratildi. 1983-yilda esa AQSH Mudofaa vazirligining ARPA 
Net shoxobchalaridagi barcha mashinalarida ishlab chiqilgan standartlardan 
foydalanish haqida buyruq chiqarildi. Bu standartlarni ishlatish uchun esa 
o'sha paytlarda keng tarqalgan operatsion tizim UNIX operatsion tizimi 
ishlatildi. 
1986-yilga kelib, AQSH Milliy fanlar fondi (National Science Foundation 
— NSF) tomonidan o'zining oltita superkompyuterli markazini birlashtirish 
uchun tayanch tarmoq yaratildi. Bu tarmoq juda quwatli va yuqori sifatli 
qurilmalar va AQSH Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan standartlarga 
asoslangan edi. 1992-yil NSF kompaniyasi ana shu tayanch tarmoqni 
boshqari-shiga kelishib olindi. Ana shu vaqtdan boshlab internet nafaqat 
davlat (o'quv va ilmiy) muassasalarida, shuningdek, tijorat maqsadlarida ham 
ishlatila boshlandir Internet asta-sekin AQSH chegaralaridan chiqib boshqa 
mamlakatlarga, dastlab Yevropa, ke-yinchalik Osiyo, Afrikaga ham tarqaldi. 
Bugungi kunda internet haqiqatan ham dunyoviy tarmoqqa aylangan. 


Axborotlarni tadqiq qilish NUA firmasining 2001-yil noyabr oyida bergan 
ma'lumotiga ko'ra, 2000-yilda internet tarmog'i-dan foydalanuvchilar miqdori 
quyidagicha bo'lgan (110-betdagi jadval). 
Internetning tarkibiy qismlari va resurslari haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz. 
Mintaqa 
Foydalanuvchilar soni (mln.) 
AQSH va Kanada Yevropa Osiyo va 
Tinch okeani mintaqasi Janubiy Amerika 
Afrika O'rta Sharq Dunyo bo'yicha 
167,12 113,14 
33,61 16,45 13,11 
2,40 407,10 
Internet o'z-o'zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo'lib, 
asosan uchta — texnik, dasturiy, axborotli tar-kibiy qismlardan tashkil 
topgan. 
Internetning texnik tarkibiy qismi turli rusumdagi kompyuter, aloqa 
kanallari, tarmoq texnik vositalari majmuyidan tashkil topgan. Ularning 
barchasi doimiy va vaqtinchalik asosda faoliyat ko'rsatishi mumkin. Ulardan 
ixtiyoriy birining ishdan chiqishi tarmoqning umumiy faoliyatiga ta'sir 
etmaydi. 
Internetning dasturiy ta'minoti tarmoqqa ulangan kompyuter va tarmoq 
vositalarini yagona standart asosida muloqot qilish, ma'lumotlarni ixtiyoriy 
aloqa kanali yordamida uzatish 
darajasida qayta ishlash
, axborotlarni qidirib 
topish va saqlash hamda tarmoqda axborot xavfsizligini ta'minlash kabi 
muhim vazifalarni amalga oshiruvchi dasturlar majmuyidan iborat. 
Internetning axborotli qismi internet tarmog'ida mavjud bo'lgan turli elektron 
hujjat, grafik, rasm, audioyozuv, videotasvir va h.k. lar ko'rinishidagi 
axborotlar majmuyidan tashkil topganxiJlar butun tarmoq bo'ylab 
taqsimlanishi mumkin. Masalan, siz kompyuteringizda o'qiyotgan elektron 
darslikning matni bir manbadan, undagi rasmlar va tovush ikkinchi 


manbadan, videotasvir va izohlar uchinchi manbadan yig'ilishi mumkin. 
Shunday qilib, tarmoqdagi elektron hujjatni o'zaro moslashuvchan 
«giperbog'lanishlar» orqali bir necha manbalar majmuyi ko'rini-shida tashkil 
etish mumkin. Natijada millionlab o'zaro bog'langan elektron hujjatlar 
majmuyidan tashkil topgan axborot muhiti hosil bo'ladi. 
Internet tarmog'ining mohiyatini tushunish uchun uning mantiqiy tuzilishini 
tushunish kerak. Ushbu mantiq bilan tanishib chiqamiz. 
Ma'lumki, avtomobildan foydalanganda transport turlari uchun belgilangan 
qonun-qoidalarga rioya qilish shart. Xuddi shunday internet xizmatidan 
foydalanuvchilar uchun ham hammaga bir xil bo'lgan kompyuterda 
ma'lumotlarni uzatish tartibini belgilovchi yagona qoidalar majmuyi 
belgilangan. 
Ikki kompyuter orasida ma'lumotlarni uzatish tartibi va formatini belgilovchi 
qoidalar majmuyi bayonnoma (protokol) deb ataladi. 
Masalan, http, ftp va boshqalar bayonnomaga misol bo'la oladi. Tarmoqda 
ishlash uchun berilgan bayonnomaga, mos holda, ma'lumotlarni uzatish 
imkonini beradigan maxsus dastur ta'minotiga ega bo'lishi kerak. Bunday 
dasturlar bayonnomalarni amalga oshirish deyiladi. Ular operatsion tizimda 
joylashtirilgan bo'lishi yoki alohida amaliy dasturlar paketi sifatida yaratilishi 
mumkin. Hozirgi zamon operatsion tizimlarining barchasi internetda 
ishlashni ta'minlovchi asosiy bayonnomalarga ega. 
Internetda axborotni paketli uzatish prinsipidan foydalaniladi. Endi axborotni 
paketli uzatish mazmuni bilan tanishib chiqamiz. 
Internet va unda ishlashni tasawur qilish uchun telefon tarmog'ini eslashingiz 
mumkin. Chunki telefon tarmog'ida ham shunga o'xshash aloqa kanali 
ishlatilib, bir necha daqiqada dunyoning xohlagan nuqtasi bilan bog'lanish 
mumkin. Albatta, bu o'xshatish shaklan bir xil bo'lsa-da, ish prinsipi bo'yicha 
katta farq qiladi. Ya'ni telefonda gaplashish paytida stansiyalar orasidagi 
kanal to'la band bo'ladi. Bu kanaldan telefon qiluvchi va uni eshituvchidan 
boshqa hech kim foydalana olmaydi. Agar telefon stansiyasining barcha 
kanallari band bo'lib qolsa, bu kanalda gaplashayotgan abonentlar bilan ham 


bog'lanish mumkin bo'lmay qoladi. Ko'rinib turibdiki, bu tamoyilda 
ishlaydigan kanallardan foydalanish kompyuter tarmog'ida samara bermaydi. 
Taqqoslashning qulayrog'i sifatida oddiy aloqa xizmatini olish mumkin. 
Bunda ixtiyoriy sondagi ma'lumotlar ixtiyoriy yo'nalishda uzatiladi. Gazeta 
vajurnallar to'plami bo'laklab uzatiladi. Internetda ham shunday xususiyatdan 
foydalaniladi. 
Ma'lumotlarning qismlarga bo'linishi paketlardeb ataladi. 
Paketda, xususan, ma'lumotlar bilan birga uni berilgan manzilga to'g'ri 
yetkazish imkonini beruvchi boshqaruv axboroti (masalan, qabul 
qiluvchining manzili) ham beriladi. 
Axborotni uzatish jarayonida, xuddi oddiy aloqa kabi ba'zi xabarlar 
belgilangan manzilga yetib bormasligi (yo'qolishi), ba'zi birlari esa oddiy 
aloqada ro'y bermaydigan holda, ya'ni bir necha nusxada yetkazilishi 
mumkin. 
Internet tarmog'ining samarali ishlashi uchun mavjud axborotni qanday qilib 
paketlar holatida uzatish va yetkazilgan axborotni qayta tiklash hamda 
bo'laklangan paketlarni foydalanuvchiga qanday yetkazish kerakligi 
muammosini hal qilish lozim bo'ladi. 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin