Axborotlarni tadqiq qilish NUA firmasining 2001-yil noyabr oyida bergan
ma'lumotiga ko'ra, 2000-yilda internet tarmog'i-dan foydalanuvchilar miqdori
quyidagicha bo'lgan (110-betdagi jadval).
Internetning tarkibiy qismlari va resurslari haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.
Mintaqa
Foydalanuvchilar soni (mln.)
AQSH va Kanada Yevropa Osiyo va
Tinch okeani mintaqasi Janubiy Amerika
Afrika O'rta Sharq Dunyo bo'yicha
167,12 113,14
33,61 16,45 13,11
2,40 407,10
Internet o'z-o'zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo'lib,
asosan uchta — texnik, dasturiy, axborotli tar-kibiy qismlardan tashkil
topgan.
Internetning
texnik tarkibiy qismi turli rusumdagi
kompyuter, aloqa
kanallari, tarmoq texnik vositalari majmuyidan tashkil topgan. Ularning
barchasi doimiy va vaqtinchalik asosda faoliyat ko'rsatishi mumkin. Ulardan
ixtiyoriy birining ishdan chiqishi tarmoqning umumiy faoliyatiga ta'sir
etmaydi.
Internetning dasturiy ta'minoti tarmoqqa ulangan kompyuter va tarmoq
vositalarini yagona standart asosida muloqot qilish, ma'lumotlarni ixtiyoriy
aloqa kanali yordamida
uzatish
darajasida qayta ishlash
, axborotlarni
qidirib
topish va saqlash hamda tarmoqda axborot xavfsizligini ta'minlash kabi
muhim vazifalarni amalga oshiruvchi dasturlar majmuyidan iborat.
Internetning axborotli qismi internet tarmog'ida mavjud bo'lgan turli elektron
hujjat, grafik, rasm, audioyozuv, videotasvir va h.k. lar ko'rinishidagi
axborotlar majmuyidan tashkil topganxiJlar butun tarmoq bo'ylab
taqsimlanishi mumkin. Masalan, siz kompyuteringizda o'qiyotgan elektron
darslikning matni bir manbadan, undagi rasmlar va tovush ikkinchi
manbadan, videotasvir va izohlar uchinchi manbadan yig'ilishi mumkin.
Shunday qilib, tarmoqdagi elektron hujjatni o'zaro moslashuvchan
«giperbog'lanishlar» orqali bir necha manbalar majmuyi ko'rini-shida tashkil
etish mumkin. Natijada millionlab o'zaro bog'langan elektron hujjatlar
majmuyidan tashkil topgan axborot muhiti hosil bo'ladi.
Internet tarmog'ining mohiyatini tushunish uchun uning mantiqiy tuzilishini
tushunish kerak. Ushbu mantiq bilan tanishib chiqamiz.
Ma'lumki, avtomobildan foydalanganda transport turlari uchun belgilangan
qonun-qoidalarga rioya qilish shart. Xuddi
shunday internet xizmatidan
foydalanuvchilar uchun ham hammaga bir xil bo'lgan kompyuterda
ma'lumotlarni uzatish tartibini belgilovchi yagona qoidalar majmuyi
belgilangan.
Ikki kompyuter orasida ma'lumotlarni uzatish tartibi va formatini belgilovchi
qoidalar majmuyi bayonnoma (protokol) deb ataladi.
Masalan,
http, ftp va boshqalar bayonnomaga misol bo'la oladi. Tarmoqda
ishlash uchun berilgan bayonnomaga, mos holda, ma'lumotlarni uzatish
imkonini beradigan maxsus dastur ta'minotiga ega bo'lishi kerak. Bunday
dasturlar bayonnomalarni amalga oshirish deyiladi. Ular operatsion tizimda
joylashtirilgan bo'lishi yoki alohida amaliy dasturlar paketi sifatida yaratilishi
mumkin. Hozirgi zamon operatsion tizimlarining barchasi internetda
ishlashni ta'minlovchi asosiy bayonnomalarga ega.
Internetda axborotni paketli uzatish prinsipidan foydalaniladi.
Endi axborotni
paketli uzatish mazmuni bilan tanishib chiqamiz.
Internet va unda ishlashni tasawur qilish uchun telefon tarmog'ini eslashingiz
mumkin. Chunki telefon tarmog'ida ham shunga o'xshash aloqa kanali
ishlatilib, bir necha daqiqada dunyoning xohlagan nuqtasi bilan bog'lanish
mumkin. Albatta, bu o'xshatish shaklan bir xil bo'lsa-da, ish prinsipi bo'yicha
katta farq qiladi. Ya'ni telefonda gaplashish paytida stansiyalar orasidagi
kanal to'la band bo'ladi. Bu kanaldan telefon qiluvchi va uni eshituvchidan
boshqa hech kim foydalana olmaydi. Agar telefon stansiyasining barcha
kanallari band bo'lib qolsa, bu kanalda gaplashayotgan abonentlar bilan ham
bog'lanish mumkin bo'lmay qoladi. Ko'rinib turibdiki, bu tamoyilda
ishlaydigan kanallardan foydalanish kompyuter tarmog'ida samara bermaydi.
Taqqoslashning qulayrog'i sifatida oddiy aloqa xizmatini olish mumkin.
Bunda ixtiyoriy sondagi ma'lumotlar ixtiyoriy yo'nalishda uzatiladi. Gazeta
vajurnallar to'plami bo'laklab uzatiladi. Internetda ham shunday xususiyatdan
foydalaniladi.
Ma'lumotlarning qismlarga bo'linishi paketlardeb ataladi.
Paketda, xususan, ma'lumotlar bilan birga uni berilgan manzilga to'g'ri
yetkazish imkonini beruvchi boshqaruv axboroti (masalan, qabul
qiluvchining manzili) ham beriladi.
Axborotni
uzatish jarayonida, xuddi oddiy aloqa kabi ba'zi xabarlar
belgilangan manzilga yetib bormasligi (yo'qolishi), ba'zi birlari esa oddiy
aloqada ro'y bermaydigan holda, ya'ni bir necha nusxada yetkazilishi
mumkin.
Internet tarmog'ining samarali ishlashi uchun mavjud axborotni
qanday qilib
paketlar holatida uzatish va yetkazilgan axborotni qayta tiklash hamda
bo'laklangan paketlarni foydalanuvchiga qanday yetkazish kerakligi
muammosini hal qilish lozim bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: