1. Tarmoq ilova va texnologiyalarining umumiy tushunchalari
Kompyuterdan turli masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. Axborot
almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa
kompyuterlar bilan umumiy tarmoqqa ulanish kerak bo'ladi.
Kompyuterlarning o'zaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi
qurilmalar majmuyiga kompyuter tarmoqlari deyiladi.
Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyuterlar va axborot
ashyolariga bog'liq
Axborot ashyolari deganda arxiv, kutubxona, fondlar, ma'lumotlar ombori va
boshqa axborot tizimlaridagi hujjatlar yig'indisi tushuniladi.
Tarmoqdagi kompyuterlarda saqlanayotgan axborot ashyolariga ushbu
tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlar yordamida kirish mumkin.
Kompyuterlarni tarmoqqa ulash usullari ko'rsatilgan.
Kompyuterlar soniga qarab, tarmoqlar lokal,
mintaqaviy va global tarmoqlarga bo'linadi.
Lokal tarmoqlar bir binoda yoki bir-biriga yaqin binolarda joylashgan
kompyuterlarda o'zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq
hisoblanadi.
Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba'zan telefon
tizimi yoki radiokanal) orqali amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar
tarmoqqa ulangan kompyuterlardagi ma'lumotlarni birgalikda qayta ishlash
va ma'lumotlarni ayirboshlash va dastur, chop etish qurilmasi, modem va
boshqa qurilmalardan birgalikda Ibydalanish imkoniyatiga ega bo'lishadi.
Shuning uchun, bittadan ko'p kompyuterga ega bo'lgan firmalar o'z
kompyuterlarini lokal tarmoqqa birlashtiradi.
Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa yaqin bo'lganligi bois,
telefon kanallaridan foydalanmasdan axborotni uzatish tezligini oshirish
mumkin.
Lokal tarmoqda axborotni uzatish uchun axborotni marshrutlash va
seleksiyalash lozim bo'ladi.
Marshrutlash bu — kerakli manzilga axborot blokini uzatish yo'lini aniqlash
jarayonidir.
Seleksiyalash — tegishli manziJdagi axborotni saralash demakdir.
Lokal tarmoqlar axborotni marshrutlash va seleksiyalash usuli bo'yicha ikki
sinfga ajratiladi.
Lokal tarmoqlar seleksiyalash orqali axborotni bir abonent tizimidan boshqa
tizimga uzatishni ta'minlaydi.
Ishchi tizimlar katta miqdordagi ma'lumotni saqlash, izlash,
murakkab
hisoblashlar
, modellashtirish, dasturiy ta'minotni rivojlantirishga xizmat
qiladi.
Ma'muriyat tizimlari tarmoqni boshqaradi. Kommunikatsion tizimlar abonent
tizimlar orasida axborotlarni uzatish uchun marshrutlash va bog'lanishlarni
kommutatsiya qilish vazifasini bajaradi.
Mintaqaviy tarmoq— biror tuman, viloyat yoki respublika miqyosidagi
kompyuterlarni o'zida mujassamlashtirgan tarmoq.
Bunday tarmoda bir nechta markazlashgan (ya'ni lokal tarmoqlarni
birlashtiruvchi) juda quwatli serverlar mavjud bo'ladi va bunday serverlar
o'rtasidagi axborot aloqa kabeli, optik tolali yoki sun'iy yo'ldosh radioaloqa
kanallari yordamida uzatiladi.
Global tarmoq— dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni o'zida
birlashtirish imkoniga ega bo'lgan tarmoq. Bu tarmoq internet (Internet) deb
ham yuritiladi.
Internet bilan birga «intranet» tushunchasi ham ishlatiladi.
|