Talabasining kompyuter tarmoqlari fanidan tayyorlagan


 Tarmoq ilova va texnologiyalarining umumiy tushunchalari



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix02.06.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#123607
1   2   3   4   5   6
Eminjonov

1. Tarmoq ilova va texnologiyalarining umumiy tushunchalari 


Kompyuterdan turli masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. Axborot 
almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa 
kompyuterlar bilan umumiy tarmoqqa ulanish kerak bo'ladi. 
Kompyuterlarning o'zaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi 
qurilmalar majmuyiga kompyuter tarmoqlari deyiladi. 
Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyuterlar va axborot 
ashyolariga bog'liq 
Axborot ashyolari deganda arxiv, kutubxona, fondlar, ma'lumotlar ombori va 
boshqa axborot tizimlaridagi hujjatlar yig'indisi tushuniladi.
Tarmoqdagi kompyuterlarda saqlanayotgan axborot ashyolariga ushbu 
tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlar yordamida kirish mumkin. 
Kompyuterlarni tarmoqqa ulash usullari ko'rsatilgan. 
Kompyuterlar soniga qarab, tarmoqlar lokal, 
mintaqaviy va global tarmoqlarga bo'linadi. 
Lokal tarmoqlar bir binoda yoki bir-biriga yaqin binolarda joylashgan 
kompyuterlarda o'zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq 
hisoblanadi. 
Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba'zan telefon 
tizimi yoki radiokanal) orqali amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar 
tarmoqqa ulangan kompyuterlardagi ma'lumotlarni birgalikda qayta ishlash 
va ma'lumotlarni ayirboshlash va dastur, chop etish qurilmasi, modem va 
boshqa qurilmalardan birgalikda Ibydalanish imkoniyatiga ega bo'lishadi. 
Shuning uchun, bittadan ko'p kompyuterga ega bo'lgan firmalar o'z 
kompyuterlarini lokal tarmoqqa birlashtiradi. 
Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa yaqin bo'lganligi bois, 
telefon kanallaridan foydalanmasdan axborotni uzatish tezligini oshirish 
mumkin. 


Lokal tarmoqda axborotni uzatish uchun axborotni marshrutlash va 
seleksiyalash lozim bo'ladi. 
Marshrutlash bu — kerakli manzilga axborot blokini uzatish yo'lini aniqlash 
jarayonidir. 
Seleksiyalash — tegishli manziJdagi axborotni saralash demakdir. 
Lokal tarmoqlar axborotni marshrutlash va seleksiyalash usuli bo'yicha ikki 
sinfga ajratiladi. 
Lokal tarmoqlar seleksiyalash orqali axborotni bir abonent tizimidan boshqa 
tizimga uzatishni ta'minlaydi. 
Ishchi tizimlar katta miqdordagi ma'lumotni saqlash, izlash, 
murakkab 
hisoblashlar
, modellashtirish, dasturiy ta'minotni rivojlantirishga xizmat 
qiladi. 
Ma'muriyat tizimlari tarmoqni boshqaradi. Kommunikatsion tizimlar abonent 
tizimlar orasida axborotlarni uzatish uchun marshrutlash va bog'lanishlarni 
kommutatsiya qilish vazifasini bajaradi. 
Mintaqaviy tarmoq— biror tuman, viloyat yoki respublika miqyosidagi 
kompyuterlarni o'zida mujassamlashtirgan tarmoq. 
Bunday tarmoda bir nechta markazlashgan (ya'ni lokal tarmoqlarni 
birlashtiruvchi) juda quwatli serverlar mavjud bo'ladi va bunday serverlar 
o'rtasidagi axborot aloqa kabeli, optik tolali yoki sun'iy yo'ldosh radioaloqa 
kanallari yordamida uzatiladi. 
Global tarmoq— dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni o'zida 
birlashtirish imkoniga ega bo'lgan tarmoq. Bu tarmoq internet (Internet) deb 
ham yuritiladi.
Internet bilan birga «intranet» tushunchasi ham ishlatiladi. 



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin