Talabasining


Mavzu: Tarbiya metodlari vositalari va shakllari



Yüklə 69,82 Kb.
səhifə5/7
tarix07.01.2024
ölçüsü69,82 Kb.
#205253
1   2   3   4   5   6   7
mustaqil ishi...

Mavzu: Tarbiya metodlari vositalari va shakllari
Tarbiya metodlari haqida ma’lumot. Tarbiya metodlari (yunoncha yo‘l, usul) – tarbiyalanuvchiga ta’sir ko‘rsatish yo‘llari degan ma’noni bildiradi.
Tarbiyaning maqsad va mazmuniga qarab metodlar tanlanadi. Ular shaxsni to‘g‘ri shakllantirish va kamol toptirishga xizmat qiladi.
Tarbiya metodlaridan samarali foydalanishning muhim shartlari:
1.Tarbiyada o‘quvchilarning individual – psixologik xususiyatlarini hisobga olish;
Tarbiya jarayonida o‘qituvchi turli xil bir – biriga o‘xshamas temperament, xarakter, qobiliyatli talabalar bilan shug‘ullanadi. Ma’lum talabaga nisbatan qo‘llangan metodni boshqa bir talabaga nisbatan qo‘llab bo‘lmaydi. Shuning uchun tarbiya jarayonida individual yondashishdan foydalanish tavsiya qilinadi.
Individual yondoshishda tarbiyachining o‘quvchilarga nisbatan g‘amho‘rligi va nazokati, o‘z hatti – harakatlarining psixologik oqibatlarini oldindan ko‘ra olishi nazarda tutiladi. Individual yondashish o‘quvchi shaxsining xususiyatlariga va uning muayyan vaqtdagi psixik holatiga ko‘proq mos keladigan tarbiyaviy tadbirlarni tanlashni va amalga oshirishni talab qiladi.
Individual yondoshishda , birinchi navbatda , shaxsda biror xislatning tarkib topishiga ta’sir etadigan individual , maxsus sharoitlarni bilish va hisobga olish nazarda tutiladi.
2. Tarbiyalanuvchilarning rivojlanganlik darajasini hisobga olish;
Tarbiyalanuvchi guruhidagi talabalar jamoasi yuqori rivojlanganlik darajasiga yetib, ularda axloq masalalarini o‘rganish ehtiyoji paydo bo‘lgandagina axloqiy tarbiya ishini amalga oshirish lozim. Ana shunda bu tadbirlar maksimal darajada samara beradi.
3.Aniq pedagogik sharoitni hisobga olish.
O‘qituvchi o‘z hatti-harakati talabalar tomonidan to‘g‘ri qabul qilinayotganiga, uning talablari talabalar tomonidan bajarilishiga ishonchi komil bo‘lsagina, ma’lum metodlarni qo‘llashi mumkin.
Ularning guruhlanishi.
Ijtimoiy ongni shakllantirish metodlari.
Ishontirish. Talabalar bilan muntazam ravishda o‘tkaziladigan suhbatlarda qo‘llaniladi. O‘qituvchi tomonidan aytiladigan har bir fikr asoslangan, isbotlangan bo‘lishi talabada barcha narsani tushunishga va natijada to‘g‘ri qaror kabul qilishga yordam beradi. Ishontirish deganda fakat fikrga emas, balki o‘z kuchiga, shaxsiga ishonishni tarbiyalash ham nazarda tutiladi.
O‘git-nasihat. Tarbiya jarayonida azaldan qo‘llanib kelinadigan usul. Misol qilib, Kaykovusning «Qobusnoma» asarini olish mumkin.
Kaykovus o‘zining hayotiy tajribalari bilan o‘g‘li Gilonshohni tarbiyalashni istaydi va bu pand – nasihatlarini o‘g‘li uchun eng qimmatbaho meros, deb ta’kidlaydi. U o‘z asari «Qobusnoma»da o‘g‘li Gilonshohga murojaat qilib, umidim shuki, sen shu pandlarni qabul qilgaysan. Bu bilan men otalik vazifasini bajo keltirgan bo‘lurman. Bilgilki, xalqning rasmi, odati shunday : yugurib – yelib, qidirib – axtarib dunyodan biror narsa hosil qiladi va bu topgan narsasini o‘zining eng yaxshi ko‘rgan kishisiga qoldirib ketadi. Men dunyoda mana shu so‘zlarni hosil kildim, sen esa mening uchun eng qimmatbaholisan . Menga safar vaqti yaqinlashdi, dunyodan nima hosil kilgan bo‘lsam, sening oldingga qo‘ydim, toki o‘zingga bino qo‘ymaygaysan va o‘zingga nomunosib ishlarni qilmaygaysan, degan pandlarni aytadi.

Yüklə 69,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin