Talabasining



Yüklə 69,82 Kb.
səhifə6/7
tarix07.01.2024
ölçüsü69,82 Kb.
#205253
1   2   3   4   5   6   7
mustaqil ishi...

Maslahat berish: Bu usulni ko‘llashda (ayniksa o‘smirlik yoshida) buyruq ohangidan qochish lozim. Takror – takror aytilgan maslahatning foydasi oz bo‘ladi.
Ustoz G‘aybulloh As Salom o‘zining «Tolibnoma» asarida ushbu metoddan juda oqilona foydalanganini qayd qilmoqchimiz. Asarning har bir bobida yosh talabalarga ibratli maslahatlar beriladi:
«Talaba, eng avvalo, tolibi ilm demakdir. Bas, talabaning el –yurtga sadoqati, fidoiyligi, vatanparvarligi ilm istashida, ilm izlashida, ilm topishida, bilim cho‘qqilarini egallashida namoyon bo‘ladi. «Bugungi ishni ertaga qo‘yma»,- degan maqol tolibi ilmlarga nisbatan ishlatiladigan bo‘lsa : «Bugungi o‘qishni ertaga qo‘yma». «Shu topshiriqni ertaga bajarsam – chi?», «O‘qib kelinglar, deyilgan kitobni keyinroq o‘qisam-chi?», «Xonamni boshqa kun yig‘ishtiraman, osmon uzilib yerga tushmas», «Chet tilini keyinroq o‘rganarman, xudoning kuni ko‘p - ku»... Bular – yalqov odamning falsafasi, o‘zini – o‘zi aldashi!
«Ertaga» - «bugun»ning zo‘r dushmanidir; «ertaga» bizni bor – budumizdan ayiradi, - degan ekan bir donishmand. Umr – yetmish yildir, sakson yildir, to‘qson yildir, ko‘pdir, ozdir – oqar daryo ekan... Sharq donishmandlari o‘rtacha umrni to‘qson yil deb, shundan o‘ttiz yilini – o‘qib – o‘rganishga, o‘ttiz yilini sayohat qilish, dunyoni ko‘rish, qolgan o‘ttiz yilini ilmga, ijod qilishga sarflashni maslahat berishgan».
Ko‘ndirish: Bu metod izohini berishda T.Sodiqova faoliyatidan misol keltirmoqchimiz.
O‘tgan asrimizning 70 – 80 yillarida «Svetofor» nomli o‘quvchilar o‘yini bo‘lar edi. O‘yin bosqichma – bosqich maktabdan to respublika miqyosigacha o‘tkazilar edi.
Noma’lum sabablarga asosan T. Sodiqova rahbarlik qilayotgan 5 sinf talabalari o‘zlaridan 1 yil katta bo‘lgan 6 sinf talabalari bilan «Sfetofor» o‘yinida bellashishadi. Hay’at a’zolari 6 sinf talabalari ukalariga mag‘lub bo‘lishsa uyat bo‘lishini hisobga olib ularni g‘olib, deb e’lon qilishadi. Bunday nohaqlik 5 sinf talabalariga juda qattiq ta’sir qiladi. Oradan bir oz vaqt o‘tib respublika miqyosidagi «Svetofor» o‘yiniga maktabdan o‘quvchilar taklif qilinadi. Maktab direktori T. Sodiqovani chaqirib, bolalarni tayyorlashni buyuradi. Xabarni eshitgan talabalar «O‘yinga g‘olib chiqqan sinf borsin. Bizni mag‘lub, deb e’lon qilishdi-ku», - deb qattiq e’tiroz bildirishadi. Albatta ular haq. Biroq maktab, qolaversa viloyat obro‘sini ko‘tarish mas’uliyatini his etgan holda Tursunoy opa «Bolalarim, respublika miqyosida o‘tkaziladigan o‘yinga viloyat maktablari, sinflari ichidan bizni tanlashgani g‘olibligimizni tan olishgani emasmi?», deb murojaat etishi talabalarni sergaklantirib, ko‘nishga undaydi.
Tushuntirish: Talaba nojo‘ya xatti – harakatining oqibati nimalarga olib kelishi mumkinligini asosli tushuntirib berish.
«Harom narsalardan saqlaning – odamlar ichida ibodatlirog‘i bo‘lasiz. ollohning taqsim qilgan rizqiga rozi bo‘ling – odamlarning boyrog‘i bo‘lasiz. Qo‘shningizga yaxshilik qiling – tinch bo‘lasiz. O‘zingiz sevgan narsani odamlarga ham ravo ko‘ring – salomat yurasiz. Ko‘p kulmang. Ko‘p kulish dilni o‘ldiradi». (Hadisdan)
3. Xulk atvorni shakllantirish usullari:
Milliy o‘yinlar.
O‘yin tarbiya jarayonining muhim shartlaridan biri hisoblanadi. O‘yin bolalarni fikr yuritishga, faoliyatiga tayyorlaydi. Milliy o‘yinlar bolalarda milliy mafkura g‘oyalarini shakllantirishda muhim o‘rin kasb etadi.
Odatlantirish – har kungi oddiy o‘z – o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirish, ya’ni kun tartibini ma’lum rejim asosida tashkil qilish nazarda tutiladi. Odatlantirish shaxs irodasini mustahkamlash jarayonida asosiy o‘rinni egallaydi.

Yüklə 69,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin