NUQTA, VERGUL VA ULARNING QO'LLANILISHI Nuqtaning yozuv belgisi sifatida ishlatilishi qadimgi arab manbalariga borib taqaladi. U o'zbek tilida tinish belgisi sifatida XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ishlatila boshlangan.
Nuqta o'zbek tilida, odatda, quyidagi o'rinlarda ishlatiladi:
1. His-hayajonsiz aytilgan darak, buyruq va undov gap lard an so'ng.
Milliy istiqlol sharofati bilan yangicha tafakkur va yangicha fikrlash shakllanmoqda. O'zingga ravo ko'rmagan narsani boshqalarga ham ravo ko'rma. Farzandlarimiz doimo sog'lom bo'lsin.
2. Atov gaplardan keyin.
Ilk bahor. Daraxtlar endi kurtak yoza boshlagan palla.
3. Ism, otasining ismi (ba'zan familiya ham) qisqar-
tirilganda, ularning birinchi harfidan so'ng.
M. Behbudiy, A. Fitrat, A. Cho'lpon kabi ijodkorlarning nomi hamisha barhayotdir. A.S. Pushkin — rus poeziyasi-ning quyoshi.
4. Nashriyot ishlarida, lug'at va ma'lumotnomalarda
shartli ravishda qisqartirilgan ayrim so'zlarning birinchi harfi
yoki bo'g'inidan so'ng.
va sh.k. (va shu kabilar); s.t. (so'zlashuv tilida); G'.G'. (G'afur G'ulom); Nav. (Navoiy); Toshk. (Toshkent); «0'qituvchi» nashr.; 1995-y.
5. Qo'shma gapning birinchi qismidan so'ng kuchli
to'xtam bo'lsa, mantiqan biri ikkinchisiga bog'lanmagan
qo'shma gaplar orasida ham nuqta ishlatiladi. Bunday hol-
larda ikkinchi gap ammo, lekin, biroq, chunki, shuning
uchun bog'lovchilari bilan boshlanishi mum kin.
Bobo dehqon yerga baraka urug'ini ekish bilan band. Chunki dalalarda ish qizg'in.
Ba'zi bir hollarda yil, oy, kunni ifodalovchi raqam-lardan so'ng ham nuqta qo'yilishi kuzatiladi. 21.03.2001.
Butunning qismlarini sanash uchun qo'llanilgan arab raqamlaridan so'ng ham nuqta ishlatilishi mumkin.
Tovushlar quyidagi turlarga bo'linadi: 1. Unli tovushlar. 2. Undosh tovushlar.
8. Hisob-kitob ishlarida nuqta belgisidan ko'paytiruv
alomati sifatida ham foydaianiladi. 2-2 — 4 (ikki karra ikki
to'rt).
VERGUL VA UNING QO'LLANILISHI
Vergul tinish belgisi sifatida G'arbiy Yevropada XV asr-dan boshlab ishlatila boshlangan. O'zbekcha matnlarda XX asr boshlaridan boshlab uchraydi. Undan quyidagi o'rinlarda foydaianiladi.
1. Uyushiq bo'laklar orasida. Bolalarning hulqi, odobi, yurish-turishi, ko'cha-ko'yda, mahallada o'zini tutishi, do'stlari orasidagi mavqeyi, hur-mati, oila yumushlariga qo'shayotgan hissasi bilan doimo qiziqib turish lozim (M. Inomova). 2. Undalmalar vergul bilan ajratiladi.
Uka, o'qishning erta-kechi bo'lmaydi. Men Sizni, oyi-jon, juda yaxshi ko'raman. Salom sizga, purviqor tog'lar!
Adabiyotlar ro’yxati: 1. U.Tursunov, N.Muxtorov, Sh.Rahmatullaev. Hozirgi o’zbek adabiy tili. 1992 yil.
2. Sh.Shoabdurahmonov, M.Asqarova, A.Hojiev. Hozirgi o’zbek adabiy tili. I qism. II qism. Toshkent. «O’qituvchi» nashriyoti. 1980 yil.
3. A.G’ulomov, M.Asqarova. Hozirgi o’zbek tili. Sintaksis.
Toshkent. O’qituvchi nashriyoti. 1987 yil.
4. O’zbek tilining imlo lug’ati. Toshkent. O’qituvchi. 1995 yil.