Ta’lim jarayonida interfaol metodlarning ahamiyati madiyorova Shohista Sabirjonovna



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix01.05.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#105483
1   2   3
ta-lim-jarayonida-interfaol-metodlarning-ahamiyati

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
№4 2022 
38 
Innovatsiya (inglizcha innovation) – yangilik kiritish, yangilikdir. Innovatsion 
texnologiyalar pedagogik jarayon hamda oʼqituvchi faoliyatiga yangilik, oʼzgarishlar 
kiritish boʼlib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan toʼliq 
foydalaniladi. Interaktiv metodlar – bu jamoa boʼlib fikrlash deb yuritiladi, yaʼni 
pedagogik taʼsir etish usullari boʼlib taʼlim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Bu metodlarning oʼziga xosligi shundaki, ular pedagog va oʼquvchilarning birgalikda 
faoliyat koʼrsatishi orqali amalga oshiriladi. Ushbu maqolada keltirilgan zamonaviy 
metodlar oʼquvchida mantiqiy, aqliy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni 
shakllantirishga, qobiliyatlarini rivojlantirishga, raqobatbardosh, yetuk mutaxassis 
boʼlishlariga hamda mutaxassisga kerakli boʼlgan kasbiy fazilatlarni tarbiyalashga 
yordam beradi. 
Maʼlumki, interfaol metodlarning yuzdan ortiq turi mavjud boʼlib, ularning 
aksariyati tajriba-sinovdan oʼtib, yaxshi natija bergan. Keng qoʼllaniladigan usullar: 
“Klaster”, “Aqliy hujum”, “Davom yettir”, “Taqdimot”, “Blits-soʼrov”, “Muammoli 
vaziyat” kabilardan foydalanib, darsda samarali natijalarga erishish mumkin. 
Darsning oʼtilgan mavzuni soʼrash qismida “Sinkveyn”, “Teskari test”, “Aql charxi” 
metodlarini, yangi mavzuni tushuntirish qismida “Insert”, “Pinbord”, “Zinama-zina”, 
“Bumerang” 
texnologiyalarini, 
mavzuni 
mustahkamlash 
qismida 
“Venn 
diagrammasi”, “Baliq skeleti”, “Nima uchun?”, “Qanday?”, “Konseptual jadval”, 
“Nilufar guli” kabi grafik tashkil etuvchilar hamda “Tushunchalar tahlili”, “T-
jadval”, “Rezyume”, “Kungaboqar”, “Charxpalak” metodlarini, uyga vazifa berishda 
“FSMU”, “Klaster”, “BBXB” metodlarini qoʼllash dars samaradorligini taʼminlab, 
oʼquvchilarning bilimini oshirishga yordam beradi. Quyida ushbu metodlarning 
ayrimlari haqida kengroq ma’lumot berib o‘tiladi. 
“6x6x6 metodi. ”Ushbu metod yordamida bir vaqtning o‘zida 36 nafar 
o‘quvchini muayyan faoliyatga jalb etish orqali ma’lum topshiriq yoki masalani hal 
etish, shuningdek, guruhlarning har bir a’zosi imkoniyatlarini aniqlash, ularning 
qarashlarini bilib olish mumkin. «6x6x6» metodi asosida tashkil etilayotgan 
mashg‘ulotda har birida 6 nafardan ishtirokchi bo‘lgan 6 ta guruh o‘qituvchi 
tomonidan o‘rtaga tashlangan muammo (masala)ni muhokama qiladi. Belgilangan 
vaqt nihoyasiga etgach o‘qituvchi 6 ta guruhni qayta tuzadi. Qaytadan shakllangan 
guruhlarning har birida avvalgi 6 ta guruhlar bittadan vakil bo‘ladi. Yangi 
shakllangan guruh a’zolari o‘z jamoadoshlariga avvalgi guruhi tomonidan muammo 
(masala) yechimi sifatida taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar va mazkur 
yechimlarni birgalikda muhokama qiladilar. Ushbu metodni 5, 6, 7 va hatto 8 nafar 
o‘quvchidan iborat bo‘lgan bir necha guruhlarda ham qo‘llash mumkin. Biroq yirik 
guruhlar o‘rtasida «6x6x6» metodi qo‘llanilganda vaqtni ko‘paytirishga to‘g‘ri 
keladi. Chunki bunday mashg‘ulotlarda munozara uchun ham, axborot berish uchun 
ham birmuncha ko‘p vaqt talab etiladi. So‘z yuritilayotgan metod qo‘llanilayotgan 



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin