Page 110
Qo’llanmaning keyingi sahifalarida shunday hamkorlik namunalari bo’lmish o’yin
texnologiyalarini keltirib o’tamiz.
Muxokama va natijalar. O’zaro hamkorlikka asoslangan ta’lim. Hamkorlik
pedagogikasida interaktivlik (“inter”-“o’zaro”, “akt”-“faoliyat”) muhim ahamiyat kasb
etadi. Interaktivlik – o’qituvchi va o’quvchining o’zaro ta’siri. Hamkorlik faoliyatini
takomil bosqichiga o’tish jarayonida o’zaro ta’sir o’tkazish harakatini baholashdan o’z-
o’zini baholash darajasiga ko’tarilishi sodir bo’ladi. Ushbu jarayon hamkorlik
dinamikasidan dalolat beradigan eng muhim omillardan biri vazifasini o’taydi.
“Sub’ekt-Sub’ekt” munosabatlariga asoslangan hamkorlik namunalari bo’lmish o’yin
texnologiyalari bolalarda ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantiradi, mustaqil fikrlash,
keng mushohada yuritish ko’nikmalarini rivojlantiradi. O’quvchilarning kichik
guruhlardagi o’quv faoliyati o’yin (viktorina, breyn ring, turnir, musobaqa) shaklida,
individual tarzda ham tashkil etilishi mumkin. Quyida shunday texnologiyalardan
namunalar keltiramiz.
Pedagogik tenalogiyada o’quvchining o’quv jarayonida tutgan o’rnini va
pedagogning o’quvchilarga nisbatan bo’lgan munosabati muhim o’rin tutadi. Bunda
quyidagi texnalogiyalarni ajratish mumkin:
a) Avtoritar texnalogiya. Bunda pedagog o’quv tartiblovchi jarayonining asosiy
sube’kti, o’quvchi esa, faqat ab’ekt sifatida qatnashadi. U o’quvchilarning erkinligini
bo’g’ishi, majburiy o’qitish, tashabbusni bo’g’ish va o’quv tarbiyaviy jarayonini (O’TJ)
qattiq qo’llik bilan olib borishga asoslanadi.
b) Didaktotsentrik texnalogiyalar – o’quvchi shaxsiga e’tibor bermaslik bilan
ajralib turadi. Bunda ham sub’ekt-ab’ekt munosabat bo’lib, shaxsni shakllantira olish,
didaktik vositalaridan iborat bo’ladi.
v) Shaxsga yo’naltirilgan texnalogiyalar – buning markazida o’quvchi shaxsi uni
rivojlantirish uchun, barcha sharoitlarni yaratish, uning tarbiyaviy salohiyatini namoyon
qilishga yordam berish yotadi. Bunda o’quvchi shaxsi faqatgina sub’ekt bo’lmay,
prioritetga ega bo’lgan sub’ekt bo’ladi. Bunda u ta’limiy tizimning maqsadiga aylanadi.
Bunday texnalogiyalar “antropoyentrik texnalogiyalar” deyiladi.
Shunday qilib, shaxsga yo’naltirilgan texnalogiyalar antropotsentrik, gumanistik va
psixoterapistik, har tomonlama erkin, ijoddiy rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.