Ta’lim jarayonida qo’llanilayotgan texnologiyalar n. B. Ismatova



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix14.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#129849
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ta-lim-jarayonida-qo-llanilayotgan-texnologiyalar

www.scientificprogress.uz
 
Page 109
nafaqat ta’lim mazmunini o’zgartirishni talab qilmoqda, balki uning shakllari, 
metodlari, o’qituvchi faoliyatini ham takomillashtirishga bo’lgan ehtiyoj kuchaymoqda.
Hamkorlikda o’qitish texnologiyasida o’quvchilarni hamkorlikda o’qitishni tashkil 
etishning bir necha metodlari mavjud: 
Guruhlarda o’qitish (R.Slavin, Ishmuhamedov) da o’quvchilar teng sonli ikki 
guruhga ajratiladi. Har ikkala guruh bir xil topshiriqni bajaradi. Guruh a’zolari o’quv 
topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir o’quvchi mavzudan ko’zda tutilgan bilim
ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishga e’tiborni qaratadi.
Kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish . Bu yondashuvda kichik guruhlar 4 ta 
o’quvchidan tashkil topadi. O’qituvchi avval mavzuni tushuntiradi, so’ngra 
o’quvchilarning mustaqil ishlari tashkil etiladi. O’quvchilarga berilgan o’quv 
topshiriqlari 4 qismga ajratilib, har bir o’quvchi topshiriqning ma’lum qismini bajaradi. 
Topshiriq yakunida har bir o’quvchi o’zi bajargan qism yuzasidan fikr yuritib
o’rtoqlarini o’qitadi, so’ngra guruh a’zolari tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy 
xulosa chiqariladi.
O’qituvchi har bir kichik guruh axborotini tinglaydi va test savollari yordamida 
bilimlarni nazorat qilib baholaydi. 
O’qituvchi va o’quvchining hamkorlikdagi faoliyatiga doir tadqiqotlarda asosiy 
e’tibor o’zaro munosabatning rivojlanishini o’rganishga qaratiladi, o’qitishni guruhli 
tashkil qilish jarayoni bayon qilinadi. 
Hamkorlikdagi faoliyat usuli deganda, o’qituvchi bilan o’quvchining birgalikdagi 
hatti-harakatlarining tizimini tushunish kerak. Bunday xatti-harakat o’qituvchining 
o’quvchiga ko’rsatadigan yordamidan boshlanadi; 
O’quvchilarning faolligi asta-sekin o’sib borib, butunlay ularning o’zi 
boshqaradigan amaliy va aqliy harakatiga aylanadi; o’qituvchi bilan o’quvchi 
o’rtasidagi munosbata esa sheriklik pozitsiyasi xususiyatiga ega bo’ladi.
Pedagogika – psixologiya fanida hamkorlikning 8 ta shakli mavjud. Ular 
quyidagilardan iboratdir: 
1) 
faoliyatga kirish; 
2) 
mustaqil harakatlar o’qituvchi bilan o’quvchi hamkorlikda bajaradilar; 
3) 
o’qituvchi harakatni boshlab beradi va unga o’quvchini jalb etadi; 
4) 
taqlid harakatlari (o’qituvchidan ibrat olgan o’quvchi anna shu namuna 
asosida harakat qiladi); 
5) 
madad harakatlari (o’qituvchi o’quvchiga oraliq maqsadni va unga erish 
usullarini tanlashda yordam beradi va oxirgi natijani nazorat qiladi); 
6) 
o’zini – o’zi boshqarish harakatlari (o’qituvchi umumiy maqsadni 
ko’rsatishda oxirgi natijani baholashda ishtirok etadi); 
7) 
o’zini – o’zi ko’rsatuvchi harakatlar; 
8) 
o’zini – o’zi uyushtiruvchi o’yinli harakatlar. 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 1 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin