Ta’lim jarayonida qo’llanilayotgan texnologiyalar n. B. Ismatova



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix14.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#129849
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ta-lim-jarayonida-qo-llanilayotgan-texnologiyalar

www.scientificprogress.uz
 
Page 108
1) o’quvchilarni aniq ilmiy, amaliy muammolarni echishga jalb etish, bu jarayonda 
ularda muayyan qiziqishlarni hosil qilish; 
2) o’quvchilarning o’quv ishlarini shunday tashkillashtiriladiki, mantiqiy-lingvistik 
modeldan topshiriqlarni echish vositasi va ularning echimlarini tekshirish usuli sifatida 
foydalanish imkoniyati vujudga kelishi; 
3) qo’lga kiritilgan natijalar aksariyat hollarda elektron ko’rinishlarda ifodalanishi 
lozim.
Buning natijasida o’quvchilarda kompyuterdan foydalanishga oid dastlabki 
ko’nikmalar tarkib topadi va har bir o’quvchida o’zlari uchun zarur bo’lgan axborotlar 
bazasini yaratishga bo’lgan intilish vujudga keladi. Bu jarayonda guruh a’zolari 
birgalikda harakat qila boshlaydilar, har bir o’quvchi o’z bilim zahirasini guruhdoshlari 
egallagan bilimlar yordamida boyitish imkoniyatini qo’lga kiritadi. Bunda ularga yangi 
bilimlar bilan boyitilgan o’quv materiallari yaqindan yordam beradi, shuningdek
o’qituvchi intellektual xarakterdagi o’quv topshiriqlaridan kengroq foydalangan holda 
hamkorlikka asoslangan o’quv muhitini vujudga keltirishi lozim. Ta’lim-tarbiya 
tizimiga bunday yodashuvni tatbiq qilish natijasida maktab ta’limida yangi yo’nalish 
vujudga keladi.
Pedagogik hamkorlik o’zida quyidagilarni mujassamlashtiradi: 
1) o’quvchilarning quvvatlarini mujassamlashtirish asosida umumlashgan natijani 
qo’lga kiritishga asoslangan jamoa mehnatini tashkil etish texnologiyasi;
2) intellektual texnologiyalarga asoslangan axborotlarga ishlov berish usullari.
Bunday yondashuv natijasida intellektual madaniyatning yuqori darajasiga 
erishishi ta’minlanadi.
Pedagogik hamkorlik va hamjihatlikka asoslangan bilimlar to’rt ko’rinishda 
namoyon bo’ladi. Hamkorlik nazariyasi –
1) fundamental ilmiy nazariyalarning vujudga kelishiga asos bo’ladigan, umumiy 
ilmiy nazariyalar, dunyoqarashlar, g’oyalar, tamoyillar, timsollar, tasavvurlar tizimidan 
iborat paradigma;
2) nomuntazamlik, ochiqlik, o’tish xarakteridagi jarayonlarning tengsizligiga 
asoslangan g’oya atrofida birlashadigan muayyan xususiy ilmiy qarashlar;
3) tizimlarning o’z-o’zini tashkil etish yoki o’tish jarayonlariga oid umumiy ilmiy 
yondashuvlar;
4) ilmda mavjud bo’lgan hukmron tafakkurga barham berish, o’zgarmas 
tushunchalar va barqaror tafakkur, o’tish xarakteridagi daliliy shakllar va obrazlar
yangicha dunyoqarash − asosini tashkil qiladi.
Ta’lim jarayonida o’quvchilar faoliyatini, dunyoqarashini har tomonlama 
o’zgartirish tamoman yangi ilmiy-pedagogik asoslarga tayanishni taqozo qilmoqda. 
Umumiy o’rta ta’lim oldiga qo’yilgan maqsad, vazifa va tamoyillarni amalga oshirish 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 1 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin