|
- mehnat musobaqasi, bu - kasbiy musobaqalaShuv, malaka oshirishda
|
səhifə | 3/4 | tarix | 27.01.2023 | ölçüsü | 8,63 Kb. | | #81285 |
| Talim muassasasi rahbarining sifatlari-fayllar.org
- mehnat musobaqasi, bu - kasbiy musobaqalaShuv, malaka oshirishda
kuchli omil sanaladi. Boshqaruv tarbiyasining bu Shakli turli tanlovlar,
ratsionalizatorlik takliflari va h. k.lar yordamida amalga oshiriladi;
- boshqaruvda ishtirok etish - boshqaruvga oid qarorlarni ishlab chiqish
va amalga oshirishga oddiy xodimlarni jalb etish (boshqaruv qarori loyihasini
jamoa bo’lib muhokama qilish, ijro faoliyatida jamoatchilik asosida qatnaShishi
va h.k.).
Ta’lim muassasalarida boshqaruv odobining o’ziga xos tomonlari
Insonlar qanchalik tajribali va bilimdon bo’lsalar ularni odob masalalari
Shunchalik qiziqtira boshlaydi.
Xodimlarning axloqiy yuksakligi zamonaviy rahbarning boshqaruv
faoliyatining muhim sifat ko’rsatgichi hisoblanadi. Bunga erishish uchun,
avvalo, rahbarning ijtimoiy-odobiy tayyorgarligi (nazariy va amaliy) zarur. Ana
Shu maqsadda boshqaruv odobi tuziladi. Uning mohiyati ishlab chiqarishni
taShkil etish va boshqarishning barcha ishtirokchilarining xulq-atvori tamoyil va
me’yorlarini asoslashdadir, xizmat huquq va majburiyatiga kasb burchi sifatida
munosabatda bo’lish zarurligidadir
Boshqaruvchi raxbar axloqiy sog’lomligi
- axloqiy xis-tuyg’ular, bular xayratlanish, g’urur, Shuhratparastlik va
nafratlanish kabi sub’ektiv kechinmalarda ifoda topadi;
- xulqiy nuqtai nazar, Shaxsning axloqiy tutgan yo’li, uning did-farosati va
yaShaShdan maqsadi yo’nalishi bilan belgilanadi, vijdon va burch bularning
asosi hisoblanadi;
- o’zini tuta bilish xulqi (o’zini o’zi baholash, xatti-harakatini nazorat
qilish va fidoyilik).
Dostları ilə paylaş: |
|
|