Ilk bolalik davri.
Ilk bolalik davrining oxiriga kelib boshqa faoliyat turlari,
masalan, qiyin va produktiv faoliyati (rasm chizish, plastilindan narsa yasash) rivojlana
boshlaydi.
Ilk bolalik davrida predmetlik faoliyati asosida tafakkur rivojlana boshlaydi.
Bu yosh davri nutqning rivojlanishidagi senzitiv davri hisoblanadi.
1,5 yoshgacha bola 100 tacha, 2 yoshgacha 300 tacha, 3 yoshgacha 1500 so‟zni
o‟zlashtiradi.
Tilning grammatik tuzilishini o‟zlashtirish bir necha bosqichga bo‟linadi.
1.
Avtonom nutq davri 1-2 yoshda bo‟lib, nutq amorf so‟z o‟zaklardan iborat.
3 yoshgacha davrda esa ona tilining grammatik tuzilishini o‟zlashtira boshlaydi.
27
Tushunishning eng qulay (senzitiv) davri bir yoshdan bir yarim yoshgachadir.
Bu davrda bola predmet va jismlarning nomlarini yengil o‟zlashtirib oladi.
Ilk bolalik davrida bola shaxsi shakllanishi boshlanadi. Bolada “men o‟zim”
konsepsiyasi vujudga keladi. Bu yosh davri 3 yoshlilar krizis davrining yuzaga kelishi
bilan tugaydi. Krizisning sababi bolada ma‟lum darajada mustaqillikka ehtiyojning
paydo bo‟lishi, kattalarning esa eski munosabatlar tipini saqlab qolishidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni
axloqiy tarbiyalash va kamol
toptirishning psixologik asoslari.
Maktabgacha yosh davri. 3 yoshdan 7 yoshgacha organizmning intensiv o‟sishi
davom etadi. Bosh miya og‟irligi 1350g-gacha yetadi, ikkinchi signal sistemasi
rivojlanadi. Bolaning ijtimoiy situasiyasi o‟zgaradi.
Bolaning predmetlarni
tushunishi quyidagi
tartibda yuz beradi
Bola eng avval
predmetlarning
nomlanishini;
Katta odamlarning va
o‟yinchoqlarning
nomlarini o‟zlashtiradi
Tana a‟zolarining
nomlarini
o‟zlashtiradi.
|