Bilish jarayonining o’sishi. Idrok - mazkur yoshdagi bolalar o‟z idroklarining aniqligi, ravonligi bilan
ajralib turadilar. Buni ularda birinchi signal sistemasining ustunligi bilan
izohlash mumkin. Ta‟lim jarayonida o‟quvchilar idroki perqeptiv faoliyat
darajasiga ko‟tariladi.
Diqqat - birinchi va ikkinchi sinflarda o‟quvchilarning diqqati yetarli barqaror
emas. 3-4-sinf o‟quvchilari esa butun dars davomida o‟z diqqatlarini saqlab
tura oladilar. Lekin ular uchun ham dars davomida qisqa tanaffuslar foydalidir.
Xotira - Bolalarda birinchi signal sistemasi ustun bo‟lganligi sababli mantiqiy
xotiradan ko‟ra ko‟rgazmali-harakatli xotira muhimroq rol o‟ynaydi. Ta‟lim
jarayonida o‟quv materiallarining ma‟nosini, turli mulohazalarni ilmiy
asoslarni eslab qolish va esga tushirish orqali o‟quvchilarda mantiqiy xotira
takomillashadi. Uning rivojlanishi ko‟p jihatdan o‟quvchilar aqliy faolligining
darajasiga bog‟liq.
4. Baho – o‟quv situasiyasining talablariga erishilgan natijaning mos kelish-
kelmasligi darajasini aniqlashdir. O‟quvchining faoliyatiga qo‟yiladigan baho
sinf jurnaliga qo‟yiladigan baho bilan cheklanmasligi kerak. Buning uchun
o‟qituvchi o‟quvchi bilimini baholashning turli usullarini qo‟llashi kerak.