O’tish davrining inqirozi haqida nazariy qarashlar.
Biogenetik yo‟nalish vakllari S.Xall va Z.Freyd bu inqiroz biologik
shartlanganligi tufayli muqarrardir deb hisoblasalar, amerikalik antropologlar
M.Mid va R.Benedikt o‟smirlik inqirozi ijtimoiy munosabatlarning natijasidir deb
isbotlaydilar. R.Benedikt bolalikdan kattalikka o‟tishning 2 usulini ko‟rsatadi.
K.Levin (AQSH) fikricha jamiyat kattalar va bolalar guruhlariga bo‟linadi.
O‟smir esa oraliq guruhni tashkil etadi.
O’smirlardagi asosiy psixologik o’zgarish.
O‟smir o‟zini asta-sekin katta odam deb his qila boshlaydi, lekin ko‟p odat
va xususiyatlari bolalarcha bo‟lib qoladi. Bu hissiyot kattalik hissi deb
ataladi va o‟smirlikdagi asosiy psixologik yangilikdir. Bu his o‟smirda
o‟ziga, atrof muhitga, odamlarga nisbatan yangi hissiy pozisiyani yuzaga
keltiradi. U bolalar xulq-atvorini kattalar xulqi va qadriyatlariga qayta
orientasiya qila boshlaydi.
42
O‟smir o‟z huquqlari doirasini kengaytiradi, kattalarni esa cheklashni
xohlaydi. Kattalar va o‟smirlar orasidagi zididyatlarning sababi – kattalarda
ularga nisbatan bolalarcha munosabatning saqlanib qolishidir. O‟smirning
mustaqillik darajasi haqidagi tasavvurlar kattalar va o‟smirlarda turlicha.
Kattalar bu yoshda o‟smirlarga o‟z yonidan joy berishni o‟rganishlari lozim.
O‟smirning tengqurlari bilan munosabati yangi spetsifik funksiyani bajara
boshlaydi, ya‟ni bu munosabatlarda o‟smir amalda kattalar axloq normalarini
o‟zlashtira boshlaydi. O‟smirlar uchun tengdoshlari bilan ijtimoiy muloqot
yetakchi faoliyat bo‟lib qoladi.
Bilish jarayonlarining o’sishi.
O‟smirning qiziqishlari ortadi, bilish faoliyati maktab dasturidandan tashqariga
chiqadi, mustaqil o‟qiy boshlaydi. Uning tafakkurida tanqidiylik, mustaqillik
hosil bo‟ladi. O‟qituvchi o‟quvchilarga o‟quv materiallarini taqqoslashni,
mavhumlashtirishni, o‟z fikrini to‟g‟ri, ravon va aniq ifodalash yo‟lini
tushuntirib berishlari lozim. O‟smirlarning o‟quv faoliyatida, o‟quv materialini
o‟zlashtirish darajasida, umumiy intellektual rivojlanishida turli darajadagi
o‟quvchilarni uchratish mumkin. O‟quv faoliyatidagi kamchiliklar kichik
sinflarda bilinmagan bo‟lsa,
V-VI sinflarda o‟zlashtirishi keskin farqlanadigan
bolalar ko‟zga tashlanib qoladi. O‟smirlarda nazariy, formal va refleksiv
tafakkur turlari shakllanadi. Xotira, idrok jarayonlari ham intellektualizasiya
bo‟la boshlaydi, ya‟ni o‟smir o‟quv materiallarini tushinib idrok qilish va eslab
qolishni o‟rgana boshlaydi.
O‟smirlarning o‟z-o‟zini anglashi sifat jihatidan o‟zgaradi. O‟zi haqida
o`ylash, o‟zini boshqalar bilan taqqoslash o‟smirning xususiyatidir. O‟smir o‟z
kamchiligi ustida o`ylaydi, o‟zidan qoniqmaslik hissi paydo bo‟ladi.
Ko‟pchilik o‟smirlar kattalarga o‟xshaydigan o‟z tenglashlariga o‟xshashga
harakat qiladilar.
|