Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari, ularning psixologik va fiziologik asoslari Prinsip tushunchasi



Yüklə 64,98 Kb.
səhifə3/7
tarix25.12.2023
ölçüsü64,98 Kb.
#194101
1   2   3   4   5   6   7
Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari, ularning psixologik va fizi-fayllar.org

Ilmiylik prinsipi o'qituvchidan o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqiga alohida e'tibor berishni, u yoki bu masalalarni ilmiy asosda tushunishdan hech qanday chekinishga yo'l qo'ymaslikni, ilmiy tushunchalarni va so'zlarni to'g'ri qo'llashni talab qiladi.

Tabiat hodisalarini (momaqaldiroq, chaqmoq, shamol, qor, yomg'ir va hokazolarni), shuningdek, jamiyat hayotida eng muhim o'zgarishlarni ilmiy jihatdan aniq bayon qilish katta ahamiyatga

molikdir.

Biz o'quvchilarimizni hayotga, jamiyat qurilishida qatnashishga tayyorlaymiz. Shuning uchun ta'lim amaliy hayot bilan bog'lanishi kerak. Hozirgi paytda nazariyani amaliy hayot bilan bog'lash prinsipi alohida ahamiyatga ega. Shunga ko'ra, uni ta'lim-tarbiya ishining hamma yo'nalishlarida amalga oshirish zarur.

Biz o'quvchilarimizni hayotga, jamiyat qurilishida qatnashishga tayyorlaymiz. Shuning uchun ta'lim amaliy hayot bilan bog'lanishi kerak. Hozirgi paytda nazariyani amaliy hayot bilan bog'lash prinsipi alohida ahamiyatga ega. Shunga ko'ra, uni ta'lim-tarbiya ishining hamma yo'nalishlarida amalga oshirish zarur.

Forobiy har qanday fanni ikki qismga, amaliy va nazariy qismlarga ajratgan. Mana shu qismlarni qisqacha sharhlashda ular­dan hayotda foydalanish imkoniyatlarini hisobga olgan. Uning amaliy va nazariy qismlarga bergan ta'riflaridan ta'limni amaliy yo'nalishda olib borish va hayotga, kishilarning kundalik faoliyatiga bog'lash fikri tug'iladi.


TA'LIMNING AMALIY HAYOT BILAN BOG'LANISH PRINSIPI


Nazariyani amaliy hayot bilan bog'lash prinsipini ro'yobga chiqarish uchun quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi kerak:

A

o'rganiladigan materialni o'quvchilarning shaxsiy tajribasi va kuzatishlari bilan, quyi sinflarda esa ularning o'yinlari bilan bog'lash darker, chunki kichik maktab yoshidagi o'quvchilarni o'qitish albatta o'yin faoliyatini talab qiladi;

B

ta'limni atrofdagi hayot bilan, yangi jamiyatni qurish amaliyoti bilan bog'lash;

D

nazariyani amaliyot bilan fanning rivojlanishi jamiyatning ehtiyojlariga bog'liqligini yoritadigan qadamjolarga sayohatlar shak-lida bog'lash;

E

nazariy va amaliy yo'sindagi turli masalalami hal qilish va topshiriqlarni bajarish, laboratoriya ishlari bilan shug'ullanish va ishlab chiqarishga doir mavjud bilimlar asosida amaliyotlar octkazish hamda ularning natijalarini albatta tekshirish;

F

o'quvchilarning unumli mehnati, ya'ni ijtimoiy-foydali ish-larni o'zlariga mos shakllarda yo'lga qo'yish.

Yüklə 64,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin