Refleksolog olimlar o'tkazgan tajribalar, ularning nazariy isbotlari asosida XX asr boshlarida keng tarqalgan va amalda qo'llangan erkin tarbiya nazariyasi asosida; hozirgi olimlar, peda-gog va psixologlarning qarashlariga, Toshkent shahar maktab-laridagi o'qituvchilarning ilg'or individual tajribalari va shaxsiy tajribamizga tayanib individual pedagogikaning quyidagilardan iborat prinsiplarini belgiladik:
Pedagogika fanida insonning tabiati prinsipi — pedagogika nazariyasi va amaliyotining poydevori sifatida bolani o'rganish nat-ijasida to'plangan bilimlarni o'z ichiga oladi.
Bolaning atrofidagi muhitni tashkil qilish. Pedagogikaning eng birinchi vazifasi insondagi biologik va ijtimoiy xususiyatlar-ning o'zaro dialektik ichki bog'lanishiga tayanib bolaning o'sishiga sharoitlar yaratishdir.
Pedagogik jarayonni amalga oshirishning faol metodi bilan bir-galikda bolaning shaxsiy tajribasi asosidagi erkin faoliyati va ijodini rivojlantirish. (Asosiy ishtirokchi shaxs — bola.)
Shaxsning hayoti bilan jamiyat hayotini uyg'unlashtirish va birlashtirish — tarbiyalanuvchilarni kamol toptirishdagi asosiy maqsad
ADABIYOTLAR
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni T. 1997 yil
R.Mavlonova, O’quv qo’llanma. Toshkent. 1996 yil
J.G’. Yo’ldoshev. Ta’lim yangilanish yo’lida T. “O’qituvchi” 2000 yil