Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi


Intellektual rivojlanish – tafakkur qobiliyati, aqliy faoliyatni yuqori saviyada tashkil etishni talab etadi, bilishga qiziqishi ortadi



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə24/174
tarix11.06.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#128330
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   174
Ta’lim sohasi 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi

Intellektual rivojlanish – tafakkur qobiliyati, aqliy faoliyatni yuqori saviyada tashkil etishni talab etadi, bilishga qiziqishi ortadi. Bu davrda to’garaklar, studiya, sektsiya, turli tadbirlar o’tkazish katta ahamiyatga ega. Ularning kitob o’qishga qiziqishi ortadi.
O’z-o’zini anglash, baholash, tarbiyalash shakllanadi. U o’zini boshqalar bilan solishtira boshlaydi.
Ammo yuqoridagilar bilan bir qatorda o’smir xarakterida murakkab qarama-qarshiliklar ham mavjud bo’ladi. Bu o’smir faoliyati, xulqida yangi xislatlar – yosh xususiyatning yangidan boshlanishi sanaladi.
Lekin o’smirlarnig hammasida ham bilishga qiziqish darajasi yuqori emas. 38 foiz o’smir hech qaysi o’quv fanlarini o’qishga qiziqmaydi. Boshqalarining uchta yoki ikkita o’quv fani, aksariyat holatlarda esa bitta o’quv faniga qiziqishi aniqlangan. Kichik yoshdagi o’smirlar qiziqishi o’qituviga bog’liq. Lekin ularning qiziqishlari, shuningdek, kitob o’qishlari ham barqaror emas.
Turli to’garaklarga 21 foiz o’smir qatnashadi, qolganlari sport yoki musiqa bilan shug’ullanadi. 40 foiz o’quvchida sinfdan tashqari ishlarda qatnashishda ham barqarorlik yo’q.
Eng muhim qiziqish – teleeshittirishlarga qaratilgan. TVni har kuni 88 foiz o’smir tomosha qiladi.
Ular oddiy kunni o’z ixtiyorlari bilan qanday o’tkazadilar, degan savolga javob topish uchun o’tkazilgan tadqiqot natijalari quyidagilarni qayd etdi: 85 foiz o’smir vaqtini o’z holicha o’tkazadi, 70 foizi kino yoki televizor ko’radi, 50 foizi sport bilan shug’ullanadi, 45 foizi uxlab yoki yotib dam oladi. SHuningdek, yomon baho olmaslik uchun maktabga bordigan o’smirlarning soni 15 foizni tashkil etadi.
O’smirlarda biror narsaga erishishga nisbatan talab rivojlanadi. Ular tomonidan ijtimoiy talablarning bajarilishi asab tizimining rivojlanishiga ta’sir etadi. SHuning uchun maktab hayoti “qiyin” vazifalarga to’liq bo’ladi.
Bu yoshda o’smirlar kattalar oldida o’zining erkinligini namoyish etishga harakat qiladi. O’z-o’zini tarbiyalashga bo’lgan talab o’sadi. “Dangasa”, “qo’pol”, “bee’tibor”, “qobiliyatsiz” degan kattalarning baholarini ular og’rinib qabul qiladilar.
O’smir yoshida o’g’il va qiz bolalar o’rtasida farq kuchayadi. VII sinfdan intellektual malakalar pasayadi. SHuning uchun bu davrda bolalar rivojlanishiga katta e’tibor berish lozim.
O’z-o’zini tarbiyalash natijasida o’g’il bolalar kuchli, erkin, e’tiborli, jasur; qizlar esa – o’ta ko’nikuvchan, kamtar va jiddiy bo’la boshlaydilar.
SHuning uchun o’smirga o’z vaqtini rejalashtirishda yordam berish zarur. 13-14 yoshgacha o’smirda burch hissi, mas’uliyatni his etish, vazminlik paydo bo’la boshlaydi. Muhimi, o’smir shaxsini hurmat hilish, kamsitmaslik, katta bo’lib qolganligini tan olish zarur.
Katta maktab yoshi – kollej, litsey o’quvchilari (o’spirinlik davri 15-18 yosh). Bu davr o’spirinlarning ilk balog’atga yetgan davridir. Mazkur davrda jinsiy yetilish tugaydi. Ularda mustaqillik sezila boshlaydi. O’spirin yoshlar hayotga kelajak nuqtai nazaridan qaray boshlaydilar. Madaniy darajasini orttirishga intilish kuchaya boradi. his-tuyg’ularida ham o’zgarish yuz beradi. O’z-o’zlarini tarbiyalashga kirishadilar. Ideal tanlash va unga ergashish kuchayadi. Bu davrda ular o’rtasida munozaralar o’tkazish yaxshi natija beradi. O’spirinlar o’z guruhiga intiladi. SHuning uchun ham o’spirinning barcha intilishlari ma’lum maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi zarur. Ularda o’quv fanlarini tanlashga nisbatan ehtiyoj kuchaya boradi.
O’spirinlik bu ahliy faoliyatning ham rivojlanish davri sanaladi. Ular o’z fikrlarini mustaqil ifodalashga harakat qilib, shaxslik xislatlarini namoyish eta boshlaydilar. SHunda o’qituvchilar va katta yoshlilar ularning hali g’o’r fikrlari va dunyoqarashlarini to’g’ri yo’naltirishlari muhim. Zero, bu davrda o’z-o’zini anglash, ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy xislatlari tez shakllanadi.
Bunga uning faoliyati, jamoada va jamoat joylarida o’zini tutishi, odamlar bilan tez muloqotga kirishishi ham turtki bo’ladi. O’zini kattalardek his etish, o’ziga xosligini namoyon etish, boshqalarning diqqatini o’ziga qaratishga harakat qiladi. Axloqiy muammolarni o’z qarashlari nuqtai nazaridan hal eta boshlaydi. Hayot mohiyati, baxt, burch, shaxs erkinligini o’z qiziqishlari bilan o’lchaydilar. SHu bois ularga katta yoshlilarning beg’araz, to’g’ri yo’nalish berishlari o’ta muhim.
Mazkur davrda yoshlar xulqi ham tarkib topa boshlaydi. Bunda shaxsning jamoadagi mavqei, jamoa shaxslari bilan muomala-muloqoti muhimdir.
Albatta, bu borada ta’lim muassasasida faoliyat ko’rsatayotgan yoshlar ijtimoiy harakati ta’siri katta ahamiyatga ega. CHunki o’spirin-yoshlar mustahil hayot ostonasida bo’lib, ularning bu hayotga to’g’ri qadam qo’yishi uning jamiyatning faol fuqarosi bo’lishining muhim shartidir.
SHaxsning ijtimoyilashuvi. SHaxs ijtimoiy munosabatlar jarayonida shakllanadi. CHunki ta’lim jarayonida bolalarga jamiyatda birga yashash bilan bog’liq bo’lgan holat va hodisalar o’rgatiladi. Bu jarayonda o’quvchi jamiyatga «kirishadi» va u bilan o’zaro munosabatda bo’ladi. Ular ma’lum ijtimoiy tajriba (bilim, qadriyat, axloqiy qoida, ko’rsatma) orttiradilar, ya’ni, ijtimoiylashadilar.
Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan murakkab jarayon. CHunki har qanday jamiyat rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallr, axloqiy me’yorlar va qoidalar tizimini ishlab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalarni qabul qilib, o’rganib mazkur jamiyatda yashash, uning a’zosi bo’lish imkoniyatiga ega bo’ladi. Buning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq ta’sir etadi. Bu ta’sir ta’lim vositasida amalga oshadi. Ikkinchi tomondan, shaxsning shakllanishiga turli g’oyalar, ijtimoiy muhit ta’sir ko’rsatadi.
Odamlar ijtimiy me’yorlar va axloqiy qoidalar bilan munosabatga kirishadilar va uni o’rganadilar.
Ijtimoiylashuv jarayoni ichki qarama-qarshiliklarga ega. Ijtimoiylashgan inson jamiyat talablariga mos kelishi, unga «kirishib» ketishi, jamiyat rivojlanishidagi salbiy jihatlarga, shaxsning individual rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi hayotiy holatlarga qarshi turishi kerak. Lekin hayotda ba’zan aksi ham bo’ladi: to’liq ijtimoiylashgan, jamiyatga kirishib ketadigan, ammo muhitda ba’zi salbiy holatlarga qarshi kurashishda faollik ko’rsatmaydigan odamlar ham mavjud.
Bu holat ko’p jihatdan butun jamiyat, tarbiya muassasalari, o’qituvchilar hamda ota-onalarga ham taalluqli. Tarbiyada qarama-qarshilik insonparvarlik g’oyasi yordamidagina bartaraf etilishi mumkin.
Zero, O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ham ta’kidlab o’tilganidek, uzluksiz ta’limni tashkil etish, rivojlantirish hamda ta’limning ijtimoiylashuviga erishish dolzarb masaladir. Ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni shakllantirish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish kabilar muhim ijtimoiy talablar hisoblanadi.



Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin