Mushohada uchun! Alloma yaratgan «Kitob ash-Shifo» 18 jilddan iborat bo`lib, tibbiyot va falsafiy bilimlar qomusi hisoblanadi. U o’z ichiga 4ta katta bo’lim (mantiq, fizika, matematika, metafizika)ni oladi. Ibn Sinoning «Kitob ul-insof»i («Adolat kitobi») 21 jilddan iborat.
Buni yodda saqlang! Ibn Sino bolalarga maktabda bilim berish haqida gapirar ekan, ta’limda quyidagi jihatlarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi:
— bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo’ymaslik;
— ta’limda soddadan murakkabga borish orqali bilim berish;
— mashg’ulotlar bolalar yoshiga mos bo’lishi;
— o’qitishda jamoa bo’lib o’rganishga e’tibor berish;
— bilim berishda bolalarning xohishi, qiziqishi va qobiliyatini xisobga olish;
— o’qitishni jismoniy mashqlar bilan olib borish .
Bilasizmi? Ibn Sino sakkizta doston yozgan. Bular: sog’liqni saqlash - gigiena haqida urjuza; Yilning to’rt fasli haqida urjuza; Anatomiya haqida urjuza; Gippokrat vasiyatlari haqida urjuza; Tabobat haqida urjuza; Tibbiy nasihatlar haqida urjuza; Aloqa haqida urjuza.
Buni yod oling! Axloq fani kishilarning o’ziga va boshqalarga nisbatan xatti- harakatiga doir me’yorlar va qoidalarni o’rganadi.
Ibn Sino ta’Iimotiga ko’ra:
5-Mavzu: XIV asr va XIX asrning birinchi yarmida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar.
Reja: 1. Temuriylar davrida ilm-fan, ta’lim-tarbiyaning ravnaq topishi. Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddiy Davoniy, Xusayn Voiz Koshifiylarning ta’limiy-axloqiy meroslari. 2. G`arb Uyg`onish davrida ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti. YA.A. Komenskiyning pedagogik tizimi. 3. Jadidchilik xarakati. Abdulla Avloniyning «Turkiy Guliston yoxud axloq” asari va uning ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati. 4. XIX-XX asrning boshlarida G`arbiy Evropa pedagogik fikrlarida “erkin tarbiya”nazariyasining rivojlanishi. XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiyada ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi.
Markaziy Osiyo zaminida Temuriylar hukmronligi inqirozga yuz tutgandan keyin, bu o’lkani qo’lga kiritish uchun jahonning ko’pgina mamlakatlari harakat qildilar. Ana shulardan biri chor Rossiyasi edi.
Markaziy Osiyoni Rossiyaga qaram qilish g’oyasi Petr 1 dan boshlanib, uning vafotidan so’ng YEkaterina hukumati tomonidan davom ettirildi. Nikolay II taxtga o’tirgach, tezlik bilan Markaziy Osiyoni o’ziga bo’ysundirishga intildi.