1. Yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi negizida ta’lim muassasasi tomonidan bajariladigan vazifalar:
maktabda bolaga biron-bir kasb-korni egallashi uchun mustahkam poydevor yaratish;
o’quvchi-yoshlarning sport turlari bilan shug’ullanishlariga yordam berish, ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishni tashkil qilish;
bolalarga ta’lim berishni ilg’or pedagogik texnologiyalar, zamonaviy o’quv-uslubiy dasturlar asosida tashkil etish, o’quv-tarbiya jarayonlarini jahon andozalariga mos ravishda ta’minlash;
o’quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlari tahlilidan, iqtisodiy va ijtimoiy muhitdan kelib chiqib, ularni turli soha bo’yicha kasb asoslariga yo’naltirish va ta’limda tabaqalashtirilgan yondashuvni joriy etish;
yosh oilalar bilan ishlash, tibbiy tarbiyaviy, huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy tushunchalar berish uchun maxsus tadbirlarni amalga oshirish;
o’z hududidagi mahalla jamoalarining faoliyatini tarbiyaviy maqsad yo’lida muvofiqlashtirish;
tarbiyasi “og’ir”, qarovsiz qolgan bolalarning ota-onalari bilan ishlash, oilalarga pedagogik yordam berish;
bola tarbiyasi yaxshi yo’lga qo’yilgan oilalarni tegishli idoralar hamkorligida o’rganib, tajribalarini ommalashtirish;
o’qish va ishlashni xohlamaydigan, bezorilik yo’liga kirib ketgan o’smirlarni hisobga olib, ularga tegishli tashkilotlar bilan birgalikda zarur choralar ko’rib, ota-onalar yig’inlarida muhokama qilish;
tarbiya sub’ektlari bo’lmish huquqiy, tibbiy, ijodiy uyushmalar, yoshlar, tabiatni muhofaza qilish va “Ekosan”, “Qizil yarim oy”, barcha jamg’arma va jamoatchilik markazlari, ommaviy axborot vositalari, inson huquqlari bo’yicha milliy markazlar, kasaba uyushmalari, nodavlat tashkilotlari, ishlab chiqarish korxonalari, mahalliy boshqaruv idoralarining bola tarbiyasiga bo’lgan mas’uliyat va javobgarligini muvofiqlashtirish;
turar joyda va mahallada olib borilayotgan barcha tarbiyaviy, ma’naviy, ma’rifiy, madaniy-ommaviy va sport tadbirlari markazi – maktab bo’lishiga erishish;
o’quvchi-yoshlar, ota-onalar, jamoatchilik bilan huquqiy tarbiyani amalga oshirish, tarbiya jarayonining barcha ishtirokchilari orasida milliy mafkurani targ’ib qilish, aqidaparastlik va milliy taraqqiyotimizga zararli g’oyalarning kirib kelishiga qarshi murosasiz kurashishni tashkil etish;
ta’lim muassasalari nizomlari asosida o’quvchilarning maktabda joriy qilingan tartibga amal qilishlarini va nizomda belgilangan o’quvchilar libosida ta’lim va tarbiya jarayoniga qatnashishlarini ta’minlash;
mahallada, xotin-qizlar orasida zamonaviy bilimlarni targ’ib qilish, o’smir yoshlarning dunyoviy bilimlarga bo’lgan intilishlarini rag’batlantirish;
maktab negizida pedagogik, huquqiy, psixologik, ma’naviy va ma’rifiy bilimlar beruvchi “Ota-onalar universitetlari” faoliyatini tashkil qilish.