Ta’lim-tarbiya jarayonida oila, mahalla va ta’lim muassasi integratsiyasi
Oila, mahalla va ta'lim muassasasi hamkorligi kontseptsiyasi va uning mohiyati.
Yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla va ta'lim muassasasi hamkorligini amalga oshirish mexanizmi.
Oila, mahalla va ta'lim muassasasi hamkorligida tashkil etiladigan pedagogik faoliyat mazmuni.
Reja:
Mantiqiy savol?
Nimani 10 daqiqadan ortiq ushlab turishning iloji yo’q, garchi u o’ta yengil bo’lsa ham?
Bir burchakdan qimirlamagan holda butun dunyoni kezadi?
Tarbiya jarayoni ishtirokchilari sa'yi harakatlarini birlashtirish maqsadida 1993 yilda ishlab chiqilgan “Oila, mahalla va ta'lim muassasasi hamkorligi” Kontsepsiyasi yoshlarni istiqlol g'oyalariga sadoqatli, ma'naviy barkamol, vatanparvar qilib tarbiyalashda keng jamoatchilik faoliyatini muvofiqlashtirish borasida dasturulamal bo'ldi.
“Oila, mahalla, ta'lim muassasasi hamkorligi” Kontsepsiyasining asosiy maqsadi yosh avlodni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda o'zbek xalqining boy milliy, madaniy, tarixiy an'analari, urf-odatlari va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali, zamonaviy pedagogik texnologiyaning ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etish, shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligini ta'minlash, ota-onalar, pedagoglar va mahalla faollarining umumiy hamda milliy pedagogik madaniyatni oshirish, respublika fuqarolari orasida milliy mafkuraviy tarbiya ishlarini takomillashtirishdan iboratdir.
Oila, mahalla va ta'lim muassasasi hamkorligida quyidagi tamoyillar asosida yo'lga qo'yiladi:
1. Ta’lim va tarbiya sohasida hamkorlik jarayoni ishtirokchilari harakatlarining ish birligi.
2. Tarbiyalanuvchiga hurmat va talabning uyg'unligi.
3. Hamkorlik jarayoni sub'ektlarining teng huquqliligi va yuksak mas'uliyati.
4. Faoliyat jarayonida millat va davlat manfaatlari ustuvorligi.