5-bosqich. Yoshlarni (16 yosh va undan yuqori) dunyo andozalariga mos bilim olishlari, kasb tanlashlari, mustaqil hayotga tayyorgarliqlarini ta'minlash. Ularning imkoniyatlari darajasida ta'lim olishlariga, tanlagan kasblari bo'yicha ish bilan ta'minlanishlariga, iqtisodiy mustaqil bo'lishlariga shart-sharoit yaratish. Vatan, Davlat va jamiyat oldidagi fuqarolik burchlarini ado etishga javobgarlik hissini to'la shakllantirish, mustaqil oila qurishga tayyorlash.

Hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan ustuvor yo'nalishlar quyidagilardan iboratdir:
oila, mahalla, ta'lim muassasalari hamkorligini ta'minlashning huquqiy bazasini takomillashtirish, hamkorlikning kuchayishiga qaratilgan uslubiy ta'minotni mustahkamlash;
oilada yoshlar va ota-onalarning ijtimoiy faolligini oshirish;
o'quvchi yoshlarga ta'lim berish, ularni tarbiyalash, iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularni qiziqishlari bo'yicha kasbga yo'naltirish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni moddiy va ma'naviy jihatdan qo'llab- quvvatlash;
Hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan ustuvor yo'nalishlar quyidagilardan iboratdir:
voyaga yetmagan o'smirlar va yoshlar o'rtasida xuquqbuzarlik va nazoratsizlikning oldini olish bo'yicha profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish;
yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishga keng jalb etish orqali sog'lom oilaga tayyorlash;
barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni mazmunan takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish mexanizmini yaratish;
sog'lom avlodni tarbiyalashda ommaviy axborot vositalari va zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish.
Ota-onalar bilan farzandlar o'rtasidagi munosabatlarning oila tarbiyasidagi mohiyati nimada?