2. Sinf (guruh) ota-onalar majlisi. Pedagogik maslahat. Odobli, bilimdon va mehnatsevar, farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir. Bolani jamiyatda qabul qilingan qonunlarga, tartib-qoidalarga va axloqiy normalarga rioya qilishga o’rgatish avvalo oiladan boshlanadi. Farzandning axloq-odobi, xulq atvori dastavval oilada shakllanadi, undagi insoniylikning ilk xislatlari ota-ona bergan tarbiya orqali vujudga keladi. Oilada ota-ona, mahallada qo’ni-qo’shni va maktabda pedagog-tarbiyachilarning doimiy nazorati ostida bo’lgan bolada axloqiy rivojlanish jarayoni ravon kechadi. Bolaning oilada olgan tarbiyasini rivojlantirishda ayniqsa maktab ta’limi alohida o’rin tutadi. Maktab bolaning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, ijtimoiy faolligini oshirish va unga zamon talablari asosida ta’lim-tarbiya berishda ota-onalar bilan faol hamkorlik qilishi zarur. Maktab va ota-onalarning tarbiyaviy maqsadlardagi hamkorligini mustahkamlash, farzand tarbiyasi bo’yicha ota-onalarga pedagogik-uslubiy yordam ko’rsatish borasida «Ota-onalar majlisi»ning o’rni muhim hisoblanadi.
Ta’lim muassasalarida mazkur tadbirni samarali tashkil etish maqsadida uni quyidagi tartibda tashkil etish tavsiya etiladi.
Ta’lim muassasalarida «Ota-onalar majlisi» alohida sinflar va umummaktab miqyosida tashkil etiladi.
A) Sinf ota-onalar majlisi – o’quv yili davomida besh marta (o’quv yili boshlanishi oldidan, I, II, III va IV choraklar yakunida) o’tkaziladi. O’quv yili boshlanishidan oldin o’tkaziladigan majlisda ota-onalar maktabning ichki-tartib qoidalari bilan tanishtirilib, o’quvchilarga zamon talablari va milliy qadriyatlar asosida ta’lim-tarbiya berish jarayonida maktab jamoasi bilan amaliy hamkorligi borasidagi majburiyatlari (shartnoma asosida) belgilab beriladi. O’quv yili choraklari yakuni bo’yicha o’tkaziladigan majlislarda o’quvchilarning o’zlashtirishi, ular tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etish holatlari, tarbiya jarayonida yuzaga kelgan ziddiyatlar muhokama qilinib, ularni hal etish choralari ko’riladi.
B) Umumiy ota-onalar majlisi – o’quv yili boshi va oxirida o’tkazilib, unda ota-onalar maktab hayoti, o’quv yili davomida olib boriladigan hamda amalga oshirilgan tarbiyaviy ishlar va ularning natijalari bilan tanishtiriladi. o’quv yili boshida o’tkaziladigan maktab ota-onalar majlisining umumiy mavzusi o’quvchilarga zamon talablari asosida ta’lim-tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlarni (hamkorlikda)yaratishga qaratilishi lozim. o’quv yili oxirida o’tkaziladigan maktab ota-onalar majlisi esa hisobot shaklida tashkil etilib, unda rahbariyat tomonidan ota-onalarga o’quv yili davomida amalga oshirilgan tarbiyaviy ishlar va ularning natijalari to’g’risida axborot beriladi va maktab «Vasiylik kengashi»ning hisoboti eshitiladi.
Sinf ota-onalar majlisi quyidagi tartibda tashkil etiladi:
1) sinf rahbari tomonidan maktab ma’muriyati bilan kelishgan holda sinf ota-onalar majlisining kun tartibi va o’tkazish kuni belgilanadi (bunda ota-onalar majlisining umumiy mavzusi o’quvchilarning ta’lim-tarbiyasi borasida o’zaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilishi lozim);
2) sinfdagi barcha o’quvchilarning ota-onalariga yig’ilish o’tkaziladigan kun, vaqti va uning kun tartibi to’g’risida oldindan yozma xabar (taklifnoma) yuboriladi.
3) ota-onalar majlisiga kelgan soha mutaxassislari va ishtirokchilar yo’qlama qilinib, yig’ilish boshlanadi (yig’ilish boshlanishidan oldin o’quvchilar tomonidan tayyorlangan qisqa muddatli badiiy dastur tashkil etilishi, ota-onalarga ta’lim sohasidagi islohotlar bo’yicha (slayd yordamida) ma’lumotlar berilishi mumkin). yig’ilish kun tartibidan o’rin olgan mavzular hayotiy misollar, tarbiyaviy ahamiyatga ega rivoyat va hadislar orqali qiziqarli tarzda ochib beriladi hamda ota-onalarning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob beriladi. sinf rahbari tomonidan har bir o’quvchining o’zlashtirishi va xulqi bo’yicha ota-onalarga umumiy ma’lumot berilib, yuzaga kelgan munozarali vaziyatlar tahlili asosida oilada tarbiyaviy ishlarni tashkil etish yuzasidan pedagogik, uslubiy yordam ko’rsatiladi. shuningdek, har oy yakunlari bo’yicha e’lon qilingan «Eng faol o’quvchi» hamda «Eng faol sinf»lar to’g’risida ota-onalarga ma’lumot berilib, sinf yoki maktab miqyosida g’olib bo’lgan o’quvchilarning ota-onalariga tashakkurnoma topshiriladi. Qolgan ota-onalarga kelgusida farzandlari ham ushbu mavqeni egallashlariga amaliy yordam ko’rsatishlari bo’yicha tavsiyalar beriladi. yig’ilish kun tartibiga rejadan tashqari kiritilgan turli masalalar o’rnatilgan tartibda muhokama qilinadi (bunda moliyaviy masalalar muhokama qilinishaga yo’l qo’yilmaydi). yig’ilishning samaradorligini baholash va kelgusi yig’ilishlarda qamrab olinishi lozim bo’lgan dolzarb mavzularni aniqlash maqsadida ota-onalarning fikrlari yozma ravishda olinadi. yig’ilish yakunlanganligi e’lon qilinib, farzandining ta’lim-tarbiyasi yuzasidan alohida axborot olishni xohlagan ota-onalarga yig’ilishdan so’ng suhbatlashish uchun qolishlari mumkinligi eslatiladi.
Ota-onalar bilan o’tkaziladigan ilk suhbat chog’ida ota-onalarning farzandlarini ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash borasidagi faollik darajasini aniqlashga yordam beruvchi anketa so’rovlarini o’tkazish mumkin. So’rovnomalar farzandining ma’naviy-axloqiy tarbiyasi va o’quvchilik madaniyatini shakllantirishga nisbatan ota-onalarning shaxsiy munosabatlarini aniqlashga qaratilishi lozim. Shu o’rinda «Siz qanday ota-onasiz?» deb nomlangan namunaviy test savollari ilova qilinadi.
Umumiy ota-onalar majlisi quyidagi tartibda tashkil etiladi: maktab rahbariyati tomonidan «Ota-onalar qo’mitasi» va «Vasiylik kengashi» bilan kelishgan holda umummaktab ota-onalar majlisining kun tartibi va o’tkazish kuni belgilanib, barcha o’quvchilarning ota-onalariga yig’ilish vaqti va uning kun tartibi to’g’risida oldindan yozma xabar (taklifnoma) yuboriladi. Maktabda bir oiladan ikki yoki undan ortiq bola ta’lim olayotgan bo’lsa, ular uchun bir nafar ota yoki ona ishtirok etishi etarli hisoblanadi. umumiy ota-onalar majlisi ta’lim muassasasining imkoniyatlaridan kelib chiqib, barcha ota-onalar uchun bir vaqtda yoki 1-4-sinf va 5-9-sinf o’quvchilarining ota-onalari uchun alohida vaqtlarda tashkil etilishi mumkin. umumiy ota-onalar majlisiga maktab hududidagi mahalla raislari, ularning diniy-ma’rifat va axloqiy tarbiya ishlari bo’yicha maslahatchilari, voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha profilaktika inspektorlari taklif etiladi. majlisga taklif etilgan mutaxassislar va ishtirokchilar yo’qlama qilinib, yig’ilish boshlanadi. Unda ota-onalarga yurtimizda ta’lim tizimiga berilayotgan e’tibor, uzluksiz ta’lim sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalari, bitiruvchilar uchun yaratilgan shart sharoitlar to’g’risida ko’rgazmali ma’lumotlar beriladi. kun tartibidan o’rin olgan ijtimoiy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy mavzular bilan birga el-yurt hurmatiga sazavor bo’lgan, farzandlarini munosib tarbiyalab kamolga etkazgan kishilarning bu boradagi tajribalari haqida yig’ilganlarga tavsiyalar berishi maqsadga muvofiq. yil yakuni bo’yicha o’tkazilayotgan umumiy ota-onalar majlisida namunali xulqi va a’lo o’qishlari bilan tengdoshlariga o’rnak bo’lgan o’quvchilarning ota-onalariga maktab ma’muriyatining tashakkurnomalari va nominatsiyalar («Eng namunali ota-ona», «Eng faol ota-ona», «Eng fidoiy ota-ona» va hakozo) bo’yicha faxriy yorliqlari topshiriladi. shuningdek, o’quv yili davomida e’lon qilingan «Eng faol o’quvchi» hamda «Eng faol sinf»lar to’g’risida ota-onalarga ma’lumot berilib, maktab miqyosida g’olib bo’lgan barcha o’quvchilarning ota-onalariga hamda sinflarning ota-onalar qo’mitasi raislariga tashakkurnoma topshiriladi.
Ota-onalar bilan o’tkaziladigan har bir yig’ilishda o’quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga oid quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratilishi lozim: A) Har bir o’quvchiga shaxs sifatida yondoshish, ulardagi qobiliyatlarni erta aniqlash, erkin fikrlashlarini shakllantirish va kasbga yo’naltirib borish. B) O’quvchi tarbiyasiga individual yondoshish, tarbiyaviy bo’shliqlarini aniqlash, uning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi monitoringini olib borish, bu jarayonga (kundalik va tashxis daftariga qayd etish orqali) ota-onalar e’tiborini qaratilishini tashkil etish. V) O’z navbatida ota-onalar tomonidan farzandi bilan yakka tartibda shug’ullanish (bolaning kun davomidagi xatti-haraktlarini muhokama qilish, kundalik daftaridagi bilimi va hulqiga qo’yilgan baholar bo’yicha munosabat bildirish, uy vazifalarini bajarganligini nazorat qilish)ga etarli miqdorda vaqt ajratish.
Ota-onalar majlisi maktab va sinf hayotidagi favqulodda holatlar va zaruriyatlarga qarab navbatdan tashqari tashkil etilishi mumkin. Shuningdek, yuqori sinf qizlarining onalari (yoki ularni o’rnining bosuvchi shaxslar), o’g’il bolalarning otalari (yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar) uchun alohida majlis qilish ham tarbiyaviy ishlar samaradorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Sinf ota-onalar yig’ilishlarida foydalanish uchun bir qancha metodika ishlab chiqilgan bo’lib, quyidagi shulardan bitta namunasi keltirilgan. Siz o’z faoliyatingizda ushbu metodikadan foydalanishingiz mumkin.
XULOSA Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, amlakatimizda so’nggi yillarda qabul qilingan ta’lim va tarbiya to’g’risidagi qator me’yoriy hujjatlar, jumladan O’z3bekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida"gi qonuni”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” bozor iqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, mustaqil fikrlovchi kadrlarni tayyorlashda oila, mahalla va o’quv bilim yurti nufuzini yanada yuqori pog’onaga ko’tarishni taqzo etadi.
Oila boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli pavishda odamning butun hayoti davomida uning barcha tomonlariga, qirralariga ta’sir ko’rsatishga qodirdir va odatda ta’sir ko’rsatadi. Oila tarbiya vazifasining bu ulkan miqyosi uning mafkuraviy va psixologik ta’sir ko’rsatiishning chuqur o’ziga xosligi bilan uyg’unlashib ketadi. Bu esa uni oliy darajada ta’sirchan qilibgina qolmay, shu bilan birga shaxsni shakllantirish jarayonining zarur buginiga ham aylantiradi.