“Pedagogik
texnologiya - tarbiya jarayoniga texnologik yondashgan holda, oldindan belgilab olingan
maqsad, mazmun, yo‘nalish, ko‘rsatgichlaridan kelib chiqib, tarbiya jarayonini loyihalash
va tizimli yondashishdir”.
Ushbu ta’rifdan shu narsa ma’lumki, o‘quv maqsadlariga erishish va yaxshi natijani qo‘lga
kiritishning muhim sharti tarbiyalash texnologiyasining mexanizmi bo‘lgan tarbiya jarayonini
loyihalash va ta’lim-tarbiyaga tizimli yondoshishdir.
Respublikada pedagogik texnologiyani ta’lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etish va uni fan
sifatida e’tirof etishni birinchilardan bo‘lib pedagog olimlardan B.L.Farberman, N.S.
Sayidaxmedov,
M.Ochilov,
O.Roziqov,
X.Abdukarimov,
T.Nazarova,
K.Zaripov,
B.Ziyomuhammedov va boshqalar talqin qildilar. Bular tomonidan pedagogik texnologiyaning
mazmun mohiyatini aniqlashtirish, uning xududga mos variantini yaratish, ta’lim-tarbiyani
texnologiyalashtirish vositasida barkamol shaxsni shakllantirish va yuksaltirish masalalari
ko‘tarilib chiqildi.
Shunday qilib, pedagogik texnologiya ilmiy konsepsiyaga asoslangan maqsadni belgilash
va unga erishishda ijtimoiy, didaktik, ruhiy-pedagogik, falsafiy nazariyaga suyangan vazifa,
faoliyat, natija yaxlitligi, muvaffaqiyatini ta’minlaydigan, ta’lim-tarbiyaning loyihalangan jarayoni,
tamoyillari metodlari, vositalarining o‘zaro hamkorlikdagi birligidir.
Shu o‘rinda ikkinchi masalaning xulosa sifatida pedagogika fanlari doktori, professor
M.Ochilovning fikriga qo‘shilgan holda pedagogika nazariyasi va amaliyotida tan olingan va ilmiy
nazariy jihatdan asoslangan, pedagogik olimlar bildirgan fikrlarni tahlil qilib, pedagogik
texnologiyaning mohiyat-mazmuniga quyidagilarni kiritishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Ta’lim-tarbiya jarayonini oldindan loyihalash ;
tizimli yondashuv asosida tarbiyalanuvchilar bilish faoliyatini tasvirlaydigan tarbiya
jarayoni loyihasini tuzish;
Ta’lim-tarbiya maqsadi real, aniq diagnostik bo‘lishi va tarbiyalanuvchining bilish
o‘zlashtirish sifatini obyektiv baholash;
Ta’lim-tarbiya jarayonining tuzilishi va mazmunini yaxlitligi, o‘zaro bog‘liq va o‘zaro
ta’sirda bo‘lishi;
tarbiya shakllarini optimallashtirish (qulaylashtirish);
40
tarbiya jarayonida texnik vositalar va inson salohiyatining o‘zaro ta’sirini hisobga olish;
tarbiya maqsadlarini ko‘zlagan etalon asosida tarbiyalanuvchining kuzatiladigan,
o‘lchanadigan xarakterlari shaklida juda oydinlashtirish;
tarbiyalanuvchining faolligiga tayanib tarbiyalash;
bilish o‘zlashtirish jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatolarni aniqlab, kuzatib borish;
shakllantiruvchi va izohlovchi baholar;
belgilangan mezonlarga binoan test vazifalarini bajarish;
ta’lim-tarbiyaning kafolatlanganligi;
ta’lim-tarbiya samaradorligining yuqoriligi;
Uning yana bir xususiyati shundaki, ilmiy asoslangan, yaxshi loyihalangan pedagogik
texnologiya tarbiyachi mahoratidan qat’iy nazar ko‘zlangan maqsadga erishishni kafolatlaydi,
tarbiyalanuvchi ta’lim-tarbiyaning yakunida egallagan bilimlarni faol amalga oshiruvchisiga
aylanadi.Shunday qilib, pedagogik texnologiya ilmiy konsepsiyaga asoslangan, maqsadni belgilash
va unga erishishda ijtimoiy, didaktik, ruhiy-pedagogik, falsafiy nazariyaga suyangan, vazifa,
faoliyat, natija yaxlitligi. Muvaffaqiyatini ta’minlaydigan, ta’lim-tarbiyaning loyihalangan jarayoni
tamoyillari, prinsiplari, metodlari, vositalarining o‘zaro hamkorligidagi birligidir.
Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish, birinchi navbatda, ta‘limning paradigmasini o‘zgartiradi.
Agar ta‘lim tizimida o‘qitish ustuvor sanalgan bo‘lsa, hozir kunda jamiyatning axborotlashuvi
davrida ustuvorlik o‘qishga va o‘rgatishga yo‘naltirilgan. Shu sababdan ta‘limning o‘qituvchi-
darslik-o‘quvchi paradigmasi o‘quvchi-darslik-o‘qituvchi paradigmasi bilan o‘rin almashmoqda.
O‘qituvchi endilikda yangi statusga ega bo‘ladi, endi uning vazifasi o‘quvchilarda mustaqil bilim
olish imkoniyatlarini yaratish va ijodiy faoliyatlarini tashkil etish, bilimlarni mustaqil egallash va
ularni amaliyotda qo‘llashga o‘rgatishdan iborat. O‘qituvchi bunday maqsadlarda o‘qitishning
metodlari, texnologiyalarini shunday tanlashi kerakki, u o‘quvchilarga nafaqat tayyor bilimlarni
o‘zlashtirishlarida, balki bilimlarni turli manbalardan izlash, mustaqil egallash, o‘zlarida
shaxsiy nuqtai nazarning shakllanishi, uni asoslashi va avvalgi egallangan bilimlardan yangilarini
olishda foydalanish imkoniyatini yaratishi kerak. Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish – bu
o‘quvchining yosh va shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyati va imkoniyatlarini inobatga oluvchi,
ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalaridan o‘quvchi shaxsini rivojlantirishda samarali
foydalanuvchi o‘qitishdir. Shunday qilib, shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitishda o‘qitishni
tabaqalashtirish va individuallashtirish asosiy tamoyil sifatida qaraladi.
Zamonaviy jamiyatda ta‘lim tizimini rivojlantirishning strategik yo‘nalishi – bu
insonning turli sohalarda maqsadli mustaqil faoliyat asosida intellektual va axloqiy
rivojlanishidir. Bunda uchta asosiy vazifaga e‘tibor qaratiladi:
1. Ta‘lim tizimini isloh etish.
2. Mustaqil faoliyat tamoyilini ta‘lim va tarbiyaning asosiy tamoyili sifatida e‘tirof etish.
3. Ta‘lim va tarbiya jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish.
Xullas, zamonaviy insonning o‘qish jarayoni faqat bog‘cha, umumta‘lim maktablari,
akademik litseylar yoki kasb-hunar kollejlari, oliy ta‘lim muassasalari bilan tugamaydi. Inson
butun umri davomida ta‘lim olishi zarur, ya‘ni ta‘lim uzluksiz bo‘lishi kerak. Demak, uzluksiz
ta‘lim – davr talabidir. Demak, bu muammo zamonaviy axborot texnologiyalariga bo‘lgan
ehtiyojni yanada shakllantirishi shubhasiz.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. M.Azimjanova, T.Muradova, M.Pazilova. Informatika va axborot texnologiyalari. O‘quv
qo’llanma. “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati”, –Т: 2013у
41
2. M.Aripov, M.Muhammadiyev. Informatika, informatsion texnologiyalar. Darslik. –
T.: TDYuI. 2004 y.
3.T.G’afforova. Boshlang`ich sinflarda zamonaviy pedagogik texnologiyalar.Toshkent-2011
4. http://ru.wikipedia.org – erkin ensiklopediya «Vikipediya»
Dostları ilə paylaş: |