Shu yilning 9 sentabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ishtirokida
O‗zLiDeP Qurultoyi o‗tkazildi. Unda davlat rahbari ―Yangi O‗zbekiston –
inson
qadri ustuvor bo‗lgan jamiyat va xalqparvar davlatdir‖ mavzuida nutq so‗zladi.
Prezident ta'lim sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan islohotlarga ham
alohida e'tibor qaratib, o‗sib kelayotgan yosh avlod ta'lim-tarbiyasi davlat
siyosatining ustuvor yo‗nalishi bo‗lib qolishiga alohida urg‗u berib o‗tdi. Unga
ko‗ra kelgusida maktabgacha ta'lim muassasalariga bolalarimizni qamrab olish
darajasi 80 foizga oshirilishi, yana yangidan 7000 ta bog‗cha
tashkil etilishi
ta'kidlandi. ―Bundan ko‗zlangan asosiy maqsadimiz, – dedi davlat rahbari, - yetti
yoshgacha bo‗lgan birorta ham farzandimiz, maktabga chiqqunga qadar e'tiborsiz
va bilimsiz qolmasligi kerak‖. Shu bilan bir qatorda kelgusi besh yilda qo‗shimcha
1,2 million o‗quvchi o‗rni yaratish uchun maktablarni rekonstruksiya qilish va
yangidan barpo etish nazarda tutilmoqda.
Gap modomiki ta'lim haqida borar ekan, shuni ta'kidlash joizki,
mamlakatimizda xususiy OTMlar sonini 2026 yilga qadar yana 50 taga yetkazish
ko‗zda tutildi. Shuningdek, OTMlarga qabul kvotalarning oshirilishi talabalar turar
joyiga bo‗lgan ehtiyojni kuchaytiradi. Shu munosabat
bilan davlatimiz rahbari
kelgusida 100 ming talabaga mo‗ljallangan yotoqxonalar barpo etilishini ta'kidlab
o‗tdi.
Xulosa o‗rnida shuni alohida aytish mumkinki, mamlakatimiz ilm-fanni
qo‗llab-quvvatlash bo‗yicha dunyo reytingida munosib o‗rin egallashni tobora
qat'iy ta'minlab bormoqda. Vatanimizni — xalqaro ekspertlar fikricha, ―Bugun
O‗zbekiston kompleks islohotlar o‗lkasi, bunyodkorlik jo‗sh urgan diyor‖
degan
xulosalari kishini quvontiradi. Zero, ilmga, fan rivojiga yaratilayotgan imkoniyatlar
hech shubhasiz, ma'rifatga keng yo‗l ochadi. Jamiyatning ilmli, ma'rifatli jamiyat
bo‗lishi yo‗lidagi islohotlar esa o‗z o‗rnida mamlakat yuksak taraqqiyotga
erishishida asosiy omil bo‗lib xizmat qiladi.
SHavkat Mirziyoyev 2020-yil 23-Sentyabr kuni ―Ta‘lim to`g`risida‖gi qonunning
yangi tahririni imzoladi deya xabar qildi adliya vazirligi matbuot xizmati. Mazkur
hujjat 19- Mayda Oliy majlis qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ikkinchi
o`qishda
qabul qilinib, 7-Avgustda Senat tomonidan ma‘qullangan edi. Qonunga
muvofiq ta‘lim turlari quyidagilardan iborat.
-Maktabgacha ta‘lim va tarbiya:
-Umumiy o`rta va o`rta maxsus ta‘lim:
-Professional ta‘lim:
-Oliy ta‘lim:
-Oliy ta‘limdan keying talim:
-Kadirlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish:
-Maktabdan tashqari ta‘lim:
Bizga ma‘lumki, bugungi kunda mamlakatimizda har bir sohada keng ko‗lamli
islohotlar amalga oshirilmoqda. O‗z navbatida, mazkur islohotlarning salmoqli
qismini ta‘lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar tashkil etmoqda. So‗nggi
yillarda ta‘lim sohasining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil
etish bo‗yicha amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ta‘lim
tizimidagi
islohotlar va amaliy chora-tadbirlar quyidagi yo‗nalishlar bo‗yicha tashkil
etilmoqda:
1) maktabgacha ta‘lim sohasida;
2) umumiy o‗rta va o‗rta maxsus ta‘lim;
3) oliy ta‘lim;
4) oliy ta‘limdan keyingi ta‘lim;
5) kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
Demak, amalga oshirilayotgan islohotlarning, avvalo, maktabgacha ta‘lim va
tarbiya sohasida boshlanishi ham bugungi kunda ushbu sohaga alohida e‘tibor
berilayotganligidan darak bermoqda. Bugungi globallashuv jarayonida bolalar
tarbiyasida eng asosiy bo‗g‗in hisoblangan maktabgacha ta‘lim tizimining
jamiyatimiz hayotidagi o‗rni va ahamiyati beqiyos hisoblanadi.
Mazkur sohaga
bo‗lgan e‘tibor mamlakatning ertangi taraqqiyoti uchun mustahkam zamin yaratadi.
Mazkur sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asosi sifatida
―
Dostları ilə paylaş: