Prezidentimiz SH.M. Mirziyoyev
ta‘kidlaganlaridek, ―
farzandlarimiz maktabdan
qanchalik bilimli bo„lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot
tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko„plab ijtimoiy muammolarni yechish imkoni
tug„iladi.
Shunday
ekan,
Yangi
O‘zbekiston
ostonasi
maktabdan
boshlanadi
desam, o„ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo„llab-quvvatlaydi
‖.
Bundan
tashqari, ta‘lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ma‘lum
qismini, albatta, oliy ta‘lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi.
Hususan, O‗zbekiston Respublikasida oliy ta‘limni tizimli isloh qilishning ustuvor
yo‗nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash
jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‗tarish, oliy ta‘limni modernizasiya
qilish, ilg‗or ta‘lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot
tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida O‗zbekiston
Respublikasi Prezidentining
2019 yil 8 oktyabrdagi PF–5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan
O‘zbekiston
Respublikasi
oliy
ta’lim
tizimini
2030
yilgacha rivojlantirish
Konsepsiyasi
mazkur sohadagi yangi islohotlar uchun
debocha vazifasini bajarib
bermoqda.
Bugungi kunda jahondagi nufuzli oliy ta‘lim muassasalari ilm-fanning yirik
o‗choqlari hisoblanishi hech kimga sir emas. Bugungi
kunda yangi-yangi oliy
o‗quv yurtlari, dunyodagi yetakchi universitetlarning filiallari tashkil etilmoqda.
Misol uchun, so‗nggi 4 yilda mamlakatimizda 47 ta yangi oliy ta‘lim muassasasi,
jumladan, xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etilib, oliy o‗quv yurtlarining
soni 125 taga yetdi.
Davlat-xususiy sheriklik tizimi asosida nodavlat oliy ta‘lim
muassasalari
faoliyati yo‗lga qo‗yilmoqda. Aholi fikrini o‗rgangan holda, sirtqi va kechki ta‘lim
shakllarini qayta tikladik, qabul kvotalari oshirilmoqda.
Maktab bitiruvchilarini
oliy ta‘limga qamrab olish darajasi 2016 yilgi 9 foizdan 2020 yilda 25 foizga
yetgan bo‗lsa-da,biz bu ishlarni yanada kengaytirishimiz zarur.Professor-
o‗qituvchilarning xorijdagi oliy ta‘lim hamda ilmiy-tadqiqot maskanlarida malaka
oshirishi va stajirovka o‗tashini ta‘minlaydigan mexanizm yaratildi. Ularning oylik
ish haqi miqdori 2018 yilga nisbatan o‗rtacha 2,5 barobar oshirildi.
Bu yildan
boshlab 10 ta oliy ta‘lim muassasasi o‗zini o‗zi moliyalashtirish tizimiga o‗tkazildi.
Demak, yuqoridagilardan xulosa qiladigan bo‗lsak, ta‘lim sohasidagi islohotlar
ham bugungi kunda o‗zining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan boshqa
sohalardagi islohotlardan aslo qolishmaydi. Chunki
ushbu sohadagi islohotlarni
yanada keng ko‗lamda davom ettirish davr talabidir.