SHaxsiy yondashishda birinchi navbatda quyidagilar zarur bo‘ladi:
har bir o‘quvchi qiyofasida noyob shaxsni ko‘rish, uni hurmat qilish, tushunish, qabul qilish, unga ishonish. Pedagogda barcha o‘quvchilar iste’dodli degan ishonch bo‘lishi kerak.
shaxsga, yutuqni ma’qullovchi, qo‘llab-quvvatlovchi, xayrixoh vaziyatlar yaratish, ya’ni o‘qish qoniqish va xursandchilikni olib kelishi kerak.
bevosita majburlashga yo‘l qo‘ymaslik, qoloqlikka va boshqa kamchiliklarga urg‘u bermaslik, uning nafsoniyatiga tegmaslik.
pedagogik jarayonda, o‘quvchilarga o‘z qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratish va ko‘maklashish.
Oliy, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tizimi uchun, o‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
ishbilarmonlik o‘yinlari;
muammoli o‘qitish;
tabaqalashtirilgan o‘qitish;
dasturlashtirilgan o‘qitish;
kompyuterlashtirilgan o‘qitish;
modulli o‘qitish.
SHaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari ilmiy-texnikaviy taraqqiyoti jadallashtirilgan davrida rivojlangan davlatlarda shakllantirilganligini inobatga olgan holda ular chuqur ildizlarga ega ekanligini ta’kidlash to‘g‘ri bo‘lar edi.
Qadimiy faylasuf Sokrat o‘z chiqishlarida savol va javob usulini ishlatar edi. Bu usul haqiqatni bilib olish uchun yordam berar edi.
Qadimiy Rim pedagogi M.F.Kvantilian har bir shogirdga e’tibor va diqqat bilan yondashishni tavsiya bergan edi.
O‘rta asr SHarqining buyuk olim-mutafakkirlari tomonidan yirik pedagogik meros qoldirilgin. Asrlar, mingyillar davomida shaxsga muhabbat va hurmat, unga yordamlashish xislatlari asosida sivilizatsiya shakllanib keldi.
Millatimiz shakllanishi bilan birgalikda xalqimizning mentaliteti insonga muhabbat va hurmat ko‘rsatish, unga yordamlashish xislatlari asosida yuzaga chiqdi. Eng avvalo, yoshlarimizga nisbatan muhabbat yaqqol namoyon bo‘ladi. Xalqimiz bolalarga «siz» deb munosabat qilur, kattalar ularga birinchi bo‘lib «salom» berur.