YAponiyaning zamonaviy pedagog-olimlari bolani kuniga 200 martagacha erkalatishni tavsiya beradilar. Bu zamonaviy g‘oyalarning debochasi, buyuk ajdodimiz Al-Buxoriyning «Hadis» kitobida «Bolaga rahmdillik qilmoq, uni o‘pib quchoqlamoq haqida» bobida yoritilgan. SHaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalarning o‘zagi shaxslar o‘rtasidagi yuqori qadriyatlarga, teng huquqlilikka asoslangan munosabat hisoblanadi. Bu qadriyatlar Al-Buxoriyning «Hadis» kitobida «SHirin so‘z odam haqida», «So‘kmoq va la’natlamoq ta’qiqlanganligi haqida» boblarida namoyon etilgan. Unda shaxsni so‘kish uni o‘ldirish bilan tenglashtirilgan.
Xulosa qilib ta’kidlash lozimki, ajoyib shaxsiy fazilatlarga asoslangan ta’limimiz, jahon fanning shakllanishiga va rivoji o‘zining munosib xissa qo‘shgani bilan ajralib turadi. Abu Ali ibn Sino, A.Beruniy, Al-Xorazmiy, M.Ulug‘bek, Al-Buxoriy, A.G‘ijduvoniy, B.Naqshbandiy, A.Navoiy, Z.Bobir kabi buyuk ajdodlarimizning ta’limoti, jahon sivilizatsiyasidagi bebaho ulushini bugungi kunda butun dunyo tan olmoqda.
Pedagogika fanining rivojlanishiga Evropa buyuk pedagog-olimlari hissa qo‘shgan, jumladan: italiyalik Vittarino di Feltre, fransuz Fransua Rable, ingliz Tomas More, nemis A.Distruverg, rus K.D.Ushinskiy va boshqalarni ta’kidlab o‘tish mumkin.
Bular gumanistik tarbiyani, mustaqil fikrlashni rivojlanishini, ijodni, faolligini, ko‘rgazma materiallarni keng foydalanishini, nazariy ta’limni mehnat bilan bog‘lanish tarafdori edilar. Ular pedagogik jarayonda o‘quvchilarni sub’ekt deb hisoblar edilar.
SHaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar insonning aqliy qobiliyatlarini ochishiga xizmat qiladi.
6-mavzu. Muammoli o‘qitish texnologiyasi.
Reja:
Muammoli o’qitish mazmuni.
Muammoli o’qitish texnologiyasining tuzilmasi
Muammoli ta’limni tashkil etish
Tayanch tushuncha: muammo, muammoli vaziyat, muammoli o’qitish, muammoli ta’lim, muammoli ta’lim texnologiyasi, tashkil etish.
Muammoli o‘qitish amerikalik faylasuf, psixolog va pedagog Dj.Dyunning nazariy qoidalariga asoslanadi va XX asrning 20-30-yillarida tarqala boshladi. Dj.Dyun o‘qitish uchun quyidagilarni asos qilib belgiladi: ijtimoiy, konstruksiyalash, badiiy ifodalash, ilmiy-tadqiqiy. Bu asoslarni amalga oshirish uchun quyidagilar tavsiya etiladi: so‘z, san’at asarlari, texnik qurilmalar, o‘yinlar va mehnat.
Bugungi kunda, muammoli o‘qitish (3.2-rasm) deganda mashg‘ulotlarda pedagog tomonidan yaratiladigan muammoli vaziyatlar va ularni echishga qaratilgan o‘quvchilarning faol mustaqil faoliyati tushuniladi. Buning natijasida o‘quvchilar kasbiy bilimlarga, ko‘nikmalarga, malakalarga ega bo‘ladilar va fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi.
Muammoli o‘qitish, o‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarga taalluqli, chunki bu erda shaxs sub’ekt sifatida qaraladi, muammoli vaziyatlarning maqsadi - pedagogik jarayonda o‘ziga xos qiziqish uyg‘otishdir.
Dostları ilə paylaş: |