Uzluksiz teskari aloqa va o‘quv maqsadlarga erishilganligini baholashni ta’minlash majburiy hisoblanadi.
3.7-rasm. «Individuallashtirishgan o‘qitish»ning blok-sxemasi
II босқич
I босқич
III босқич
IV босқич
3.8-rasm. Individuallashtirilgan o‘qitishning texnologik sxemasi
Nazorat savollari
Tabaqalashtirilgan o‘qitish texnologiyasini ta’rifini va mohiyatini aytib bering.
Tabaqalashtirilgan o‘qitishni maqsadga yo‘nalishlarni tushuntirib bering.
Tabaqalashtirilgan o‘qitishni konseptual qoidalarni aytib bering.
Gomogen guruhlarini tashkil etish usullarni namoyon eiting.
Tabaqalashtirilgan o‘qitishning texnologik sxemasini izohlab bering.
Individual o‘qitish, individual yondashish, individuallashtirilgan o‘qitish, individuallashtirilgan o‘qitish texnologiyasi iboralarni ta’rifini aytib bering va mazmunini tushuntirib bering.
Individuallashtirilgan o‘qitishni maqsadli yo‘nalishlarini aytib bering.
Individuallashtirilgan o‘qitishni individual o‘qitish konsepsiyasini tushuntirib bering.
Talabalarning individual-psixologik xususiyatlarni tushuntirib bering.
Individuallashtirilgan o‘qitish texnologiyasining o‘qitish tamoyillarni aytib bering.
Gomogen guruhlarni tuzishini namoyon eting.
Individuallashtirilgan o‘qitishning texnologik sxemasini izohlab bering.
8-mavzu. Kompyuterli o‘qitish texnologiyasi
Reja:
Kompyuter texnologiyalari
O’qitish jarayonida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish
Kompyuterli o’qitish texnologiyasi
Tayanch tushunchalar: kompyuter, kompyuter texnologiyalari, kompyuterli o’qitish texnologiyasi
Kompyuterlashtirilgan o‘qitish texnologiyasi – bu kompyuterdan foydalanishga asoslangan o‘qitishdir. O‘qitishning kompyuter texnologiyasi yangi axborot texnologiyalarning bir turidir. Axborot texnologiyalarda bundan tashqari boshqa axborot vositalari (televidenie, video va boshqalar) ishlatilishi mumkin. Kompyuter texnologiyalari dasturlashtirilgan o‘qitish g‘oyalarini rivojlantiradi, zamonaviy kompyuterlar va telekommunikatsiyalarning yirik imkoniyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan o‘qitishning mutlaqo yangi hali tadqiq qilinmagan texnologik variantlarini ochib beradi. Telekommunikatsion tizimlar, shu jumladan kompyuterlar hozirgi zamon ilmiy-texnik taraqqiyotning mahsuli hisoblanadi. Ilmiy-texnik taraqqiyot ilmiy-texnik axborotning ko‘chkisimon o‘sishi bilan belgilanadi. Talabalarning individual tabiiy qobiliyatlarini hisobga olib, imkoni boricha maksimal darajadagi axborotni o‘zlashtirish faqat kompyuterlar yordamida amalga oshirilishi mumkin. YA’ni o‘qitishning kompyuter texnologiyasi asosida o‘quv jarayonini jadallashtirish va samaradorligini maksimal darajada oshirishga erishish mumkin.
O‘qitishning kompyuter texnologiyasi, kompyuterning inson individual qobiliyatlariga mosligiga tayanadi. O‘qitish jarayonini optimal darajada tezkor boshqarish imkoniyati mavjudligi, bu o‘qitishning turining universal muloqoti ko‘rinishida ekanligi, psixologik qulayliklari, o‘qitishning cheklanmaganligi bilan ajralib turadi.
Kompyuterli o‘qitish texnologiyasi mazmun jihatdan kompyuter xotirasiga kiritilgan pedagogik dasturiy vositalar bilan farqlanadi. Dasturiy vositalar mavzu, bo‘lim yoki butun o‘quv fani bo‘yicha tuzilishi mumkin va u o‘quv materiali o‘zlashtirilishi diagnostikasi baholashni va monitoringini ham o‘z ichiga oladi. Kompyuterli o‘qitish texnologiyasining samaradorligi dasturiy vositalarning ishlab chiqilish darajasi bilan bir qatorda o‘quv jarayonini va ishchi o‘rinlarini (3.9, 3.10-rasm) to‘g‘ri tashkil etilganiga bog‘liq bo‘ladi.
Kompyuterli o‘qitish texnologiyasida quyidagilar zarur hisoblanadi: individual o‘qitish; muntazam ravishda kompyuter yordamida diagnostik testlar o‘tkazish; o‘quv maqsadlariga erishilganligini baholash.
Dostları ilə paylaş: |