"TA’lim texnologiyalari" fanidan o’quv uslubiy majmua


Қўлланиладиган ўқитиш усуллари



Yüklə 1,62 Mb.
səhifə5/98
tarix17.03.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#88496
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98
pedtexnologiya

Қўлланиладиган ўқитиш усуллари




I

Verbal o‘qitish

II

Ko‘rgazmali o‘qitish

III

Faoliyat yondashuvi asosida o‘qitish

Ўрганиш фаолияти босқичлари

Асос тамойиллари



I


Yodlashga yo’nalti­rilgan va badan jazolanishidan foydalaniladigan o’qitish usullari

II

Avtoritar o’qitish texnologiyasiga asoslangan sinf-dars tizimi

III

SHaxsga yo’naltirilgan o’qitish texnologiyalari




1.1-rasm. Pedagogika fanning shakllanishini va rivojlanishning bosqichlari blok-sxemasi


1.2-rasm. «Pedagogik texnologiya» fanining vujudga kelish ob’ektivligi

Pedagogik texnologiya atamasi, hali standartlashtirilmagan, shuning uchun uning anchagina ta’riflari mavjud. Misol tariqasida pedagogik texnologiya (PT) ning bir necha ta’riflarini keltiramiz.


PT – bu, o‘quv vaziyatlarini loyihalash asosidagi o‘qituvchi va o‘quvchilarning algoritmlashtirilgan faoliyatidir. (Palchevskiy, Fridman)
PT – bu, oldindan loyihalashtirilgan o‘quv-tarbiya jarayonini, amaliyotga tizimli va ketma-ket tadbiq etilishidir. (V.P.Bespalko)
PT – bu, mashinalar vositasida o‘qitish san’ati yoki pedagogik faoliyatni muhandislik san’atiga o‘xshatishdir. (G.Ilin)
PT – bu bilimlar o‘zlashtirilishining barcha jihozlari muammola­rini tahlil etish va rejalashtirish, ta’minlash, baholash va muammolar echimini boshqarishga qaratilgan faoliyatni tash­kil etish usullari va vositalari, odamlar, g‘oyalarni o‘z ichiga oluvchi majmualashgan jarayondir (AQSHning pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar assotsiatsiyasi).
Pedagogik texnologiyaning ko‘p ta’riflari mavjudligi, bu atamaning standartlashtirilmaganligini inobatga olib, unga nufuzli tashkilot YUNESKO tomonidan berilgan ta’rifiga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir.


Pedagogik texnologiya bu - texnikaviy va insoniy manbalarni va ularning o‘zaro bog‘liqligini inobatga olib, o‘z oldiga ta’lim shakllarini maqbullashtirish vazifasini qo‘yadigan, butun o‘qitish va bilim olish jarayonini, yaratish, qo‘llash va aniqlash bo‘yicha tizimli qarashdir.

Keltirilgan bu ta’rifdan, pedagogik texnologiyaning – tizimlilik va samaradorlik kabi majburiy belgilarini alohida ta’kidlash mumkin. Bunga pedagogik texnologiyaning majburiy tashkil etuvchi belgilarining yana birisi qayta takrorlanishni qo‘shish lozim bo‘ladi. YUqoridagilarni e’tiborga olib, pedagogik texnologiyani - maqbullashtirilgan, unifikatsiyalashtirilgan va qayta takrorlanadigan o‘quv jarayonini yaratish va qo‘llash deb, xarakterlash mumkin.


Pedagogika fanida nazariy bilimlar va amaliy tajribaning yirik massivi to‘plangan. Ammo XX asrning ikkinchi yarmigacha birorta ham mashhur pedagog o‘zlari erishgan yuqori natijalarga, boshqalarni ham erishishga imkoniyat beradigan, qayta takrorlanadigan pedagogik siklni yarata olmadi.
Buning sababi shundan iboratki, buyuk pedagoglarning usullari ma’lum darajada pedagog shaxsini o‘z ichiga oladi. Pedagogika muammolariga bag‘ishlangan kitoblar, pedagogika fani talab qilganidek «ijobiy misollar», «qattiq» o‘rnatilgan haqiqatlar, tamoyillar, qoidalar va qonunlarni o‘rgatar edi. Bu kitoblarni o‘qigan barcha, talabalar bilan «qanday» ishlashni, mashg‘ulotlarni «qanday» o‘tkazish, o‘quv-tarbiyaviy jarayonni «qanday» olib borish kerakligini o‘zlashtiradi, ammo ularning ko‘pchiligi «shunday» ishlash kerakligini uddalay olmas edi. Bu haqda rus pedagog-olimi A.S. Makarenko, quyidagi fikrni bildirgan edi: “Bizning pedagogik faoliyat hech qachon texnologik mantiqqa asoslanmagan, faqat axloqiy pandu-nasihatlar mantiqiga tayanadi. Aynan shuning uchun bizda ishlab chiqarishning barcha muhim bo‘limlari: texnologik jarayon, operatsiyalar hisobi, konstruktorlik ishi, uskunalar, me’yorlash, nazorat, cheklanishlar, yaroqsizga chiqarish ishlari mavjud emas”. Bayon etilganlarning barchasi qayta takrorlanadigan pedagogik siklni yaratish uchun zarurdir. Ammo uni yaratish juda murakkab masaladir. Ushbu masala birinchi bo‘lib, AQSHda echildi, bunga mashhur olimlar B.Blum, D.Kratvoli, N.Gronlund, J.Kerrol, J.Blok, L.Anderson va boshqalarning tadqiqotlari orqali erishildi. Ular, rejalashtirilgan natijalarga erishishni kafolatlovchi qayta takrorlanadigan pedagog siklli pedagogik texnologiya ishlab chiqdilar.
XX asrning ikkinchi yarmida, ilmiy texnik taraqqiyotning talablari asosida paydo bo‘lgan pedagogik texnologiya, uning jadallashuvi uchun xizmat qilmoqda.

Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin