ILOVALAR Fan yuzasidan tarqatma materiallar SWOT-tahlilmetodi
Metodningmaqsadi: mavjud nazariy bilimlar va amaliy tajribalarni tahlil qilish, taqqoslash orqali muammoni hal etish yo’llarni topishga, bilimlarni mustahkamlash, takrorlash, baholashga, mustaqil, tanqidiy fikrlashni, nostandart tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi.
S – (strength)
kuchli tomonlari
W – (weakness)
zaif, kuchsiz tomonlari
O – (opportunity)
imkoniyatlari
T – (threat)
to’siqlar
Namuna: Transkripsion modellashtirishga biologik yondoshuv tizimlari bo’yicha SWOT tahlilini ushbu jadvalga tushiring.
S
W
O
T
“Keys-stadi” metodi
“Keys-stadi” - inglizcha so’z bo’lib, («case» – aniq vaziyat, hodisa, «stati»
o’rganmoq, tahlil qilmoq) aniq vaziyatlarni o’rganish, tahlil qilish asosida o’qitishni amalga oshirishga qaratilgan metod hisoblanadi. Mazkur metod dastlab 1921 yil Garvard universitetida amaliy vaziyatlardan iqtisodiy boshqaruv fanlarini o’rganishda foydalanish tartibida qo’llanilgan. Keysda ochiq axborotlardan yoki aniq voqea-hodisadan vaziyat sifatida tahlil uchun foydalanish mumkin. Keys harakatlari o’z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: Kim (Who), Qachon (When), Qaerda (Where), Nima uchun (Why), Qanday/ Qanaqa (How), Nima-natija (What).
“Keys metodi” ni amalga oshirish bosqichlari
Ishbosqichlari
Faoliyatshaklivamazmuni
1-bosqich: Keys va uning axborot ta’minoti bilan tanishtirish
yakka tartibdagi audio-vizual ish;
keys bilan tanishish(matnli, audio yoki media shaklda);
axborotni umumlashtirish;
axborot tahlili;
muammolarni aniqlash
2-bosqich: Keysni aniqlashtirish va o’quv topshirig’ni belgilash
individual va guruhda ishlash;
muammolarni dolzarblik ierarxiyasini aniqlash;
asosiy muammoli vaziyatni belgilash
3-bosqich: Keysdagi asosiy muammoni tahlil etish orqali o’quv topshirig’ining echimini izlash, hal etish yo’llarini ishlab chiqish
individual va guruhda ishlash;
muqobil echim yo’llarini ishlab chiqish;
har bir echimning imkoniyatlari va to’siqlarni tahlil qilish;
muqobil echimlarni tanlash
4-bosqich: Keys echimini echimini shakllantirish va asoslash, taqdimot.
yakka va guruhda ishlash;
muqobil variantlarni amalda qo’llash imkoniyatlarini asoslash;
ijodiy-loyiha taqdimotini tayyorlash;
yakuniy xulosa va vaziyat echimining amaliy aspektlarini yoritish