o‘quv materialini muammoli bayon etish – ma’ruzaviy mashg‘ulotlarda monolog tarzda, seminar mashg‘ulotlarida esa dialog tarzda olib boriladi. O‘qituvchi ma’ruza paytida o‘quv materialini bayon etayotganida muammoli masalalar tuzadi va ularni o‘zi echadi, o‘quvchilar esa echimlarni izlash jarayoniga faqat xayolan qo‘shiladilar. Masalan, «O‘simliklar hayoti haqida» mavzusidagi ma’ruzaning boshida «Nega ildiz va tana qarama-qarshi tomonlarga o‘sadi?» degan muammo qo‘yiladi, ammo ma’ruzachi tayyor javobni bermaydi, u fanning bu haqiqatga qanday etib kelgani, bu hodisa sabablari haqidagi farazlarni tekshirish bo‘yicha o‘tkazilgan tajriblar haqida hikoya qiladi.
qisman izlanish faoliyati tajribalar laboratoriya ishlarini bajarishda muammoli seminarlar, evristik suhbatlar davomida namoyon bo‘ladi. O‘qituvchi muammoli savollar tizimini tuzadi, bu savollarga javoblar olingan bilimlar bazasiga tayanadi, ammo ular oldingi bilimlarda mavjud emas, ya’ni savollar talabalarga intellektual qiyinchiliklar tug‘diradi va maqsadga yo‘naltirilgan ijodiy izlanishga undaydi. O‘qituvchi imkoni boricha «boshqacha javoblar» yo‘naltiruvchi savollarni tayyorlab qo‘yishi lozim, u o‘quvchilar javoblarigi tayanib, yakuniy xulosa qiladi. Qisman izlanish usuli, 3 va 4-darajali mahsuldorlik faoliyatini (foydalanish, ijod) va bilimlarni 3 va 4-darajasini bilim-ko‘nikma, bilim-transformatsiya (qayta shakllanish) ta’minlaydi. An’anaviy tushuntirish va reproduktiv o‘qitishga esa, bilim-tanishi va bilim-nusxa shakllanadi, xolos.
mustaqil tadqiqot faoliyatida talabalar mustaqil ravishda muammoni ifoda etadilar va uni echadilar (kurs yoki bitiruv ishlarida, ilmiy tadqiqot ishlarida) va o‘qituvchi nazorati bilan yakunlanadi, bu esa 4-darajali mahsuldorlik faoliyatini (ijod) va 4-darajali eng samarali, mustahkam bilimni (bilim-qayta shakllanish) egallashni ta’minlaydi.
Nazorat savollari Muammoli o‘qitish texnologiyasini ta’rifi va mohiyatini tushuntirib bering.
Muammoli o‘qitishning maqsadga yo‘nalishlarni aytib bering.
Muammoli o‘qitishni konseptual qoidalarini aytib bering.
Muammoli vaziyatlarni yaratishning uslubiy yo‘llarini tahlil eting.
Muammoli o‘qitishda pedagog faoliyatini izohlab bering.
Muammoli o‘qitishda talaba faoliyatini izohlab bering.
Muammoli o‘qitishning asosiy shakllarni tushuntirib bering.