Ta'lim texnologiyalarning rivoji Reja: Kirish


Ta’lim texnologiyalarining mohiyati va o’ziga xos jihatlari



Yüklə 41,34 Kb.
səhifə2/9
tarix06.06.2023
ölçüsü41,34 Kb.
#125706
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ta\'lim texnologiyalarning rivoji

Ta’lim texnologiyalarining mohiyati va o’ziga xos jihatlari
Ta'lim texnologiyasi – o’quv mashg’ulotlarida ko’rsatilgan barcha bilish jarayonlarini amalga oshirib, pirovard natijada barcha faoliyat turlarini to’liq o’zlashtirishga yordam beradi. Bunday darslarda dars qismlarining ichki aloqasi: maqsad, mazmun va ish usuli bilan amalga oshiriladigan ta'lim, mumtoz tizimning bosqichlari saqlanib qoladi. Ya'ni, uy vazifalarini tekshirish, uning asosida yangi bilimlar, malaka va aqliy faoliyatning turlarini egallash bosqichlari, shuningdek mustahkamlash va mustaqil ishlash, darsni umumlashtirish va uy vazifasini tushuntirish singarilar yotadi.
Shaxsga yo'naltirilgan o'qitish texnologiyalarning mohiyati va tamoyillari

  • O'qitish jarayonida, pedagogik texnologiyalar talablari asosida ifoda etilgan, o'quv maqsadlariga erishiladi. Ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashgan davrda o'qitish samaradorligi, asosan, o'quvchining o'qitish jarayonidagi o'rni, pedagogning unga bo'lgan mimosabatiga bog'liq bo'ladi. Bu yerda o'qitish texnologiyasining ikki turini ajratib ko'rsatish mumkin: avtoritar va shaxsga yo'naltirilgan.

  • Avtoritar texnologiyada, pedagog yagona subyekt sifatda namoyon bo'ladi, o'quvchilar esa faqatgina «obyekt» vazifasini bajaradi xolos. Bunda o'quvchining tashabbusi va mustaqilligi yo'qoladi, o'qitish majburiy tarzda amalga oshiriladi. Odatdagi an'anaviy o'qitish, avtoritar texnologiyaga taalluqlidir. Bunda, avvalo Y.A.Komenskiy tomonidan ifoda etilgan, didaktika tamoyillariga asoslangan o'qitishning «sinf-dars» tizimida tashkil etish nazarda tutiladi. Hanuzgacha dunyoda eng ko'p tarqalgan o'qitishning «sinf-dars» tizimi hisoblanadi, u quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:

  • Yoshi va tayyorgarlik darajasi taxminan bir xil bo'lgan o'quvchilar sinfni (guruhni) tashkil etadi:

Sinf (guruh, oqim) yagona o'quv reja, yagona o'quv dasturlar va yagona mashg'ulotlar jadvali bilan shug'ullanadi;
Mashg'ulotlarning asosiy birligi dars bo'lib, u bitta fanning bitta mavzusiga bag'ishlanadi va o'qituvchi tomonidan boshqariladi;
O'quv kitoblari asosan uy ishlari uchun qo'llaniladi.
An'anaviy o'qitish asosan bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirishga qaratilgan bo'lib, shaxsning rivojlanishini ko'zda tutmaydi.

Yüklə 41,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin