Ta'lim texnologiyalarning rivoji Reja: Kirish


Muammoli o'qitish texnologiyasi



Yüklə 41,34 Kb.
səhifə6/9
tarix06.06.2023
ölçüsü41,34 Kb.
#125706
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ta\'lim texnologiyalarning rivoji

Muammoli o'qitish texnologiyasi
Muammoli o'qitish amerikalik faylasuf, psixolog va pedagog Dj.Dyunning nazariy qoidalariga asoslanadi va XX asrning 20-30-yillarida tarqala boshladi. Dj.Dyun o'qitish uchun quyidagilarni asos qilib_belgiladi: ijtimoiy, konstruksiyalash, badiiy ifodalash, ilmiy-tadqiqiy. Bu asoslarni amalga oshirish uchun quyidagilar tavsiya etiladi: so'z, san'at asarlari, texnik qurilmalar, o'yinlar va mehnat.
Bugungi kunda, muammoli o'qitish deganda mashg'ulotlarda pedagog tomonidan yaratiladigan muammoli vaziyatlar va ularni yechishga qaratilgan o'quvchilarning faol mustaqil faoliyati tushuniladi. Buning natijasida o'quvchilar kasbiy bilimlarga, ko'nikmalarga, malakalarga ega bo'Iadilar va fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi.
Muammoli o'qitish, o'qitishning shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalarga taalluqli, chunki bu yerda shaxs subyekt sifatida qaraladi, muammoli vaziyatlaming maqsadi -pedagogik jarayonda o'ziga xos qiziqish uyg'otishdir.
Muammoli o'qitish, o'qitishning eng tabiiy samarali usulidir, chunki ilmiy bilimlarmantiqi o'zida muammoli vaziyatlar mantiqini namoyish etadl
Muammoli vaziyatlar kiritilib, an'anaviy, bayon etish o'quv materialining eng optimal tarkibi hisoblanadi. Pedagog muammoli vaziyat yaratadi (3.3-rasm), o'quvchini uni yechishga yo'naltiradi, yechimni izlashni tashkil etadi. Muammoli o'qitishni boshqarish, pedagogik mahoratni talab etadi, chunki muammoli vaziyatning paydo bo'lishi individual holat bo'lib, tabaqalashtirilgan va individuallashtirilgan yondashuvni talab etadi.
Innovatsion faoliyat va pedagogik texnologiyaning aspektlarining zamonaviy o`quv-tarbiya jarayonidagi o`rni.
Hozirgi davr ta'lim taraqqiyoti yangi yo`nalish – innovatsion pеdagogikani maydonga olib chiqdi. «Innovatsion pеdagogika» tеrmini va unga xos bo`lgan tadqiqotlar G`arbiy Еvropa va AQSHda 60-yillarda paydo bo`ldi. Innovatsion faoliyat F.N.Gonobolin, S.M.Godnin, V.I.Zagvyazinskiy, V.A.Kan-Kalik, N.V.Kuzmina, V.A.Slastеnin, A.I.Shchеrbakov ishlarida tadqiq etilgan. Bu tadqiqotlarda innovatsion faoliyat amaliyoti va ilg`or pеdagogik tajribalarni kеng yoyish nuqtai nazardan yoritilgan, D.Gamеlton, N.Gross, R.Karlson, M.Maylz, D.Chеn ishlarida innovatsion jarayonlarni boshqarish, ta'limdagi o`zgarishlarni tashkil etish, innovatsiyaning «hayoti va faoliyati» uchun zarur bo`lgan shart-sharoitlar masalalari tahlil qilingan.

Yüklə 41,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin