Ta`lim texnologiyasi tuzilishini tushuntirish Reja: Ta’lim texnologiyasining maqsadi va vazifalari


Internet tarmoqlarida axborot makoni haqida tushuncha berish. Elektron pochtalar bilan ishlashni o’rgatish



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə45/80
tarix25.12.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#196821
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   80
Axborot texnologiya

Internet tarmoqlarida axborot makoni haqida tushuncha berish. Elektron pochtalar bilan ishlashni o’rgatish
REJA:
Kirish

  1. Elektron pochta - universal aloqa vositasi.

  2. INTERNETda elektron pochta bilan ishlash.

  3. Elektron pochta xizmati va uning afzalliklari.

  4. E-MAIL adres formati

  5. Elektron pochta programmasi bilan ishlash

  6. Xat yozish va jo’natish tartibi

  7. Elektron pochtadan foydalanish

Xulosa
Adabiyotlar ro’yxati



KIRISH
Internetning qulaylik sohalaridan biri elektron pochtadir. Elektron pochta kompyuterlarning o’zaro ma’lumotlar ayirboshlash maqsadida kompyuter tarmog’iga barlashtirishdir. U Internetning eng keng tarqalgan xizmat ko’rsatish turidir. Hozirgi kunda elektron pochtada o’z adresi bo’lgan mijozlar soni taxminan 100 million kishidan oshib ketdi va foydalanuvchilar soni soat, kun sayin oshib bormoqda. Elektron pochta orqali xat jo’natish oddiy pochta orqali jo’natishdan ko’ra ham arzon, ham tez amalga oshiriladi (elektron pochta orqali ko’p hollarda xabar bir necha minutlarda kerakli manzilga yetib boradi).
Elektron pochta bu kompyuter orqali muloqotning eng universal vositasidir. U axborotni istalgan kompyuterdan istalgan boshqa kompyuterga (agar ular elektron pochta tarmog’iga ulangan bo’lsa) yuborishi mumkin. Chunki hozirgi tizimda ishlaydigan turli xil shaxsiy kompyuterlarning (ShK) ko’pchiligi uni qo’llaydi. Bunda uzoqdagi kompyuter xost kompyuter deb ataladi. Elektron pochta - bu xabarlarni uzatuvchi tarmoqdir. Unda kompyuterlarning turli konfiguratsiyasidagi va moslashuvdagi turlari birgalikda ishlash uchun birlasha oladi. Yuqorida keltirilganlardan tashqari tarmoqqa Elektron pochta a’zolariga beriluvchi boshqa qator imkoniyatlarga ham egadir.
Oddiy pochtadek Elektron pochtada ham aloqa bo’limlari bo’lib, ular provayderlar deb ataladi. Elektron pochta yordamida dunyodagi barcha Elektron pochtaga ega bo’lgan shaxslar, tashkilotlar, muassasalar, idoralar va boshqalar bilan aloqa o’rnatish imkoniyatlari mavjud. Eng muhimi, bu aloqa tez va arzon. Bu usul bilan dunyo qit’alari bilan bir zumda bog’lanib sizga va sizning suhbatdoshlaringizga tegishli ma’lumotlarni hamda sizni qiziqtirgan savollarga javobni bir necha sekundda olishingiz mumkin.
Elektron pochta orqali faqat matnlarni emas, balki rasm, grafik, video, tovushlardan tashkil topgan ma’lumotlarni ham jo’natish va qabul qilish imkoniyati paydo bo’ldi.

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin