Ta`lim texnologiyasi tuzilishini tushuntirish Reja: Ta’lim texnologiyasining maqsadi va vazifalari


Elektron pochta - universal aloqa vositasi



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə46/80
tarix25.12.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#196821
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   80
Axborot texnologiya

Elektron pochta - universal aloqa vositasi.
Internetning qulay sohalaridan biri elektron pochtadir. EP kompyuterlar orqali o‘zaro ma’lumotlar ayirboshlash vazifasini bajaruvchi vositadir. U Internetning eng keng tarqalgan xizmat ko‘rsatish turidir. Hozirgi kunda elektron pochtada o‘z adresiga ega bo‘lganlar soni 100 million kishidan oshib ketdi va foydalanuvchilar soni soat, kun sayin oshib bormoqda. Elektron pochta orqali xat jo‘natish oddiy pochta orqali jo‘natishdan ko‘ra ham arzon, ham tez amalga oshiriladi (elektron pochta orqali ko‘p hollarda xabar bir necha minutlarda kerakli manzilga yetib boradi).
Elektron pochta orqali faqat matnlarni emas, balki rasm, grafik, video, tovushlardan tashkil topgan ma’lumotlarni ham jo‘natish va qabul qilish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Elektron pochta orqali olingan fayllarni disketlarga yozib olish, vinchester, disklarda saqlash va u bilan boshqa fayllar ustida bajariladigan amallarni: tahrirlash, nusxa olish va boshqalarni bemalol amalga oshirish mumkin. Agar ingliz tilida yozilgan adabiyot va jurnallarni o‘qimokchi bo‘lsangiz va ingliz tilini bilmasangiz, sizga yordamchi tarjimon dasturlardan foydalanishni maslahat beramiz. Buning uchun avvalo bu faylni kompyuterning qattiq diskiga yoki disketaga ko‘chirib olishingiz, so‘ng Styles, Socrat, Promt 9x yoki boshqa tarjimon dasturlar yordamida rus tiliga (hozircha) tarjima qilishingiz mumkin. Keyinchalik o‘zbek tiliga tarjima qiladigan dasturlar ham albatta paydo bo‘ladi.
Elektron pochta ning ajoyib hususiyatlaridan biri - u masofa tanlamaydi va uzoq, yaqin masofalar ham har doim yaqin masofadek tuyulaveradi. Men hozirda har kuni dunyoning ko‘p burchaklaridan Elektron pochta orqali ko‘proq, u yoki bu konferentsiyalarda qatnashishga takliflar yoki konferentsiyalarga tezislar, ma‘ruzalar matnini jo‘natish shakllari haqida ma’lumotlar olib turaman. Hozirda bu mening kundalik ish rejamga kirib kolgan. Agar hozirgi zamon turli sohalaridagi yangiliklarni bilmoqchi bo‘lsangiz, bunday ish zarur ekanligini sezasiz.
Elektron pochta ning bir xil buyruqlari orqali matn, har xil formatdagi hujjatlarni, faks, telekslarni, umuman ixtiyoriy fayllarni jo‘natish va qabul qilib olish mumkinligi uning universal aloqa vositasi ekanligini bildiradi.
Elektron pochta jo‘natilgandan so‘ng bir zumda (1-5 minut ichida yoki bir soat, ba’zan undan ham ko‘prok vaqt orasida) uni oluvchiga yetib boradi. Bundan ko‘rinadiki, u hatto ekspres pochta, hatto HDL pochta deb ataluvchi pochtalardan ham tez kerakli manzilga yetib boradi. Uning manzilga yetib borishi uchun ba’zan ko‘plab aloqa bo‘limini o‘tib borishga to‘g‘ri keldi. Misol uchun siz xatni Nyu - Yorkga jo‘natsangiz, u bir qancha aloqa bo‘limlaridan Toshkent, Angliya, Germaniya yoki boshqa mamlakatlar orqali yetib borishi mumkin. U shlyuz deb ataluvchi kompyuterlardan ham o‘tishi mumkin. Uni qanday yo‘llardan o‘tib kelganligi xatning bosh qismida o‘z aksini topgan bo‘ladi.
Biror loyihani uzoqdagi o‘z hamkorlaringiz bilan yoki bir guruh shaxslar bilan muhokama qilmoqchi bo‘lsangiz, unda tez muhokama qilish imkoniyati mavjud. Bu esa xizmatning yangi bir turidir. Hozir shu tarzda turli grantlarga talabnoma yuborish va ular bilan loyihaning ikir-chikirlarini muhokama qilish elektron pochta orqali amalga oshiriladi.
Turli idoralarga kuniga kelib tushadigan xatlar ro‘yxati va unga javob berish uchun qanchadan qancha qog‘oz talab qilinadi. qogozlarni sotib olish va olib kelish harakatlarini aytmaysizmi? Buning o‘rniga kelgan xatlar nusxasi va uning javoblari disketlarda saqlansa, xatlarni ma’lum vaqtdan so‘ng oson qidirib topishdan tashqari, qancha - qancha iqtisod borligini sezish qiyin emas.
Elektron pochta inson sog‘ligini himoya qilish uchun ham katta omildir. Chunki, agar qog‘oz orqali ish davom ettirilsa, qanchadan - qancha o‘rmonlar kesiladi, natijada ekologiya buziladi.
An’anaviy pochta xizmati bizga ma’lum bo‘lgan va har bir shahar va markazlarda joylashgan pochta aloqasi korxonalari orqali amalga oshiriladi. Bunda jo‘natilishi rejalashtirilayotgan xat maxsus konvertga solinib, yuboruvchi va qabul qiluvchining indeksi, manzili va kimga mo‘lljallanganligi yoziladi. Shu ma’lumotlarga asoslangan holda pochta korxonasi kelgan xatni markaziy pochta korxonasiga yuboradi va u yerda saralanib tegishli manzilga eltib berishni ta’minlaydi. Kamchiligi shundaki yuborilgan xabar yoki xat manzil uzoqligiga qarab kunlab, oylab borishi, ba’zi hollarda umuman yetib bormasligi ham mumkin.
Internet–xalqaro tarmog‘ining asosini Electronic mail (E-mail) - elektron pochta xizmati tashkil qiladi. Elektron pochta xuddi odatdagi pochtadek bo‘lib, faqat bunda xatni qog‘ozga emas, balki kompyuter klaviaturasidan harf va so‘zlarni terib, ma’lum elektron yozuv ko‘rinishiga keltiriladi. Elektron pochta maxsus dastur bo‘lib, uning yordamida Internet tarmog‘i orqali dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron manzilga xat, hujjat, ya’ni ixtiyoriy ma’lumotni tezda (bir necha soniya va daqiqalarda) jo‘natish va qabul qilib olish mumkin. Elektron pochtaning kamchiligi shundan iboratki, xat jo‘natuvchi va qabul qiluvchining har ikkalasi ham foylanayotgan kompyuter Internet tarmog‘iga ulangan bo‘lishi zarur.

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin